Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

Sitallar-shisha kristallar shishani qisman yoki to‘la kristallash usulida 
olinadi. Sitall olish uchun shisha xom ashyosi va maxsus mineral qo‘shilmalar juda 
toza xolda ishlatiladi. Sitallga maxsus xususiyatlar berish uchun kristallanish 
katalizatorlari-titan, litiy, sirkoniy va sh.k. lar birikmalari eritilgan xolatida 
aralashtiriladi. Sitall olishda shixta qo‘shimcha ravishda issiqlik bilan qayta 
ishlanadi; bunda shisha kristallanadi va muayyan xususiyatlarga ega bo‘ladi. 


Sitallar kulrang, qora, jigarrang, krem rangida, rangli, shaffof va xiralashgan 
bo‘lishi mumkin. Ular atmosfera va agressiv muhitlarga, yuqori haroratga 
bardoshli bo‘ladi. Dielektrik xususiyati esa, elektr haroratga bardoshli izolyatorlar 
tayyorlashda foydalaniladi.
Sitallarning siqilishidagi mustahkamlik chegarasi 500MPa, issiqqa 
bardoshligi 200-700
0
S, xatto 1000
0
S bo‘ladi.
SHlaksitall metallurgiya shlaki, kvars qumi va kristallizatorlarni maxsus 
xumdonlarda aralashtirib tayyorlanadi. Kristallizatorlar sifatida titan, fosfor 
oksidlari, ftor tuzlari, temir va marganets sulfatlari massaga nisbatan 4-5% 
ishlatiladi. SHlaksitall oq rangli, yassi va maxsus yuzali (shliflangan, 
polirovkalangan) xolda chiqariladi. Uning yuzasiga keramik sirlovchi materiallar 
bilan istalgan rang berish mumkin. SHlaksitall o‘rtacha zichligi 2500-2600 kg m
3

siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 500-600 MPa, egilishdagi mustahkamligi 90-
130MPa, elastiklik moduli 11
.
10
4
MPa,ishlatilish harorati 950
0
S gacha bo‘ladi. 
SHlaksitall kimyoviy muhitlarga chidamli, suv o‘tkazmaydi, kam ediriladigan 
bo‘lgani uchun trotuar, yo‘l qoplamalarida, bardyur toshlari o‘rnida, binolarni ichki 
va tashqi tomonlardan bezashda, tom yopishda, devorbop buyumlar sifatida 
ishlatilishi mumkin.
Ko‘piksitall uyachali strukturaga ega bo‘lib, suv shimuvchanligi va 
gigroskopligi kichik, issiqqa bardoshliligi 750
0
S bo‘ladi. U issiqlik va tovushdan 
izolyasiyalovchi material sifatida ishlatiladi.
Sitalloplastik ftoroplast va sitall asosida olinadi. Uning edirilishga va 
kimyoviy muhitlarga chidamliligi o‘ta yuqori bo‘lgani uchun antifriksion va 
konstruktiv material sifatida ishlatiladi. Bunda kukun xolatidagi sitall ftoroplastga 
o‘ta mayda to‘ldiruvchi sifatida aralashtiriladi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling