Kirish Texnologik sxemani tanlash va asoslash
TEXNOLOGIK SXEMANI TANLASH VA ASOSLASH
Download 53.9 Kb.
|
пахта чигитидан бир марта преслаб ё- олиш
2.TEXNOLOGIK SXEMANI TANLASH VA ASOSLASH
Yog’-moy korxonalariga paxta chigitida turli chiqindi iflosliklar ham mavjud bo’ladi. Ular iflos aralashmalar (organik va mineral aralashmalar, moyli aralashmalar, turli o’simliklarning urug’lari) va metall aralashmalardan iborat. Urug’larning ifloslanishi olinadigan mahsulot sifatini buzadi. Moyni yo’qolishini oshiradi, uskunalarningsinish va emirilishini tezlatadi. Ishlab chiqarish samaradorligini pasaytiradi. Xom ashyo tarkibidagi iflos, moyli va metall aralashmalarni imkon boricha to’liq ajratib olish kerak. Moyli urug’lar qayta ishlanishdan avval tozalash jarayonidan o’tadi. Xom ashyoni tozalash usullari quyidagicha: xom ashyoni aralashmadan ularning shakli va o’lchamlari turliligiga asoslangan elakli g’azlarda tozalash usuli. xom ashyni aralashmalaridan ularning aerodinamik xususiyatlarining farqliligiga asoslanib tozalash usuli. urug’lik va aralashmalarninsh metalli magnitik xususiyatlariga asoslanib ajratish usuli. Birinchi usul bilan xomashyo tozalanganda asosan turli ko’rinishdagi elakli sirtlardan foydalaniladi. Elakni sirtlari tekis aylanma shaklda ko’p qirrali barabanli shaklda bo’lishi mumkin. Elakli sirtlarda bir yoki bir necha bor mahsulot tozalanishidan qat’iy nazar asosiy mahsulot o’rtacha o’lchamga teng bo’lgan aralashmalar mahsulot tarkibida qolaveradi. Shu tufayli xom ashyoni tozalashda faqatgina elakli sirtlar ishlatilmay bir vaqtning o’zida yoki ketma- ket aerodinamik separatorlar va elektromagnit separatorlar ham ishlatiladi. Paxta chigitidan og’ir aralashmalarni engil organik va mineral iflosliklardan tozalashda USM urug’ tozalash qurilmasidan foydalanildi. USM qurilmasi asosan 3 qismdan ibora; ta’minlagich, cho’ktirish kamerasi va generasion seporator. Texnologik nuqtai nazardan moyli urug’lar ikki qismdan iborat. Qobiq va mag’iz tarkibidagi moddalar miqdori turlichadir. Urug’ qobig’ida asosan, kletchatka yoki selyuloza ko’p bo’lib, ular bilan bir qatorda kamroq miqdorda yuqori malukulali uglevodlar, mumli moddalar miqdori turlichadir. Urug’ qobig’ida asosan, kletchatka yoki seluloza ko’p bo’lib ular bilan bir qatorda kamroq miqdorda yuqori malekulali uglevodlar, mumli moddalar hamda ozroq miqdorda oqsil va suv bo’ladi. Paxta chigiti qobig’ining botanik moyliligi 0,5-0,6% atrofida bo’ladi. Paxta chigiti mag’izi moyliligi esa 34-38%ni tashkil etadi. Bundan ko’rinib turibdiki, moyli urug’larda moy asosan mag’izida bo’lar ekan. Agarda moyli urug’larni qobihi ajratilmasdan qayta ishlansa, bu xolda olinayotgan o’simlik moyi tarkibiga qobiq tarkibida bo’lgan yuqori molekulali uglevodlardan mum sifat moddalar o’tib qoladi. Bu xol olinayotgan o’simlik moyi sifatini buzilishiga va aynan kislota sonini oshishiga, moyning rang soni to’qlashishiga hamda moyning loyqalanishiga olib keladi. Ulardan tashqari qobiq ajratilmagan holda urug’lik qayta ishlansa texnologik jarayonda qo’llanilayotgan mashinalarning bir qism mahsuldorligi moyi nihoyatda kam bo’lgan, qobig’ini yanchish, presslash, ekstraksiya qilish va boshqa jarayonlar uchun sarflanadi. Umuman olganda butun bir sexning mahsuldorligi nixoyatda kam bo’lgan qobiqni yanchish, presslash, ekstraksiya qilish va boshqa jarayonlar uchun farqlanadi. Shuning uchun imkoniyat boricha maksimal ravishda qobiqni mag’izdan ajratish kerakligi e’tiborga sazovardir. Ba’zi bir moyli urug’larning qobig’ini ajratish ancha mushkul yoki texnologik nuqtai nazardan mumkin emas. Bularga raps, kanop, kunjut, ko’knori urug’lari kiradi. Kungaboqar, paxta chigiti, eryong’oq, kanakunjut va shunga o’xshash urug’larni qayta ishlashda albatta, qobig’ini mag’izidan ajratish yo’li bilan olib boriladi. Moy olish texnologiyasida bu texnologiyani bajarish urug’larni chaqish yoki kesish bilan amalga oshiriladi. Hosil bo’lgan mahsulot to’liq chaqilgan bo’lsa, chaqilma to’liq chaqilmagan moyli urug’larni esa yarim chaqilma deb ataladi. Moyli urug’larning xususiyatlari ularning mexanik qattiqligi, elastiklik va plastikligi bilan belgilanadi. Urug’larning elastik va plastik uning namligiga ham bog’liqdir. Namlik oshishi bilan urug’ qobig’ining eoastikligi kamayib, plastikligi ortadi. Shuning uchun moyli urug’ning xususiyatini hisobga olib, ularni chaqishda turli usullar qo’llaniladi. Kungaboqar urug’i o’ta mo’rt bo’lgani uchun, bu turdagi urug’lar urush usuli bilan chaqiladi. Paxta chigitiga esa diskli chaqish mashinalari qo’llaniladi. Chaqilgan mahsulot tarkibida ozgina butun urug’lar, yirik va mayda qobiq yoki shulxa, butun va oqshoq mag’iz, hamda nihoyatda maydalanib ketgan mag’iz – moyli chang bor. Chaqilgan mahsulot bir necha turdagi komponentlardan iborat bo’lganligi sababli, endi asosiy maqsad mahsulotdan to’liq ravishda mag’izni ajratib olishdir. Bu maqsadda quyidagi prinsiplardan foydalaniladi. 1. mahsulot komponentlarning turli o’lchamlarga ega bo’lganligi sababli ularni turli kattalikdagi elaklarda elash usuli. 2. mahsulot komponentlarining aerodinamik xususiyatlariga asoslanib, ularni havo seporatorlariga ajratish usuli. Paxta chigiti chaqilmasini elakli mashinalar yordamida mag’iz va qobiqda ajratiladi va tebranuvchi elakli mashina, hamda bitter seporator paxta chigiti uchun qulaydir O’simlik moylari ishlab chiqarishda maydalash – yanchish jarayoni muxim ahamiyatga ega bo’lib, moyni va uskunalarni unumdorligiga katta ta’sir ko’rsatadi. Odatda moyli urug’ni o’zi (zig’ir, raps, kanop) yoki mag’izi (kungaboqar, paxta chigiti, kanakunjut) maydalanadi hosil bo’lgan mahsulot yanchilma deyiladi. Yanchilmadan moy olishda butun urug’dan moy olishga qaraganda kam kuch sarflanadi. Mag’iz yoki urug’ni yanchishdan maqsad presslash va ekstraksiyalash jarayonida ko’proq moy olish uchun xujayralar strukturasini iloji boricha maksimal darajada buzishdir. Yanchilmani maydalanish darajasi optimal bo’lishi kerak. Agar material juda mayda bo’lsa, u zichlashib qolib, erituvchi va suvni o’tishi qiyinlashadi. Maydalash natijasida materialni strukturasi buzilib ichki yuza tashqi yuzaga aylanadi, xujayralar orasidagi to’siqlar ochiladi, bu umumiy yuzani ko’payishiga olib keladi. Maydalash jarayonida strukturani buzilishi bilan birgalikda moyni joylashishi ham o’zgaradi. Xujayra o’lchovlari parchalanib moy tutuvchi qismdan ajralib chiqqan moy zarracha yuzasini yupqa parda holida qoplaydi. Bu xolat keyingi moy olish jarayoniga ijobiy ta’sir qiladi. Sanoatda yanchish uchun asosan ezish va kesish usullaridan foydalaniladi. Bu usullarni qo’llash keng miqdorda tarqalgan besh valli yanchish mashinalari va eng oxirgi vaqtida esa SKET firmasining yanchish apparatlari FV-600 ishlatiladi. Agar yanchish mashinalarining valiklarining aylanish tezligi bir hil bo’lsa, u vaqtda mahsulotga faqat ezuvchi kuchlar ta’sir etadi. Agar tezlik bir hil bo’lib valiklarning sirtlarida ingichka ariqchalar bo’lsa bir vaqtning o’zida mahsulotga ezuvchi hamda kesuvchi kuchlar ta’sir etadi. Agar shu sharoitda valiklarning aylanish tezligi turlicha bo’lsa, bunda mahsulotga bir vaqtning o’zida ezuvchi, kesuvchi va ishqalanuvchi kuchlar ta’sir etadi. Yanchilmani qovurishdan maqsad mag’iz tarkibidagi faqatgina paxta chigiti mag’izida bo’ladigan modda gossipolni yog’ga o’tkazib shrot tarkibidagi gossipolni miqdorini kamaytirish va yog’ni chiqishini ya’ni presslarda chiqishini osonlashtrish. Yanchilmani qovurishda qasqonli qovurish qozonlaridan keng foydalaniladi. Yog’-moy sanoatida J-62A, J-63, J-68 kabi qovurish qozonlari ishlatiladi. Yuqoridagi qovurish qozonlaridan J-68 keng ishlatiladi. Shunday qilib mening texnologik sxemamda qovurish qozoni J-68dan foydalanish yaxshi samara beradi. Presslashdan maqsad qovurmani siqib yog’ini olish. Yog’-moy sonoatida MP-68, G-24, XSP-18, MP-63 kabi forpresslar va ekspeller presslari qo’llaniladi. MP-68 forpressi boshqa forpresslarga qaraganda ancha qulay va bir qator afzalliklarga ega, MP-68 forpressi ishchan, kichkina, unumdorligi yuqori. Pressga berilayotgan qovurma ham moyni yaxshi chiqishi uchun muxim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari press optimal haroratda ishlashi kerak, shunda yog’ olish bir hilda ketaveradi. Agar isigan pressga qovurma kam berilib qolinsa, kuyib ketadi va kunjara ko’mir bo’lib qoladi. Biz texnologik sxemaga MP-68 forpressini tanlab olamiz. Qora yog’ni tozalash 2 bosqichga bo’linadi. Dastlabki tozalash va so’ngi tozalash rafinasiya. Filьtrpresslash vaqtida yog’ bilan suspenziya tarozida aralashma tashkil qilgan har hil moddalardan tozalash uchun yog’ albatta suzgichdan o’tkaziladi. Qora yog’ni dastlabki tozalashda filьtrpresslardan keng foydalaniladi. Chunki filьtrpress boshqa tozalash uskunalariga qaraganda bir qator afzallik va qulayliklarga ega. Filьtrpress qurilmasi yuzasining birligiga nisbatan filьtrlashning solishtirma yuzasi ancha katta uskunaning ancha xarakatlanuvchi qismlari yo’q, ayrim plitkalarini ishlatmasdan qo’yish mumkin, filьtrlovchi yuza birligiga nisbatan yuqori ish unumdorligiga ega. Tindirish usulida ishlovchi uskunalarda mahsulot uzoq muddat eng kamida 10 yoki 12 soat davomida tinch holatda qoldirish lozim, bu esa ishlab chiqarish unumdorligini tushirib yuboriladi. Barabanli, diskli va ramali filtr-presslar ichida qora moyni birlamchi tozalashda yuqorida aytib o’tganimizdek ramali filьr-presslar keng qo’llaniladi. Shunday qilib biz texnologiyamizni amalga oshirish uchun ya’ni qora moyni birlamchi tozlashda ramali filьtr-presslarni ishlatish qo’llash yaxshi samara beradi. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda biz quyidagi texnologik sxemani tashkil etishni tanlab olamiz. Download 53.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling