Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

12- MAVZU 
MAXSUS BETONLAR . 
 
Reja: 
1. 
Engil betonlar
2. 
Betonning maxsus turlari
  
1.
Engil betonlar  
 G‘ovakli to‘ldirgichlar asosidagi betonlar  
Engil beton komponentlari. Engil betonlar tayyorlashda bog‘lovchi 
sifatida oddiy va tez qotuvchan portlandsement, shlakli portlandsement va 
boshqalar ishlatilishi mumkin. To‘ldirgich sifatida tabiiy va sun’iy g‘ovak tosh 
materiallar, issiqlik izolyasiyasi va konstruktiv-issiqlik izolyasiyasi engil betonlari 
olishda organik to‘ldirgichlar ham ishlatiladi. Organik to‘ldirgichlar yog‘och, 
g‘o‘zapoya, kanop poyasi kabi o‘simliklar dunyosi chiqindilari asosida va 
penopolistirol, penopoliuretan kabi polimer moddalar asosida tayyorlanishi 
mumkin.
Noorganik engil to‘ldirgichlar. Tabiiy engil to‘ldirgichlar-pemza, 
vulkanik tuf, chig‘anoqli ohaktosh va boshqa engil tabiiy toshlarni maydalab va 
elab olinadi. Sun’iy engil to‘ldirgichlar ikki xil usulda tayyorlanadi:
1) 
Mineral xomashyolarni maxsus texnologiya asosida termik ishlov 
berib tayyorlanadi;
2) 
Sanoat chiqindisi bo‘lgan yoqilg‘i shlaklari va kuli, tashlandi 
metallurgiya shlaklari va boshqalarni qayta ishlab (granula holatida) olinadi.
Mineral xomashyolar ichida eng ko‘p tarqalgani giltuproq bo‘lib, 
giltuproqga termik ishlov berish usulida tayyorlangan keramzit va agloporit g‘ovak 
to‘ldiruvchilari haqidagi ma’lumotlar 4 bobda batafsil berilgan.
Engil betonlar tayyorlashda keramzit, agloporit bilan birgalikda 
ko‘pchitilgan perlit, vermikulit, shungizit, kamporit kabi g‘ovak to‘ldirgichlar 
ishlatiladi. Ko‘pchitilgan perlit tarkibida kimyoviy bog‘langan suv bo‘lgan 
shishasimon vulkanik jinslarni (perlitlar, obsidianlar) 950-1200
0
S haroratda 
pishirib olinadi. Pishirish jarayonida perlitning hajmi 10-20 marta oshib ketadi.


Vermikulit g‘ovak to‘ldirgichi tarkibida suv bo‘lgan slyudalarni kuydirib 
olinadi. U boshqa g‘ovak to‘ldirgichlardan qatlam-qatlam tuzilishi bilan farqlanadi.
SHungizit slanetsli shungit jinslarini kuydirib olinadi. SHungizit yuqori 
mustahkamlikka ega va suvli muhitlarga chidamlidir.
Kamporit birinchi marta O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan bo‘lib, engil 
eriydigan tabiiy toshlarni maydalab so‘ng kuydirib olinadi.
Donador metallurgiya shlaki maxsus granulyatorlarda dona o‘lchamlari 57 
mm (10mm) yiriklikda olinadi. SHlakli pemza metallurgiya shlaklarini tezlikda 
sovitish natijasida ko‘pchitib olinadi. SHlakli pemza maydalanadi va elanadi, 
olingan g‘ovak shlak mayda va yirik to‘ldirgich sifatida bo‘lishi mumkin. YOqilg‘i 
shlaklari toshko‘mir yoqilganda gilsimon aralashmalarning erishi va ko‘pchishi 
natijasida hosil bo‘ladi. SHlak maydalanadi, elanadi va tarkibidagi yonmagan 
ko‘mir donalari, kul va boshqalar chiqarib yuboriladi. YOqilg‘i chiqindilari 
bo‘lgan shlaklar va kullar antratsit, toshko‘mir, qo‘ng‘ir ko‘mir va boshqa qattiq 
yoqilg‘ilarni yondirilganda hosil bo‘ladigan mahsulotlardir. Qattiq yoqilg‘ilar 
yondirilganda hosil bo‘ladigan kullar sement yoki boshqa bog‘lovchilar bilan 
aralashtirilib shag‘al holda engil to‘ldiruvchilar tayyorlanishi mumkin.
G‘ovak mayda to‘ldirgichlar mayda qum-1,2 mm gacha va yirik qum-1,2-5 
mm bo‘linadi. G‘ovak yirik to‘ldirgichlar 5-10, 10-20, 20-40 mm fraksiyalarda 
bo‘ladi. G‘ovak to‘ldirgichlar asosida betonlar, qorishmalar tayyorlanganda sement 
toshi hajmining eng kami miqdoriga erishish zarur, aks holda olingan mahsulotlar 
og‘irlashishi va issiqlik izolyasiyasi xususiyati pasayishi mumkin.
G‘ovak to‘ldirgichlar quruq holatdagi to‘kma zichligining ko‘rsatkichiga 
(kg m
3
) binoan quyidagi markalarga bo‘linadi: 250, 300, 350, 400, 500, 600, 800, 
1000 va 1200.
G‘ovak yirik to‘ldirgich (chaqiq tosh, shag‘al) mustahkamligi po‘lat 
silindrda ezish usulida aniqlanadi. Bu usulda aniqlangan mustahkamlik (kgs sm
2

5 kam bo‘lmasligi va 25-200 oralig‘ida bo‘lishi kerak.
G‘ovak to‘ldirgichlarning issiqlik o‘tkazuvchanligi, solishtirma issiqlik 
sig‘imi, radiatsion gigiena xossalari, zararli aralashmalarning miqdori standart 
usullarda doimo aniqlanishi zarur. Engil to‘ldirgichlar tarkibidagi kislota 
qoldiqlari, tuzlar, loyli va changsimon aralashmalar, ba’zi radioaktiv moddalar va 
boshqalar standartlarda ruxsat etilgan miqdorlardan yuqori bo‘lmasligi shart.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling