Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ
- Bu sahifa navigatsiya:
- G‘ovakli keramik to‘ldirgichlar Keramzit
Olovbardosh keramik materiallar. Bu jixatdan keramik materiallar
olovbardosh (1580-1770 0 S), olovbardoshligi yuqori (17702000 0 S) va olovbardoshligi o‘ta yuqori (2000 0 S yuqori) turlarga bo‘linadi. Olovbardosh materiallarga g‘isht, blok, plita va fason elementlari kiradi. Mineral tarkibiga ko‘ra olovbardosh materiallar qumtuproqli, alyumosilikatli, magnezitli, xromli va uglerodli bo‘ladi. Qumtuproqli (dinasli) olovbardosh buyumlar kvars qumi va gil asosida tayyorlanadi. Dinasli buyumlar olovbardoshligi 1710-1750 0 S, siqilishga mustahkamligi 15-35 MPa. Dinasli buyumlar sanoat xumdonlari (marten, koks, sement pishirish) ichini qoplashda ishlatiladi. Alyumosilikatli olovbardosh buyumlar kvars, shamot, gil va kaolin aralashmasi asosida olinadi. Ularning olovbardoshligi 1610-1710 0 S, siqilishga mustahkamligi kamida 10 MPa bo‘lib, koks, shisha eritadigan xumdonlar ichini qoplashda ishlatiladi. SHamotli olovbardosh buyumlar olovbardosh gil va shamot asosida olinadi. Ularning olovbardoshligi 1710-1730 0 S, siqilishdagi mustahkamligi 10- 12,5 MPa. Ular domna, keramika xumdonlari, bug‘ qozonlari ichini qoplashda ishlatiladi. Olovbardoshligi yuqori buyumlar tarkibida 45% ortiq Al 2 O 3 bo‘lgan xom ashyo (boksit, korund) asosida tayyorlanadi. Ularning olovbardoshligi 1770- 2000 0 S bo‘lib, shisha eritish xumdonlari qurilishida va boshqa sanoat korxonalarida ishlatiladi. G‘ovakli keramik to‘ldirgichlar Keramzit-tarkibida kimyoviy bog‘langan suvi ko‘p bo‘lgan oson eriydigan gillarni tez qizdirish natijasida ko‘pchitib olingan g‘ovak material. Gilning ko‘pchishini oshirish uchun ko‘mir kukuni, qipiq, pirit kuyindilari va shu kabilarni qo‘shish mumkin. Keramzit tayyorlash jarayoni keramik materiallar olish jarayoni singari bo‘lib, keramzit soqqachalari avval tayyorlanib keyin xumdonda kuydirib olinadi va zarur bo‘lsa keramzit maydalanadi. Keramzit soqqachalari granulyator, lentali presslar va teshikli vallar yordamida tayyorlanadi. Xomashyo quritish barabanlarida quritilgach aylanma pechlarda 25-45 minut davomida pishiriladi. Keramzit shag‘ali 5-10, 10-20 va 20-40 mm fraksiyalarda, qumi esa 5 mm gacha bo‘ladi. O‘rtacha zichligiga nisbatan keramzit shag‘ali 150, 200, 250, 300, 350, 400, 450, 500, 550, 600, 700 va 800 kg m 3 markalarda bo‘ladi. Keramzitning silindrda siqilishga sinalgandagi markasi 0,3-5,5 MPa. Suv shimuvchanligi 15-25%, sovuqqa chidamligi 15 sikl. Keramzit engil betonlar uchun to‘ldirgich va issiqlik izolyasiyasi materiali sifatida ishlatiladi. Agloporit-gil va ko‘mir kukuni aralashmasi granulalarini (soqqachalar) aglomeratsiya panjarasida pishirib olinadi. Aglomeratsiya panjarasida 25-45 minut davomida pishirilgan xom ashyo palaxsasi sovitilgach maydalanadi va fraksiyalarga ajratiladi. Uning o‘rtacha zichligi 300-1000 kg m 3 , siqilishga mustahkamligi 0,3-3 MPa. Agloporit keramzit singari engil betonlar olishda, issiqlik izolyasiyasi materiali sifatida ishlatiladi. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling