Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

issiqlikka 
munosabati
Deraza 
oynalarining 
100
0

haroratdagi issiqlik izolyasiyasi koeffitsienti 0,4-0,82 Vt m
0
S tashkil qiladi. 
Tarkibidagi ishqoriy oksidlar ko‘p bo‘lgan shisha issiqlikni kam o‘tkazadi. 
Ko‘pikshishaninig issiqlik izolyasiyasi koeffitsienti 0,045-0,058 Vt m
0
S bo‘ladi. 
Xona haroratida shishaning issiqlik sig‘imi 0,63-1,05 KJ kg
0
S ni tashkil etadi. 
SHishaning issiqlik sig‘imi va issiqlikdan termik kengayishi uning kimyoviy 
tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Qurilish shishasining haroratdan chiziqli kengayish 
koeffitsenti (9
.
10
-6
-15
.
10
-6
)
0
S
-1
ni eng kichik ko‘rsatkichi 0,58
.
10
-6
0
S
-1
tashkil etadi.
SHishaning 
issiqqa 
bardoshligi 
haroratdan 
chiziqli 
kengayish 
koeffitsientiga, o‘z navbatida shisha xom ashyosining kimyoviy tarkibiga bog‘liq 
bo‘ladi. Oddiy qurilish shishasining issiqqa chidamliligi 120
0
S atrofida bo‘ladi. 
SHisha tarkibiga kremniy, bor va sh.k. oksidlarni kiritib issiqdan chiziqli 
kengayish koeffitsienti, demak issiqqa bardoshligi oshiriladi.
Elektr o‘tkazuvchanlik. SHishaning elektr o‘tkazuvchanligi uning 
kimyoviy strukturasiga, shu jumladan kremniy, bor, bariy, litiy va sh.k. larning 
oksidlari miqdoriga, mikroarmatura va fibroarmatura bilan ta’minlanganligiga 
bog‘liq bo‘ladi.
Oddiy silikat shishasining xona haroratidagi solishtirma elektr qarshiligi 
10
10
-10
11
Om
.
sm, teshib o‘tish kuchlanishi 450 kV sm
2
tashkil qiladi.
Texnologik xususiyatlari. SHishani va undan tayyorlangan buyumlarni 
mexanik qayta ishlash mumkin: olmos bilan kesish, arralash, pobedit keskichlari 
vositasida charxlash, shliflash, polirovkalash shular jumlasidandir. SHishani 800-
1000
0
S haroratda list, nay, tola sifatida cho‘zib olish, payvandlash va puflab shakl 
berish, buyum olish mumkin. Keyingi paytda shishaning ishlanuvchanligidan 
foydalanib, undan turli qurilish va me’morchilik buyumlari va qismlari
shishapaketlar, tola va matolar tayyorlash imkoniyati tug‘ildi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling