11-MAVZU
BETONNING NANO, MIKRO VA MAKROSTRUKTURASI.
Reja:
1.
Betonning mustahkamligi.
2.
Beton markalari va klasslari.
3.
Betonning gidrofizik xossalari
4.
Betonning issiqlik-fizik xossalari
5.
Beton tarkibini tanlash
6.
Beton qorishmasini tayyorlash, tashish va
ishlatish
.
1.
Betonning mustahkamligi
Betonning mustahkamligi bog‘lovchi, to‘ldiruvchilarning
sifatiga va hosil
bo‘lgan kompozitsion materialning zichligiga bog‘liq bo‘ladi. Umuman,
beton
qanchalik zich strukturaga ega bo‘lsa, shunchalik mustahkam bo‘ladi.
Bog‘lovchining sifati sementning markasi (R
s
), mayda va yirik to‘ldirgichlarning
sifati A koeffitsienti, g‘ovakligi esa suv-sement
nisbati (s s) bilan belgilanadi.
Zich betonning g‘ovakligini quyidagicha ifodalash mumkin:
S W S
P
100%,
1000
bu erda: S va S suv va sementning 1 m
3
(1000l)
beton uchun sarfi, W-
kimyoviy bog‘langan suvning miqdori (sement miqdoriga nisbatan). Beton
qotishining 28 sutka davomida sement massasiga nisbatan 15% atrofida
suvni shimishini hisobga olsak, W 0,15 teng bo‘ladi.
Beton mustahkamligi va suvning sarfi o‘rtasidagi bog‘lanishni, sement sarfi
va zichlashtirish usuli doimiy bo‘lsa, quyidagi chiziqli bog‘lanish orqali ifodalash
mumkin (6.6-rasm). Bu chiziqli bog‘lanish beton
mustahkamligining fizik
mohiyatini bildiradi va beton tarkibini tanlashda qanday omillarga ahamiyat berish
zarurligini ko‘rsatadi.
CHizmaning a-sohasidagi qismi beton qorishmasining
etarli darajada
zichlashtirilmagani oqibatida mustahkamlikni pasayishini ko‘rsatadi,
bsoha qismi
esa beton tarkibida suv optimal miqdorda bo‘lgani,
beton qorishmasi yaxshi
zichlashib mukammal struktura hosil bo‘lganini ko‘rsatadi.
Keyinchalik suvning
miqdori oshib borishi (v va g-sohalar) beton mustahkamligining kamayishiga olib
keladi, chunki ortiqcha miqdorda kiritilgan suv keyinchalik o‘z o‘rnida g‘ovaklik
hosil qiladi.