Kirish reja; Suvning ishlab chiqarishda qo’llanilishi


Download 34 Kb.
bet1/9
Sana18.06.2023
Hajmi34 Kb.
#1584790
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Oqava suvlarini tozalash texnalogiyasi; Abdukarimov Boburjon


KIRISH
Reja;

  1. Suvning ishlab chiqarishda qo’llanilishi

    1. Suvning hossalari va ishlatilishiga ko’ra siniflarga bo’linishi

    2. Oqava suvlarning hosil bo’lishi, tarkibi va xossalari

  1. Sanoat oqava suvlarini tozalash

2.1 Sanoat oqava suvlarini tozalash usullari
2.2 Oqava suvlarini mehanik usulda tozalash
2.3 Suzish va tindirish
3. Oqava suvlarni tozalashning fizik-kimyoviy usullari
3.1 Koagullash va flokullash
3.2 Flotatsiya
3.3 Adsorbsiya
3.4 Ion- almashinishi
XULOSA.


KIRISH
Atrof-muhitni muhofaza qilishdagi eng
dolzarb muammolar
Ekologik, biologik xavfsizlik muammosi milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylanganiga yarim asrdan oshdi. Tabiat va inson o‘zaro muayyan qonuniyatlar asosida munosabatda bo‘larkan, bu qonuniyatlarni buzish o‘nglab bo‘lmas falokatlarni insoniyat boshiga solishi hozirgi kunda aslo sir bo‘lmay qoldi. Dunyoning qaysi burchagiga nazar tashlamang, turli xil ekologik muammolarga duch kelish tabiiy holga aylanib bormoqda. Markaziy Osiyo mintaqasini ham ekologik m uam m olardan xoli zona deb b o ‘lm aydi. P rezidentim iz I.A.Karimov global ekologik tahdid va m uam m olar haqida to'xtalib, «Ekologiya hozirgi zamonning keng miqyosidagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir, uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo‘lib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko‘p jihatdan ana shu muammoning hal qilinishiga bog‘liqdir»' deb ta’kidlagan edi. Haqiqatan ham insonning tabiiy jarayonlardan noto‘g‘ri foy dalanishi natijasida XX asrning o‘rtalariga kelib ekologik muam molar juda avj olib ketdi. Tabiatdagi muvozanatning buzilishi oqibatida turli miqyosdagi ekologik muammolar shakllanmoqda.
Ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1. Global ekologik muammolar.
2. Mintaqaviy ekologik muammolar.
3. Mahalliy ekologik muammolar.
Global ekologik muammolar dUnyo bo‘yicha kuzatiladigan tabiiy, tabiiy antropogen va sof antropogen ta’sirlar natijasida yuzaga kelib, umumbashariyatga tegishlidir. Ana shunday ekologik
muammolarga quyidagi muammolarni kiritish mumkin.
1. Biosfera biotasining kambag‘allashuvi. Biota o‘z faoliyati
uchun zarur boigan energiyaning barchasini Quyoshdan oladi.
Jami organik mahsulotning esa 89 %ini mikroorganizmlar, It) %
dan kam rog‘ini hasharotlar va mayda hayvonlar, 1% dan
kamrog‘ini yirik hayvonlar va insonlar o‘zlashtiradi. Keyingi 100
yil ichida odamlar tomonidan yo£q qilingan organik mahsulotlar
miqdori yuz million yillar davomida tabiat tom onidan hosil
qilingan organik moddalar miqdoridan ko‘pdir. Biotaning odam
tomonidan juda ko‘p miqdorda iste’mol qilinishi biomassaning
keskin kamayishiga, yerlarning bo‘shab qolishiga, bu esa o ‘z
navbatida yowoyi hayvonlar va o'simliklar turlarining kamayib
yoki qirilib ketishiga sababchi bolmoqda. M a’lumotlarga qaraganda
ekologik fazoning 50 % yo‘qolishi turlarning 10 % ga kamayishiga
olib kelar ekan.
Biotaning yo‘qolib borishiga yorqin misol o'rmonlaming kesib
yo‘qotilishidir. Hozirgi kunda dunyo bo‘yicha juda katta maydondagi
o‘rmon kesib yo‘qotilgan. Ming afsuski, kesib yo‘qotilgan o'rm on
hajmi qayta tiklanmayapti.
2. Atmosferaning ifloslanishi. Hozirgi kunda kimyoviy usul
bilan 5 mingga yaqin modda sintez qilinib, ulardan 80 %ining
insonga va atrof-muhitga ta ’siri haligacha o'rganilgan emas.
Atmosferaga zararli moddalarni asosan metallurgiya va kimyo
sanoati korxonalari, energiya ishlab chiqarish korxonalari hamda
transport chiqaradi. Bunda atmosferaga asosan inson salomatligi
uchun o ‘ta zararli boigan moddalar: uglerod oksidi (CO), azot
oksidlari (NO, N 0 2), oltingugurt qo‘sh oksidi (S 0 2), uglevodorodlar (CnH n), o g lr va radioaktiv elementlar juda katta miqdorda chiqariladi. Dunyo bo‘yicha, bir yilda atmosferaga chiqarib
tashlanadigan qattiq chiqindilar (zararli chang, qurum) 150 mln.
t. ni, uglerod oksidi 400 mln.t.ni, azot oksidi esa 100 mln. t. ni
tashkil etadi. Atmosferani asosiy ifloslantiruvchi soha bu avtomobil
transportidir. Bunda yoqiladigan yoqilgining 25 % i avtomobil
transportiga to ‘g‘ri keladi. Bitta avtomobil «umri» davomida
atmosferaga 10 t. C 0 2 chiqaradi. Hozirgi kunda yer yuzida 800 mln. ga yaqin avtomobil borligi e’tiborga olinsa, uning atmosferani
buzishdagi hissasini aniqlash qiyin emas.
Yuqorida tilga oligan zaharli gazlar ichida eng xavflisi
oltingugurt qo'sh oksididir. U namlik bilan qo‘shilib, davlatlarva
qit’alarga kislotali yomg‘ir yog‘diradi, o ‘rmon va ко‘llardagi tirik
organizmlarning qirilib ketishiga sababchi bo‘ladi. Kislotali
yomg'irlar Kanada, Shimoliy Yevropa mamlakatlari va Uralda
tcz-tcz yog'ib turadi.
3. Iqlimning о ‘zgarishi. XX asr boshidan atmosferada issiqlik
gazlarning (ayniqsa C 0 2) keskin ko‘payishi natijasida Yerning
issiqlik balansi buzildi. Shu sababli ham hozirgi kunda Yer sirtida
o'rtacha temperatura 1°C ga oshgan, yana 100 yil ichida esa
atmosferada C 0 2 ning miqdori ikki barobar, o‘rtacha harorat esa
3°C ga ko‘tarilishi kutilmoqda. Mutaxassislar XXII asrga kelib Yer
atmosferasi harorati o‘rtacha 5—10°C ga ko‘tarilishini aytishmoqda.
Bu holat qaytmas bo‘lishi mumkin. XX asrda boshlangan iqlimning salbiy o£zgarish jarayoni, agarda keskin chora-tadbirlar ko‘rilmasa, insoniyat uchun halokatli bo‘lishi mumkin.
4.Cho ‘llanish muammosi. Yer kurrasi quruqligining 40 mln
km2 maydoni qurg‘oqchilik mintaqasi boiib, dunyo aholisining
15% dan ortig‘i ushbu hududda yashaydi. Qishloq xo'jaligining
tezkor rivojlanishi, sug£oriladigan yerlar va yaylovlardan noto‘g‘ri
foydalanish hamda o ‘rmonlarning betartib kesilishi natijasida
cho‘llanish darajasi yil sayin ortmoqda. Inson tasirida vujudga kelgan
chollar 9,1 mln. km2 ga yetdi. Hozir sayyoramizda yiliga 6 mln. ga
yer cholga aylanmoqda.


SUVNING ISHLAB CHIQARISHDA Q O ‘LLANILISHI
1.1. Suvning xossalari va ishlatilishiga ko‘ra sinflarga bo‘linishi
Suv tabiatda sodir bo‘ladigan asosiy jarayonlarda, shuningdek, inson hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Sanoatda suv
xomashyo va energiya manbayi, sovituvchi yoki isituvchi, erituvchi,
ekstragent, xomashyo va materiallarni tashuvchi vosita sifatida va
boshqa qator ehtiyojlar uchun ishlatiladi.
Suv resurslari. Sayyoramizda tabiiy suvning umumiy hajmi
1386 mln. km3 ni tashkil qiladi. Ko‘rsatilgan hajmning 97,5 % dan
ko‘prog‘ini dengiz, okean va ko‘l suvlari tashkil etadi. Dunyo
bo‘yicha chuchuk suvga bo‘lgan ehtiyoj yiliga 3900 mlrd. m3 ni
tashkil etadi. Shu ko‘rsatkichning taxm inan yarmi ishlatilib
qaytarilmaydi, qolgan yarmisi esa oqova suvlarga aylanadi.
Tabiiy suv bu hech qanday antropogen ta’sir ishtirokisiz tabiiy
jarayonlar natijasida sifat va miqdoriy jihatdan shakllangan suvdir.
Suvlar minerallashish darajasiga qarab (g/1 da) chuchuk (tuzlarning
umumiy miqdori < 1), sho‘rroq (1... 10), sho‘r (10...50) va
namakob (>50) ga ajratiladi. 0 ‘z navbatida chuchuk suvlar kam
mineral aralashmali (200 mg/1 gacha), o'rtacha minerallashgan
(200—500 mg/1) va yuqori minerallashgan suvlarga bo‘linadi.
Tarkibidagi anionlar miqdori bo‘yicha suvlar gidrokarbonatli,
sulfatli va xloridli bo‘ladi.
Tabiiy suvlarning qattiqligi, ularning tarkibida kalsiy va magniy
tuzlar borligi bilan belgilanadi. Suvlar tarkibidagi Ca2+, Mg2+
ionlarining konsentratsiyasini mg-ekv/1 larda ifodalanadi. Suvning
qattiqligi umumiy, karbonat va nokarbonat turlarga ajratiladi
Um um iy qattiqlik karbonat va nokarbonat qattiqliklarning
yig‘indisidan iborat. Karbonat qattiqlik — suvda kalsiy va magniy
bikarbonatlarining mavjudligi bilan bog‘liq. Karbonatsiz qattiqlik
esa kalsiy va magniy sulfatlari, xloridlari va nitratlari miqdoriga
bog'liq.

Download 34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling