Kirish. Sanoat korxonasi bozor iqtisodiyoti sub’ekti sifatida
Download 139.75 Kb. Pdf ko'rish
|
Kirish. Sanoat korxonasi bozor iqtisodiyoti sub’ekti sifatida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ichki omillar
- Korxonalarning tashqi muhit
Ichki muhitning o’zaro aloqalari natijasida tayyor mahsulot paydo bo’ladi,
ishlar bajariladi va xizmat ko’rsatiladi, ya῾ni to’g῾ri yo’lga qo’yilgan ishlab chiqarish va mehnatga haq to’lash faoliyati yuzaga keladi. Korxona faoliyatining ichki muhiti iqtisodiy ishlab chiqarish tashkiloti xossalarining namoyon bo’lish shakllari va xususiyatlarini aks ettiradi, buning natijasida u o’z faoliyati natijalari bo’yicha jamiyat ehtiyojlarini qondiradi, shuningdek tashqi sharoitlarga javob beradi, ularga va boshqa omillarga moslashadi. Ichki omillar (subyektiv) insonning muayyan faoliyati bilan bog῾liq. Ular menejerlar va xodimlarning harakatlariga to’liq bog῾liqdir. Tadbirkorlik sub῾ekti ichki muhit omillarini bilishi va aniq boshqaruv qarorlari orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga ta῾sir qilishi kerak. Ichki muhit omillarining modellari korxona strategiyasiga va ushbu omillarni boshqarish qobiliyatiga qarab turli xil variantlarga ega bo’lishi mumkin. Tarkibiy elementlarning ro’yxati juda keng: mulk huquqi; atrof-muhit; strategiya korxona resurslarini taqsimlashda ushbu nisbatni belgilashga qaratilgan harakatlar majmui sifatida; korxonaning tashkiliy tuzilmasi; resurslardan maqsadli foydalanishni o’z ichiga olgan texnologiya; hokimiyat va uning manfaatlariga ta῾sir qilish huquqidan foydalanish; tashkiliy va iqtisodiy madaniyat jamiyatda shakllangan ideallar,qadriyatlar, ma῾naviy an῾analar, inson xulq-atvorining normalari va qoidalari. Korxonalarning tashqi muhit bilan aloqasi ularning tashqi tizimga chiqishida ro’y berib (resurslarni jalb qilish, ularning qiymatini aniqlash, xom ashyo, material va yoqilg῾ining o’z vaqtida yyetkazib turilishi va hokazo), tashqi muhitga ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar oqimi yordamida ta῾sir ko’rsatish jarayonida namoyon bo’ladi, raqobat omili, ijtimoiy omillar, siyosiy omil, demografik omil, marketing, xalqaro omil. Korxonalar faoliyati samaradorligini aniqlab beruvchi tashqi muhit – bu, birinchi o’rinda mahsulot iste῾molchilari, xom ashyo va boshqa material yetkazib beruvchilar, shuningdek davlat organlari hamda korxonaga yaqin joyda yashovchi aholi hisoblanadi. Xo’jalik yurituvchi subyektning faoliyati natijalari asosan tashqi muhit bilan belgilanadi. Iqtisodiy faoliyatga ta῾sir qiluvchi tashqi omillar iqtisodiy qonunlarning ta῾sirini aks ettiradi. Tizimli yondashuv nuqtai nazaridan har qanday korxona uchlik jarayonini amalga oshiradi, xususan:tashqi muhitdan manbalarni olish; resurslarni mahsulotga (ish, xizmat) aylantirish; mahsulotni tashqi muhitga qaytarish. Download 139.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling