Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari
Kanalizatsiya va drenaj quvurlari
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Klinkerli g‘isht
- Kislotaga chidamli g‘isht
- Kislotaga chidamli plitkalar
Kanalizatsiya va drenaj quvurlari oqava, zax, yomg‘ir, chiqindi suvlarni
oqizish va chiqarib yuborish uchun ishlatiladi. Kanalizatsiya quvurlari plastik qiyin eriydigan va erimaydigan gillardan tayyorlanadi. Kanalizatsiya quvurlarining uzunligi 1000-1500mm, ichki diametri 150600 mm bo‘ladi. Bir tomoni quvurlarni biriktirish maqsadida rastrub holda yasaladi. Quvur suv shimuvchanligi 8% kam bo‘lishi, kislotaga bardoshligi 93%, suv o‘tkazmasligi shart. Drenaj quvurlar oson eriydigan gil va qumoq tuproqlar asosida olinadi. Quvur silindrik, olti va sakkiz qirrali sirlanmagan holda ishlab chiqariladi va botqoq va sho‘rlangan erlarning suvini qochirish uchun ishlatiladi. Uzunligi 500 mm gacha, ichki diametri 50-250 mm bo‘ladi. Klinkerli g‘isht gillarni to‘la pishirib olinadi. O‘lchamlari 220x110x65 mm bo‘ladi. Siqilishdagi mustahkamlik chegarasiga ko‘ra 3 markaga-1000,700 va 10 Building of materials S.K. Duggal, New Age International (P) Ltd 2008,page 44-50 400 bo‘linadi, suv shimuvchanligi 2-6%, sovuqqa chidamligi 50-100 sikl bo‘ladi. Klinkerli g‘isht yo‘l va ko‘prik qoplamalarida, kanalizatsiya kollektorlarini qoplashda, suv inshootlari qirg‘oqlarini mustahkamlashda ishlatiladi. Kislotaga chidamli g‘isht oliy va birinchi kategoriyalarda A, B va V klasslarda tayyorlanadi. G‘isht shakl jixatidan to‘g‘ri burchakli, ponasimon, radial va fason turlariga bo‘linadi. G‘ishtning o‘lchamlari 230x113x65 va 230x113x55 mm. G‘ishtning siqilishga mustahkamligi 35-60 MPa, kislotaga bardoshligi 96- 98,5% va termik bardoshligi 5-25 marta issiqlik almashish sikli. G‘isht qurilish konstruksiyalari va apparatlarni kislota muhitidan himoyalashda, gaz yo‘llariga qoplash, pol va tarnovlarga yotqizish uchun ishlatiladi. Kislotaga chidamli plitkalar oliy va birinchi navlarda 6 xil markada: farforli kislotaga bardoshli (KF), dunitli termokislotaga bardoshli (TKD), gidroliz sanoati uchun termokislotaga bardoshli (TKG), qurilish konstruksiyalari uchun kislotaga bardoshli (KS), shamotli kislotaga bardoshli (KSH) va shamotli termokislotaga bardoshli (TKSH). Plitkalar kvadrat, to‘g‘ri burchakli, ponasimon va qo‘shaloq shakllarda bo‘ladi. Plitka o‘lchamlari: uzunligi va eni 50-200 mm, qalinligi 15-50 mm bo‘ladi. Plitkaning suv shimuvchanligi 0,4-8%, kislotaga bardoshligi 9799%, siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 10-15MPa, egilishdagi mustahkamlik chegarasi 10- 40MPa, sovuqqa chidamligi 15-20 sikl va termik bardoshligi 2-10 marta issiqlik almashish sikli. Plitkalar apparat va uskunalarni, qurilish konstruksiyalarini, pol va gaz yo‘llarini kislota ta’siridan, termokislotaga bardoshli plitkalar esa pishirish qozonlari ichini qoplash uchun ishlatiladi. Kislotaga chidamli quvurlar tashqi va ichki tomonlari kislotaga bardoshli sir bilan qoplanadi. Quvurlar maxsus texnologik usulda gil massasini o‘ta zichlashtirib tayyorlanadi. Quvurlar kimyo, o‘g‘itlar ishlab chiqarish, sellyuloza- qog‘oz sanoatlarida ishlatiladi. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling