Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

Ohakni so‘ndirish. Havoyi ohakni so‘ndirish uchun suv bilan 
aralashtiriladi:
SaO N
2
O Sa(ON)
2
Ohak so‘ndirilganda 950 KDj kg miqdorda issiqlik ajrab chiqadi. Ohakni 
so‘ndirish jarayoni o‘ta shiddatli kechadi, ohak donachalari o‘ta mayda dispers 
holga keladi. Ohak mineral bog‘lovchilar ichida kimyoviy reaksiya natijasida 
disperslanadigan yagona bog‘lovchi xisoblanadi. So‘ndirilgan ohakning o‘ta 
dispers bo‘lishi uning yuqori darajada suv ushlab turishlik xususiyatini va 
plastikligini ta’minlaydi. So‘ndirilgan ohakning bu xususiyati undan qurilish 
qorishmalari va boshqa mahsulotlar tayyorlashda katta ahamiyatga egadir. 
So‘ndirishda olingan suv miqdoriga nisbatan gidrat ohagi (pushonka), ohak 
qorishmasi va ohak suti hosil bo‘ladi.
Gidrat ohak ohakga (kipelkaga) 60-70% suv aralashtirilganda hosil bo‘ladi. 
Bunda ohak hajmi 200-300% ortadi. Hosil bo‘lgan gidrat ohak Sa(ON)
2
ning juda 
mayda zarrachalardan iborat oq rangli kukundan iborat bo‘ladi. Uning erkin 
holatdagi o‘rtacha zichligi 400-450 kg m
3
, zichlangan xolatdagi o‘rtacha zichligi 
esa 500-700 kg m
3
tashkil etadi.
Gidrat ohagi to‘xtovsiz ishlaydigan gidratorlarda so‘ndiriladi, bunda hosil 
bo‘lgan katta issiqlik va suv bug‘i bo‘lak holatdagi ohakni kukun ohakka 
aylanishiga xizmat qiladi.
Ohak qorishmasi ohak kipelkaga massasiga nisbatan 200-300% suv 
qo‘shilib tayyorlanadi. Bunda so‘ndirilgan ohakning massasi 2-2,5 marta ortadi va 
mahsulot hajmi ko‘payadi. Ohak kipelkaga massasiga ko‘ra suv miqdori 300% dan 
ko‘proq qo‘shilsa ohak suti hosil bo‘ladi.
Ohak qorishmasi to‘la mexanizatsiyalashgan maxsus qorishmalar 
tayyorlaydigan sexlarda ohak so‘ndiruvchi mashinalarda bo‘lak holatdagi ohakni 
so‘ndirib olinadi. Bu usulda ohak so‘ndirilganda ohak qorishmasining sifati yuqori 
bo‘ladi va so‘ndirish jarayoni tezlashadi.


Kichik qurilish maydonlarida bo‘lak-bo‘lak ohak maxsus xandaqlarda 
(chuqurlarda) suv bilan aralashtirilgan holda kamida ikki hafta davomida 
so‘ndiriladi. Bu usulda ohak so‘ndirilganda so‘nmagan zarrachalar miqdori 
meyordan oshmasligi shart, aks holda mahsulot qorishmalar olishda ishlatilganda 
yoriqlar hosil bo‘lishi mumkin.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling