Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ
2.
SHisha ishlab chiqarish SHisha ishlab chiqarishda asosiy xom ashyo sifatida kvars qumi ohaktosh, soda va natriy sulfati ishlatiladi. SHisha qorishmasini pishirish haroratini pasaytirish uchun unga soda, natriy sulfati qo‘shiladi. Agar kvars qumi va sodadan iborat qorishmadan shisha olinsa, nim shaffof suvda eruvchan shisha bo‘ladi (Na 2 Si0 3 ). Qorishma tarkibiga ohaktosh yoki dolomitni kiritish shishani suvda erimasligini ta’minlaydi. Silikatli shisha 1500 0 S haroratda maxsus shisha eritish xumdonlarida olinadi. Massa harorati 800-900 0 S etganda silikatlar hosil bo‘lish jarayoni boshlanadi. Harorat 1150-1200 0 S bo‘lganda massa shaffoflashadi, lekin tarkibida ko‘p havo pufakchalari bo‘ladi. SHisha massasidagi havo aralashmalari 1500 0 S chiqib ketadi va shisha qiyomiga etadi. Massani qoliplash harorati 200-300 0 S atrofida bo‘lib, quyuqligi kimyoviy tarkibiga bog‘liq. SiO 2 , Al 2 O 3 , ZrO 2 oksidlari massani quyuqlashtirsa, Na 2 O, CaO, Li 2 O oksidlari aksincha, suyuqlashtiradi. SHisha massasini erigan xolatda uzoq muddat ushlash uning strukturasini amorf holatidan kristall holatga qayta o‘tishga olib keladi. Silikat shishaning oksid tarkibi, % massa bo‘yicha: SiO 2 -64-73; Al 2 O 3 -0,5-7,2; K 2 O-0-5; Na 2 O-10-15; CaO-2,5-26,5; MgO-0- 4; Fe 2 O 3 -0-0,4; SO 3 -0-0,5; V 2 O 3 -0-5. SHisha massasiga kaolin, dala shpati (Al 2 O 3 ) kiritilishi uning mexanik mustahkamligini, termik va kimyoviy chidamligini oshiradi. SHisha xom ashyosi tarkibiga B 2 O 3 qo‘shilsa, uning shishalanishi tezlashadi va kristallanishi kamayadi. Rux oksidi (ZnO) shishaning harorat chiziqli kengayish koeffitsientini kamaytiradi va termik chidamligini oshiradi. Qo‘rg‘oshin oksidi (RbO) optik shisha va xrustall tayyorlashda ishlatiladi. SHisha olish “qayiq” usulida bo‘lib, cheksiz shisha lentasini tortish demakdir. SHisha qalinligi tortish tezligi bilan boshqariladi. Vitrina va ko‘zgu oynalari silliqlanadi va shaffoflanadi. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling