Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


Kanalizatsiya va drenaj quvurlari


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

Kanalizatsiya va drenaj quvurlari oqava, zax, yomg‘ir, chiqindi suvlarni 
oqizish va chiqarib yuborish uchun ishlatiladi. Kanalizatsiya quvurlari plastik qiyin 
eriydigan va erimaydigan gillardan tayyorlanadi.
Kanalizatsiya quvurlarining uzunligi 1000-1500mm, ichki diametri 150600 
mm bo‘ladi. Bir tomoni quvurlarni biriktirish maqsadida rastrub holda yasaladi. 
Quvur suv shimuvchanligi 8% kam bo‘lishi, kislotaga bardoshligi 93%, suv 
o‘tkazmasligi shart.
Drenaj quvurlar oson eriydigan gil va qumoq tuproqlar asosida olinadi. 
Quvur silindrik, olti va sakkiz qirrali sirlanmagan holda ishlab chiqariladi va 
botqoq va sho‘rlangan erlarning suvini qochirish uchun ishlatiladi. Uzunligi 500 
mm gacha, ichki diametri 50-250 mm bo‘ladi.
Klinkerli g‘isht gillarni to‘la pishirib olinadi. O‘lchamlari 220x110x65 
mm bo‘ladi. Siqilishdagi mustahkamlik chegarasiga ko‘ra 3 markaga-1000,700 va 
10
Building of materials S.K. Duggal, New Age International (P) Ltd 2008,page 44-50


400 bo‘linadi, suv shimuvchanligi 2-6%, sovuqqa chidamligi 50-100 sikl bo‘ladi. 
Klinkerli g‘isht yo‘l va ko‘prik qoplamalarida, kanalizatsiya kollektorlarini 
qoplashda, suv inshootlari qirg‘oqlarini mustahkamlashda ishlatiladi.
Kislotaga chidamli g‘isht oliy va birinchi kategoriyalarda A, B va V 
klasslarda tayyorlanadi. G‘isht shakl jixatidan to‘g‘ri burchakli, ponasimon, radial 
va fason turlariga bo‘linadi. G‘ishtning o‘lchamlari 230x113x65 va 230x113x55 
mm.
G‘ishtning siqilishga mustahkamligi 35-60 MPa, kislotaga bardoshligi 96-
98,5% va termik bardoshligi 5-25 marta issiqlik almashish sikli. G‘isht qurilish 
konstruksiyalari va apparatlarni kislota muhitidan himoyalashda, gaz yo‘llariga 
qoplash, pol va tarnovlarga yotqizish uchun ishlatiladi.
Kislotaga chidamli plitkalar oliy va birinchi navlarda 6 xil markada: 
farforli kislotaga bardoshli (KF), dunitli termokislotaga bardoshli (TKD), gidroliz 
sanoati uchun termokislotaga bardoshli (TKG), qurilish konstruksiyalari uchun 
kislotaga bardoshli (KS), shamotli kislotaga bardoshli (KSH) va shamotli 
termokislotaga bardoshli (TKSH). Plitkalar kvadrat, to‘g‘ri burchakli, ponasimon 
va qo‘shaloq shakllarda bo‘ladi.
Plitka o‘lchamlari: uzunligi va eni 50-200 mm, qalinligi 15-50 mm bo‘ladi. 
Plitkaning suv shimuvchanligi 0,4-8%, kislotaga bardoshligi 9799%, siqilishdagi 
mustahkamlik chegarasi 10-15MPa, egilishdagi mustahkamlik chegarasi 10-
40MPa, sovuqqa chidamligi 15-20 sikl va termik bardoshligi 2-10 marta issiqlik 
almashish sikli.
Plitkalar apparat va uskunalarni, qurilish konstruksiyalarini, pol va gaz 
yo‘llarini kislota ta’siridan, termokislotaga bardoshli plitkalar esa pishirish 
qozonlari ichini qoplash uchun ishlatiladi.
Kislotaga chidamli quvurlar tashqi va ichki tomonlari kislotaga bardoshli 
sir bilan qoplanadi. Quvurlar maxsus texnologik usulda gil massasini o‘ta 
zichlashtirib tayyorlanadi. Quvurlar kimyo, o‘g‘itlar ishlab chiqarish, sellyuloza-
qog‘oz sanoatlarida ishlatiladi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling