Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

Og‘ir betonning ishlatilishi  
Og‘ir beton asosan temirbeton va armaturasi avvaldan taranglangan 
temirbeton konstruksiyalar tayyorlashda ishlatiladi. Siqilishdagi mustahkamligiga 
nisbatan og‘ir beton quyidagi loyixa markalarga bo‘linadi: M50, M75, M100, 
M150, M200, M250, M300, M350, M400, M450, M500, M600, M700 va M800. 
YUqori markadagi betonlar (M500-M800) armaturasi avvaldan taranglangan 


konstruksiyalarni tayyorlashda ishlatiladi. Og‘ir beton asosida tayyorlangan 
armaturasi avvaldan taranglangan temirbetonning kirishishi va yuk ta’sirida vaqt 
bo‘yicha deformatsiyalanishi kam bo‘ladi.
O‘ta yuqori markadagi betonlar M600-M1000 yuqori markadagi 
portlandsement, yuqori sifatli to‘ldirgichlar asosida tayyorlanadi, S S 0,27-0,45 
bo‘ladi. YUqori markadagi betonlar majburiy
aralashtiradigan betonqorgichlarda tayyorlanadi, kombinatsiyalashgan 
usullarda (yuk ostida titratish, titratish-presslash va boshqalar) zichlashtiriladi.
YUqori markadagi betonlarni ishlatish konstruksiyaning ko‘ndalang kesim 
o‘lchamlarini kamaytiradi, armaturani 10-12% tejaydi, boshlang‘ich sutkalarda 
normal sharoitda mustahkamligi tez o‘sgani uchun termoishlov berishga zarurat 
bo‘lmasligi mumkin.
Og‘ir betonning cho‘zilishdagi mustahkamligi quyidagicha (kg m
3
): 10, 
15, 20, 25, 30,35, 40. Og‘ir betonning cho‘zilishdagi mustahkamligining yuqoriligi 
yo‘l va aerodrom qoplamalari, gidrotexnik beton va boshqa maxsus beton turlarini 
olishda muhim ahamiyatga egadir. Og‘ir beton yuqori darajada edirilishga
radioaktiv nurlarga, biologik muhitlarga, sovuqqa va harorat ta’siriga bardoshli 
bo‘ladi. Bu maxsus xossalari og‘ir betondan maxsus temirbeton konstruksiyalar 
tayyorlashda foydalaniladi.
Mayda donali beton yupqa va armotsement konstruksiyalar tayyorlashda 
ishlatiladi. Mayda donali beton tarkibida yirik to‘ldirgich bo‘lmasligi sababli 
sementning miqdori ko‘payadi, shu sababli kirishishi va yukdan vaqt bo‘yicha 
deformatsiyalanishi yuqori bo‘ladi. Mayda donali betonlar engil va mustahkam 
qobig‘li yopma temirbeton konstruksiyalar, konstruksiyalarni kuchaytirishda 
torkret tarkiblar tayyorlashda ishlatiladi.
Nazariy savollar
1. 
Betonning kompozitsion strukturasini tushuntirib bering.
2. 
Betonlarni klassifikatsiyalab bering.
3. 
Beton to‘ldirgichlariga qo‘yiladigan texnik talablarni aytib bering.
4. 
Betonning qulay joylanuvchanligi bo‘yicha klassifikatsiyasini 
tushuntirib bering.
5. 
Betonning asosiy xossalarini aytib bering.
6. 
Beton qorishmasini tayyorlash texnologiyasi asosiy jixatlarini 
tushuntirib bering.
7. 
Beton qorishmasini qanday zichlashtirish usullarini bilasiz?
8. 
Beton qotishini ta’minlash usullari qanday?
9. 
Quruq issiq iqlim sharoitida beton quyish texnologiyasi jixatlarini 
aytib bering.


10. Qishda beton quyish texnologiyasida qanday omillarga ahamiyat 
beriladi?
11. Engil betonlarning klassifikatsiyalab bering.
12. Engil betonlarning asosiy xossalarini gapirib bering.
13. YAcheykali betonlarning qanday turlarini bilasiz.
14. Betonning maxsus turlarini va ularning qaerda ishlatilishini 
tushuntirib bering.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling