Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari
partiyasiga beton markasi, qulay joylanuvchanligi ko‘rsatilgan pasportni ilova
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ
partiyasiga beton markasi, qulay joylanuvchanligi ko‘rsatilgan pasportni ilova qilishi shart. Beton qorishmasini tashish Temirbeton zavodlarida beton qorishmasi estakadalar, lentali transporterlar, beton nasoslar, vagonetkalar, badyalar vositasida qoliplash sexlariga yuboriladi. Beton qorishmasi qurilish maydonlariga avtobetonovoz, avtosamosvallarda yoki maxsus betonqorgich avtomobillarda quruq xolatda tashiladi. Beton qorishmasi tashilayotganda suvsizlanish va qatlamlanishning oldi olinishi kerak, aks holda betonning qulay joylanuvchanligi salbiy tomonga o‘zgaradi. Beton qorishmasi avtosamosvallarda tashilganda yuza qismini namlik o‘tkazmaydigan materiallar bilan (polietilen, brizent va boshq.) yopish kerak. Beton qorishmasi uzoq masofaga tashilganda u quruq holatda bo‘lishi va bevosita qurilish maydonida qorilishi maqsadga muvofiqdir. Bunday usul G‘arbiy Evropa mamlakatlari qurilish industriyasida keng tarqalgan. Beton qorishmasini qoliplash va zichlashtirish Tayyorlangan beton qorishmasi maxsus beton quygichlar vositasida avvaldan tayyorlab qo‘yilgan, metalldan egilmaydigan darajada mustahkam ishlangan qoliplarga quyiladi. Beton qorishmasini qoliplash jarayoni o‘ta ma’suliyatli bo‘lib, qolipning hamma burchaklari, toraygan va burilgan joylari betonga to‘lishi shart. Beton qorishmasining harakatchanligi yoki bikrligi qoliplanadigan beton va temirbeton konstruksiyalarning turiga bog‘liq bo‘ladi. Qolip shaklining murakkabligini hisobga olgan holda beton qorishmasining quyuqlik darajasi va zichlashtirish usuli tanlanishi kerak. Oddiy shakldagi qoliplarga harakatchan beton qorishmasi hech qanday zichlashtirish usullarini qo‘llamasdan quyilishi mumkin. Ammo zichlik va yuqori mustahkamlik shartlari qo‘yiladigan temirbeton konstruksiyalarni quyishda bikr va o‘ta bikr beton qorishmalari turli usullar bilan zichlashtiriladi, xususiy xollarda esa beton qorishmasi tarkibiga suyultiruvchi plastifikatorlar va superplastifikatorlar kiritiladi. Beton qorishmasini quyidagi usullarda zichlashtiriladi: shibbalash, titratish (vibratsiyalash), vakuumlash, prokatlash, shtampovkalash, sentrifugalash, presslash, urish va boshqalar. Bundan tashqari titratishprokatlash, titratish- presslash va shu kabi kombinatsiyalashgan zichlashtirish usullari ham ishlatilishi mumkin. Beton qorishmasini zichlashtirish usullaridan eng keng tarqalgani titratish usulidir. Beton qorishmasi titratilganda qovushoqligi kamayadi, harakatchanligi ortadi, natijada beton massasi qolip ichida bir tekisda tarqaladi va qolip burchaklari, armatura sterjenlari oralarini ham to‘ldiradi. Titratish davrida yirik to‘ldirgich donalari qulay joylashadi, uning oraliq bo‘shlig‘ini sement qorishma yaxshi to‘ldiradi, suv-havo aralashmasi tashqariga sizib chiqadi, natijada beton qorishmasi zichlashadi. Beton qorishmasini zichlashtirish uchun turli titratkichlar ishlatiladi. Titratkichlarning ishchi organi elektromexanik, elektromagnit va pnevmatik dvigatellar vositasida harakatga keltiriladi. Elektromexanik ko‘chma titratkichlar amaliyotda keng qo‘llaniladi (6.10rasm). Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling