Kirish reja; Suvning ishlab chiqarishda qo’llanilishi


Download 34 Kb.
bet8/9
Sana18.06.2023
Hajmi34 Kb.
#1584790
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Oqava suvlarini tozalash texnalogiyasi; Abdukarimov Boburjon

3.3. Adsorbsiya
Oqova suvlarni biokimyoviy tozalashdan so‘ng erigan organik
moddalardan to‘liq tozalash uchun adsorbsiya usulidan foydalaniladi. Agar suvda organik moddalarning konsentratsiyasi yuqori
bo‘lmasa va ular biologik parchalanmasa yoki kuchli zaharli bo‘Isa,
mahalliy qurilmalarda ham adsorbsiya jarayoni qo'llaniladi.
Adsorbentning kam solishtirma sarfida modda yaxshi adsorbsiyalansa
mahalliy qurilmalarning ishlatilishi maqsadga muvofiq.
Adsorbsiya usuli oqova suvlarni fenol, gerbitsit, pestitsid,
aromatik nitrobirikmalar, SFM, bo‘yovchi va boshqa moddalardan
zararsizlantirishda qo'llaniladi. Bu usulning afzalligi yuqori
samaradorligi bo'lib, tarkibida bir nechta modda bo‘lgan oqova
suvlarni tozalash va ularni rekuperatsiya qilish mumkinligidadir.
Oqova suvlarni adsorbsion tozalash regenerativ va destruktiv
bo‘lishi, ya’ni oqova suvlardan ajratib olingan moddalar adsorbent Man birga yo'qotib yuborilishi mumkin. Oqova suvni adsorbsiya
usulida tozalashning samaradorligi 80—95% ga teng. Bu
adsorbentning kimyoviy xususiyati, adsorbsiya yuzasining o‘lchami, moddaning kimyoviy tuzilishi va uning aralashmadagi
holatiga bog'liq.
Adsorbentlar sifatida faollangan ko‘mir, sintetik sorbentlar va
ishlab chiqarishdagi ba’zi chiqindilar (kul, shlak, qipiq va hokazo)
ishlatiladi. Mineral sorbentlar — tuproq, silikagel, alumogel va
metall gidroksidlari oqova suvlardagi turli moddalarni adsorbsiyalash
uchun kam ishlatiladi, chunki ularning suv molekulalari bilan
ta’sirlashish energiyasi juda katta, ba’zida adsorbsiya energiyasidan
oshib ketadi. Adsorbentlar orasidan faollangan ko‘mir ko‘p ishlatiladi,
ammo u ma’lum bir xususiyatga ega bo‘lishi kerak.
Faollangan ko‘mir suv molekulalari bilan deyarli ta’sirlashmasligi va organik moddalar bilan esa juda yaxshi ta’sirlashishi
kerak (adsorbsion g‘ovaklarining samarali radiusi 0,8—5 nm yoki
8—50 A boiishi lozim. Faollangan ko'mir suv bilan qisqa vaqt
ichida ta’sirlashganda adsorbsion sigimi va selektivligi yuqori
boiishi kerak. Bundan tashqari regeneratsiya vaqtida tutib turish
qobiliyati past boiishi maqsadga muvofiqdir, natijada reagentlarning sarfi kam boiadi. Faollangan ko‘mirlar mustahkam, suvda
tez namlanishi, m aium bir granulometrik holatga ega boiishi
kerak. Tozalash jarayonida mayda zarrachali adsorbentlar (0,25—
0,5 mm) va oichami 40 mkm li yuqori dispersli ko‘mir zarrachalari ishlatiladi. Oksidlanish, kondensatsiyalanish va boshqa
reaksiyalarga nisbatan ko‘mirning katalitik faolligi past boiishi
muhimdir, chunki oqova suvdagi ba’zi organik moddalar oksidlanadi va smolalanadi. Bu jarayon katalizator ta’sirida tezlashadi.
Smolalangan moddalar adsorbentning g‘ovaklariga kirib yopib
qo‘yadi. Bu regeneratsiyaning past haroratda borishiga xalaqit beradi.
Shuningdek, ular arzon boiishi, regeneratsiyadan so‘ng adsorbentlar hajmi kamaymasligi va ishning ko‘p marta ishlatilishini
ta’minlashi kerak. Faollangan ko‘mir uchun xomashyo sifatida
turli uglerod-tarkibli materiallar ishlatiladi.

Download 34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling