Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


-rasm. Elektromexanik titratkichlar


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

14.5-rasm. Elektromexanik titratkichlar 
a) yuzaki titratkich; b)-titratkich-bulava; v)-egiluvchan valli chuqurlik titratkichi. 
Titratkichlar konstruktiv jixatdan yuzaki va chuqurlik titratkichlariga 
bo‘linadi. Titratkichlarning turi qoliplanayotgan temirbeton konstruksiyaning 
shakli, turi, o‘lchamlariga qarab tanlanadi.
Yig‘ma temirbeton zavodlarida bikr beton qorishmalari past chastota (25-
30 Gs) va 0,7mm amplitudada ishlaydigan rezonansli qo‘zg‘almas titratkich 
maydonlarida samarali zichlashtiriladi.
Harakatchan va mayda donali beton qorishmalarini zichlashtirishda 
amplituda 0,15-0,4 mm kamaytiriladi, tebranish chastotasi esa 50-150 Gs gacha 
oshiriladi. Titratish muddati beton qorishmasining qulay joylanuvchanligiga
konstruksiyaning turi, shakli, qalinligi va boshqa omillarga bog‘liq bo‘lib, odatda 
bir-necha minutni tashkil etadi.
Monolit quyulgan beton qoliplar, plitalar va boshqa yupqa konstruksiyalar 
tashqi titratkichlar vositasida zichlashtiriladi. Bunday titratkichlar ta’sir kuchi 20-
25 sm bo‘lishi mumkin. Tashqi titratkichlar beton yuzasida muayyan bir sxemaga 
nisbatan harakatga keltiriladi va bir joydan ikkinchi joyga orada titratkich 
yurmagan joy qoldirilmasdan ko‘chiriladi.
Yirik yig‘ma temirbeton konstruksiyalarni va qurilish maydonlarida 
monolit konstruksiyalarni quyishda beton qorishmasi chuqur titratkichlar 
vositasida zichlashtiriladi. Ichki titratkich beton qorishmasi ichida muayyan sxema 


asosida harakatlantirilib, qatlam-qatlam zichlashtiriladi. Ichki titratkich bilan beton 
qorishmasi zichlashtirilganda beton yuzasida suvhavo aralashmasining hosil 
bo‘lishi va betonning o‘sha sohada cho‘kishining to‘xtashi ushbu jarayonning 
meyoriga etganidan darak beradi.
Beton qorishmasini zichlashtirish usullaridan biri ozgina yuk ostida titratish 
usulidir. Bikr beton qorishmalari, yupqa konstruksiyalar, engil beton qorishmalari 
0,05-0,15 MPa bosim hosil qiluvchi yuk ostida titratish usulida zichlashtiriladi.
Murakkab shakldagi konstruksiyalar-zinapoya, qobirg‘ali plitalar va 
boshqalar titratish-shtamplash usulida zichlashtiriladi. Bu usulda avval qolipga 
beton qorishmasi quyiladi, so‘ngra ichiga titratkich o‘rnatilgan shtamp tushiriladi 
va qorishma zichlashtiriladi.
Quvursimon konstruksiyalar (quvurlar, elektr uzatish liniyalari tayanchlari, 
machtalar va boshq.) aylanma qoliplarda-sentrifugalarda zichlashtiriladi. Bunda 
qolip 400-900 marta min aylantirilganda
markazdan qochuvchi kuch hisobiga beton qorishmasi zichlashadi. Hosil 
bo‘lgan zichlashtiruvchi kuch hisobiga beton 20-30% suvni yo‘qotadi va 
konstruksiyaning tashqi qismida o‘ta zichlashgan qatlam paydo bo‘ladi. Beton 
qorishmasini 
zichlashtirishning 
boshqa 
kombinatsiyalashgan 
usullari 
konstruksiyaning turiga qarab tanlanishi mumkin.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling