Kirish reja; Suvning ishlab chiqarishda qo’llanilishi
Download 34 Kb.
|
Oqava suvlarini tozalash texnalogiyasi; Abdukarimov Boburjon
3.2. Flotatsiya
Oqova suvdan erimaydigan va o‘zi mustaqil cho‘kadigan aralashmalarni ajratib olish uchun flotatsiya usuldan foydalaniladi. Ba’zan erigan moddalar, masalan sirt faol moddalar (SFM) ni ajratib olishda ham bu jarayon qo'llaniladi. Bu jarayon ко ‘p'ikli quyultirish deb ataladi. Neftni qayta ishlash, sun’iy tola, sellulozaqog‘oz ishlab chiqarish, teri oshlash, mashinasozlik, oziq-ovqat, kimyo sanoati oqova suvlarini tozalashda flotatsiya qo‘l keladi. Biokimyoviy tozalashdan so‘ng faol loyqani ajratib olishda ham bu usuldan foydalaniladi. Jarayonning uzluksizligi, qo‘llanish sohasining kengligi, kapital va ekspluatatsion sarflarning katta emasligi, qurilmaning soddaligi, tindirish jarayoniga nisbatan jarayonning tezligi yuqoriligi, namligi yuqori bo'lm agan (90—95$>) cho‘kma olishning imkoni borligi, tozalash samaradorligining yuqoriligi (95—98%), ajratib olingan moddalarni rekuperatsiya qilish imkonining borligi flotatsiyaning afzalliklari hisoblanadi. Flotasiyada oqova suvlarni aeratsiya qilish hisobiga SFM va oson oksidlanuvchi moddalarning, bakteriya va mikroorganizmlaming konsentratsiyasini kamaytirish mumkin. Bularning hammasi oqova suvlarni tozalashning keyingi bosqichlarini muvaffaciyatli amalga oshirishga asos bo‘ladi. Flotatsiyaning elementar akti suvda yuqoriga ko‘tarilayotgan havo pufakchasi bilan qattiq gidrofob zarrachalarini ajratib turgan suv qatlamchaning buzilib, pufakchaning zarracha bilan yopishib birikishi bilan tushuntiriladi. «Pufakcha-zarracha» kompleksi suv yuzasiga ko‘tarilib, yig‘iladi va boshlang'ich oqova suvdagiga nisbatan yuqoriroq konsentratsiyali zarrachalarning ko‘pikli qatlami vujudga keladi. Flotatsion zarracha-pufakcha kompleksining hosil bo‘lishi, jarayonning tezligi va bogiarning mustahkamligiga, komleksning mavjudlik davomiyligi esa zarrachalar tabiatiga, shuningdek, reagentlarning zarrachalar yuzasi bilan ta’sirlashishi tabiatiga va zarrachalarning suvda namlanish qobiliyatiga bog‘liq. Zarrachalarning o‘zaro yopishishi 6 burchak ko‘rsatkichi bilan tavsiflanuvchi zarrachalarning ho‘llanishiga bog'liq. Ho'llanish burchagi qancha katta bo'lsa, zarrachalarning yopishishi va zarracha yuzasida pufakchani tutib qolish mustahkamligi shuncha ko‘p bo‘ladi. Zarracha pufakcha kompleksining hosil bo‘lish energiyasi quyidagi ifodaga teng: A = a(l — cosG), bu yerda, a — suvning havo bilan chegarasidagi sirt tarangligi. Suvda yaxshi ho‘llanuvchan zarracha uchun 0 0, cos 0 -> 1, mos ravishda yopishish mustahkamligi minimal, ho‘llanmaydigan zarrachalar uchun esa maksimaldir. Flotatsiya bilan ajratish samaradorligi havo pufakchalarining soni va o‘lchamiga bog‘liq. Ba’zi adabiyotlarda zarrachalarning optimal olchami 15—30 mkm ga teng deb ko'rsatilgan. Bunda suvning pufakchalar bilan to‘yinish darajasi yuqori bo‘lishini hisobga olish zarur. Havoning solishtirma sarfi aralashmalar konsentratsiyasining oshishi bilan pasayadi, chunki to‘qnashish va yopishish darajasi oshadi. Flotatsiyada zarrachalarning ajralish jarayoni tezligi quyidagicha yoziladi: dcz/dx = — Kc,, bu yerda: К — gidrodinamik va konstruktiv parametrlarga bog‘liq bo‘lgan flotatsiya tezligi koeffitsiyenti. Ajralishning eng yaxshi sharoiti qattiq va gaz holatidagi fazalar orasidagi nisbat G /G 7=0,01— 0,1 ga teng bo‘lgan sharoitdir. Bu nisbat quyidagi formula orqali aniqlanadi: GJGz = 1,3Z>(/P - 1 )Q{/cz Q, bu yerda, G va Gy — havo va qattiq moddalarning mos ravishdagi massasi, g\ b — berilgan harorat va atmosfera bosimidagi suvdagi havoning eruvchanligi, sm3/l; / — to'yinish darajasi (odatda / = 0,5—0,8); P — suvning havo bilan to'yingandagi absolut bosimi; 6 , — havo bilan to'yingan suvning miqdori, m3/s; Q — oqova suv sarfi, m3/s; Oqova suvlarga eritmadan havoni ajratib olib, havoni mexanik disperglab, havoni g'ovakli materiallar orqali o‘tkazib, elektroflotatsiyalab va kimyoviy flotatsiyalab flotatsion ishlov beriladi. Eritmadan havoni ajratish bilan flotatsiyalash. Bu usul tarkibida juda kichik zarracha iflosliklari mavjud bo‘lgan oqova suvlarni tozalashda qollaniladi. Usulning mohiyati oqova suvda to‘yingan havo eritmasini hosil qilishdadir. Bosim kamayganda eritmadan iflosliklarni flotatsiya qiluvchi pufakchalar ajraladi. Suvda havoning to‘yingan eritmasini hosil qilish usuliga qarab-vakuumli, bosimli va erliftli flotatsiyaga bo‘linadi. Vakuumli flotatsiyada oqova suvni aeratsion kamerada atmosfera bosimida havo bilan to‘yintiriladi, so‘ngra flotatsion kameraga yo‘naltiriladi. Bu yerda vakuum nasosda 29,9—39,9 kPa (225—300 mm sim.ust) bosimda ushlab turiladi. Kamerada ajralayotgan mayda pufakchalar bir qism iflosliklarni chiqarib yuboradi. Flotatsiya jarayoni 20 daqiqa davom etadi. Usulning afzalliklari: gaz pufakchalarining hosil bo‘lishi va uning zarrachalar bilan yopishishi tinch muhitda boradi; jarayonni olib borish uchun energiya sarf-xarajatlari kam. Kamchiliklari: oqova suvning gaz pufakchalari bilan to‘yinish darajasi kam, shuning uchun yuqori konsentratsiyali muallaq zarrachalarga qo‘llab bo‘lmaydi (250—300 mg/1 dan yuqori bo‘lmagan); germetik yopiq flotatorni jihozlash va ularga xaskashli mexanizm o‘rnatish zarur. Bosimli qurilmalar vakuumliga nisbatan ko‘p tarqalgan. Ular sodda va ishlatishga qulay. Bosimli flotatsiya iflosliklar konsentratsiyasi 4—5 g/1 gacha bo‘lgan oqova suvlarni tozalashda yordam beradi. Tozalash darajasini oshirish uchun suvga koagulantlar qo‘shiladi. Bosimli flotatsiya jihozlari suv tarkibida nefttutkichlarga nisbatan qoldiq iflosliklar miqdorini 5—10 marotaba kamaytiradi. Jarayon ikki bosqichda amalga oshiriladi: 1) suvni bosim ostida havo bilan to'yintirish; 2) atmosfera bosimida erigan gazning ajralishi. Bosimli flotatsiyaning sxemasi 3.2- rasmda keltirilgan. Ishlash prinsipi. Oqova suv qabul qiluvchi rezervuarga kelib tushadi. Bu yerdan nasos bilan havo to‘ldirilgan so‘ruvchi quvurga yuboriladi. Hosil bo'lgan suv-h^voli aralashma bosimli sig‘imga yoiialtiriladi. Bu yerda yuqori bosimda (0,15—0,4 MPa) havo suvda eriydi. Atmosfera bosimida ishlovchi flotatorga suv-havoli aralashma kelib tushganda havo pufakchalar ko‘rinishida ajraladi va muallaq zarrachalarni flotatsiyalaydi. Ko'pik qattiq zarrachalar bilan birga suv yuzasidan xaskashli mexanizm yordamida olib tashlanadi. Tiniq suv flotatorning pastki qismidan chiqarib yuboriladi. Koagulantlar ishlatilganda iviq hosil bo‘lishi bosimli sis‘imda ro‘v beradi. Download 34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling