Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

Olovbardoshlik. Betonga olov ta’sirini o‘rganish bino va inshootlarga 
yuqori harorat ta’sir etganda hosil bo‘ladigan o‘zgarishlarni avvaldan hisobga olish 
uchun muximdir. Beton umuman yonmaydigan material hisoblansada, yuqori 
harorat ta’sirida buziladi.
Binolarga o‘t tushganda olovning qisqa muddatli ta’sirida beton xossalari 
o‘zgarmasligi mumkin. Ammo 160-200
0
S harorat uzoq muddat ta’sir etsa 
betonning mustahkamligi 25-30% pasayadi. Harorat 500
0
S oshib ketsa, sement 
toshi gidrominerallari va kalsiy gidrooksidi parchalanadi, natijada betonning 
mustahkamligi keskin kamayadi va konstruksiya buzila boshlaydi.
Beton uzoq muddat 200
0
S ortiq haroratda ishlatilishi mo‘ljallangan bo‘lsa, 
betonni issiqlik izolyasiyasi materiallari bilan himoyalash yoki konstruksiyalarni 
olovbardosh betondan tayyorlash zarur. O‘t tushish ehtimoli ko‘p bo‘lgan qurilish 
ob’ektlarida beton ishlatilganda yuzasini harorat ta’sirida tezlikda ko‘chib g‘ovak 
issiqlik izolyasiyasi materiali hosil qiluvchi maxsus polimer kompozitsiyalardan 
foydalanish maqsadga muvofiqdir.
  
5.
Beton tarkibini tanlash  


Beton tarkibini tanlash sement, suv, mayda va yirik to‘ldirgichlarning, 
betonning reologik va texnik xossalari, markasini ta’minlagan holda, optimal 
miqdorlarini topishdan iborat.
Beton tarkibini tanlashda komponentlarning standart xarakteristikalaridan 
foydalaniladi. Beton tarkibi hisoblash formulalari yordamida tanlanadi va tajriba 
qorishmalari tayyorlanib, natijalarga aniqlik kiritiladi.
Beton tarkibini tanlashda beton markasi va sement markasi o‘rtasidagi 
mutanosiblik katta ahamiyatga ega. Past va o‘rtacha markadagi betonlar uchun 
R
b
R
s
0,4-0,6 oralig‘ida, yuqori markadagi betonlar (M500, M600 va yuqori)
uchun esa 0,8-1,0 bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Sement sarfi uning markasiga bevosita bog‘liqligini hisobga olsak masala 
yanada tushunarli bo‘ladi. YUqori markadagi sementlarni past markadagi betonlar 
olishda ishlatish beton qorishmasining reologik hossalariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Beton tarkibini tanlashda bir nechta usullar mavjud bo‘lib, ko‘p xollarda 
V.G.Skramtaev taklif qilgan ”absolyut hajmlar” usuli qo‘llaniladi. Bu usulga 
binoan 1000 l (1m
3
) beton qorishmasi uchun sement, suv, mayda va yirik 
to‘ldirgichlar miqdori aniqlanadi.
Muayyan beton tarkibini tanlash uchun betonning markasi, beton 
qorishmasining harakatchanligi yoki bikrligi, sement aktivligi, mayda va yirik 
to‘ldirgichlarning zichligi va to‘kma zichligi, yirik to‘ldirgichning oraliq 
bo‘shliqligi va fraksiyasi zarur bo‘ladi.
Betonning tarkibi quyidagicha tanlanadi:
1.Suvning miqdori beton qorishmasining harakatchanligi yoki bikrligiga 
bog‘liq ravishda 6.6-rasmda ko‘rsatilgan grafik yordamida topiladi.
2.Suv-sement nisbati 6.1 va 6.2 formulalar yordamida topiladi.
Formulalar qayta tuzilgach quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
S S AR
s
(R
b
0,5AR
s
) yoki S S A
1
R
s
(R
b
-0,5A
1
R
s
)
Ushbu formulalar yordamida hisoblab topilgan suv-sement nisbati oddiy 
og‘ir betonlarga ta’luqlidir. Sovuqqa chidamli, suv o‘tkazmaydigan
betonlar tarkibini tanlashda S S majburan chegaralashga to‘g‘ri keladi.
3. 
1m
3
beton uchun sement sarfi S S (S S) formulasi yordamida 
topiladi. Formula yordamida topilgan sement miqdori belgilangan meyoridan kam 
bo‘lsa, uning miqdorini oshirish zarur, lekin avvalgi S S nisbati saqlab qolinadi. 
Suvning miqdori sement sarfiga mos ravishda oshiriladi.
Sementning eng kam miqdori beton konstruksiyalar uchun 200 kg m
3

temirbeton konstruksiyalar uchun 220 kg m
3
va agressiv muhitlarda ishlatish 
mo‘ljallangan konstruksiyalar uchun 250 kg m
3
belgilangan.


4. 
Mayda va yirik to‘ldirgichlar sarfi ikkita shartga asoslanib 
hisoblanadi:
a) Zichlashtirilgan beton hajmi (1m
3
yoki 1000l)havo aralashmalarini 
hisobga olmagan holda mayda va yirik to‘ldirgichlar hajmi va ularning oraliq 
bo‘shlig‘ini to‘ldiruvchi sement xamiri hajmi yig‘indisidan iboratdir. Ushbu 
shartni quyidagi formula yordamida ifodalash mumkin:
S S K CH(sh) 1000 ,
s s k ch(sh
bu erda: S; S; Q; CH(sh)-sement, suv, qum, chaqiq tosh yoki shag‘al sarfi, 
kg m
3

s

s

q

ch(sh)
-shu materiallarning zichligi, kg m
3
; S
s
; S
s
; Q
q
va CH(sh)
ch(sh)
-shu materiallarning absolyut hajmi, m
3
.
b) Yirik to‘ldirgichning oraliq bo‘shlig‘ini, yirik to‘ldirgich donalarini bir-
biriga nisbatan surilishini hisobga olgan holda, qorishma to‘ldiradi degan holat 
belgilanadi:
S S K CH(sh
Vbch(sh
,
s s k bch(sh
bu erda: V
bch(sh)
-yirik to‘ldirgichning oraliq bo‘shlig‘i: 
bch(sh)
-yirik 
to‘ldirgichning to‘kma zichligi, kg m
3

-yirik to‘ldirgichning qochish 
koeffitsienti suv-sement nisbati va sement sarfiga bog‘liq bo‘lib, bikr beton 
qorishmalar uchun 1,05-1,15 (o‘rtacha 1,1), harakatchan beton qorishmalari uchun 
1,25-1,6 teng bo‘ladi.
Muayyan beton qorishmasi tarkibi tanlanganda 
koeffitsienti maxsus 
jadval yoki grafiklar yordamida aniqlanadi.
YUqorida 
ko‘rsatilgan 
tenglamalarni 
birgalikda 
echib, 
beton 
komponentlarining 1m
3
(1000l) uchun kg da sarfini aniqlaydigan formulalarni 
keltirib chiqarish mumkin:
yirik to‘ldirgich 1000 
CH(sh)
Vbch(sh

bch(sh) ch(sh
va mayda to‘ldirgich

S CH(sh)
K 1000
k

s ch(sh) 


SHunday qilib, 1m
3
beton qorishmasini tayyorlash uchun zarur bo‘lgan S, 
S, Q, CH(sh) miqdorlari (kg) aniqlanadi. Ushbu natijalarni sementning massasiga 
nisbatan birlikda yozish mumkin:
1:S S:+ S:CH(sh) S
Beton komponentlarining yig‘indisi 1(1000l) teng bo‘lsa ham, beton 
qorilgach haqiqiy xajmi kamayib ketadi, bu omil beton miqdori
koeffitsienti ( ) bilan ifodalanadi va quyidagicha aniqlanadi:


,
bu erda: V
s
, V
q
, V
CH(sh)
-1m
3
beton qorishmasini tayyorlashga sarflangan 
quruq tashkil etuvchilar hajmi, m
3

t.s

t.q

t.ch(sh)
quruq xolatdagi
materiallarning to‘kma zichligi, kg m
3
. Odatda koeffitsienti 0,6-0,75 
teng.
Beton qorishmasini ishlab chiqarish sharoitida tayyorlanganda mayda va 
yirik to‘ldirgichlarning namligi hisobga olinadi va ishlatiladigan beton tarkibi 
qayta hisoblanib aniqlik kiritiladi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling