Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

4. SHishaning turlari  
Taxta oyna. Taxta oynaga oddiy deraza, vitrina, issiqlik nurlarini yutuvchi, 
armaturalangan va boshqa oyna turlari kiradi.
Taxta oyna deraza va eshikni to‘sishga, sanoat va jamoat binolarini tashqi 
muhitdan izolyasiyalashda, ichki va tashqi tomondan bezashda ishlatiladi. Taxta 
oyna eni 250-1600 mm, uzunligi 250-2200 mm, qalinligi 2; 2,5; 3; 4; 5 va 6 mm 
o‘lchamlarda tayyorlanadi. Bir metr kvadrat oynaning massasi 2-5 kg bo‘ladi. 
SHisha taxtaning nur o‘tkazuvchanligi 87% kam bo‘lmasligi, shaffof bo‘lishi talab 
etiladi. U rangsiz bo‘lib, ba’zi xollarda yashil yoki ko‘kimtir soyalar bo‘lishi ruxsat 
etiladi. Taxta oyna yuzasidagi qiyshiqliklar, burmalar, yo‘l-yo‘l chiziqlar, 
bo‘shliqlarning bo‘lishi uning navini belgilaydi.


Vitrina oynasi ma’muriy, maishiy, savdo, mehmonxona va sh.k. binolarni 
bezashda va izolyasiyalashda ishlatiladi. Vitrina oynalari polirovkalanib, qalinligi 
6-10 mm, eni 3500, bo‘yi 6000 mm gacha o‘lchamlarda ishlab chiqariladi. Vitrina 
oynasining bir tomonlama nur o‘tkazuvchi turi binolarni bezashda va yorug‘lik 
nurini mo‘‘tadil saqlashda zarur bo‘ladi.
Issiq nurlarni qaytaruvchi oyna bir tomondan 0,3-1 mkm qalinlikda, turli 
rangdagi metall va oksid plyonkalar bilan qoplangan bo‘ladi. Metall yoki oksid 
qoplamalari maxsus ionli purkash uskunalari yordamida nikelxrom aralashmasi, 
temir, mis, xattoki oltin, platina va sh.k. nodir metallar qoplanishi mumkin. 
Ularning nur o‘tkazuvchanligi 30-70% atrofida bo‘ladi. Metall qoplamali shishalar 
infraqizil nurlarni qaytargani sababli qizimaydi va xonadan nur tashqariga 
chiqmasligi tufayli binolarda issiqlik saqlanadi. Metall va oksid plyonkalar bilan 
qoplangan 
vitrina 
oynalari 
Parij, 
Berlin, 
Toshkent 
(Biznes 
markazi, 
Interkontinental mehmonxonasi va x.k.) va boshqa ma’muriy binolarni bezash va 
izolyasiyalashda ishlatilgani, uning imkoniyatlari ko‘pligidan darak beradi.
Issiq nurlarni yutuvchi oyna oddiy oynadan kimyoviy tarkibida temir, 
kobalt, nikel oksidi bo‘lishi bilan farq qiladi. Oynaning bu turi davolanish, bolalar 
bog‘chalari, gulxona, qishki bog‘, bino va inshootlarni romlariga o‘rnatiladi.
Nur qaytaruvchi oyna gulli va xiralashtirilgan turlarga bo‘linib, xona ichi 
ko‘rinmasligi uchun deraza, eshik romlariga o‘rnatiladi. Gulli oyna quyilayotganda 
maxsus valiklardan foydalaniladi. Xiralashtirilgan oyna esa, qum oqimi bilan oddiy 
oynani qayta ishlab tayyorlanadi.
Armaturalangan oynani kuydirilgan, xromlangan, nikellangan po‘lat to‘r 
bilan kuchaytirib tayyorlanadi. Bu oyna silliq va to‘lqinsimon bo‘lib, oyna 
sindirilganda sochilib ketmasligini ta’minlaydi. Uning o‘lchamlari: uzunligi 1200-
2000 mm, eni 400-1500 mm.
Toblangan oyna oddiy oynani 540-650
0
S haroratda qizdirib va astasekin 
sovutib olinadi. Toblangan oynaning zarbiy va egilishdagi mustahkamligi oddiy 
oynaga nisbatan bir necha barobar yuqori. Toblangan oyna vitrinalar, eshiklar, 
balkon, zinapoya to‘siqlari va bo‘lmalar tayyorlashda ishlatiladi.
Radioaktiv nurlarga bardoshli oynani shixta tarkibiga qo‘rg‘oshin, litiy, 
bor, kadmiy va seziy oksidlari (0,25-1,5%) qo‘shilib tayyorlanadi. Bunday oynalar 
atom elektrostansiyalarida, reaktor qurilmalari xonalarida, izotoplar tayyorlaydigan 
korxonalarda ishlatiladi.
Ko‘p qavatli oyna (tripleks) oddiy va armaturalangan bo‘lib, asosiy va 
oraliq (amortizatsiyalovchi) qatlamlardan iborat. Bu oyna turi sindirilganda 
maydalansa ham sochilib ketmaydi.


Issiqqa bardoshli oyna borosilikatli bo‘lib, tarkibida bor, rubidiy va litiy 
oksidlari bo‘ladi. Bu oyna turi 200
0
S haroratga chidaydi va haroratdan chiziqli 
kengayish koeffitsienti oddiy oynadan 2-3 marta kam bo‘ladi (2-4
.
10
-6
0
S).

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling