Kirish Texnologik sxemani tanlash va asoslash


Download 53.9 Kb.
bet1/8
Sana22.12.2022
Hajmi53.9 Kb.
#1041728
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
пахта чигитидан бир марта преслаб ё- олиш


MUNDARIJA:



  1. Kirish………………………………………………….…..

  2. Texnologik sxemani tanlash va asoslash……………….....

  3. Ishlab chiqarishning nazariy asoslari……………………...

  4. Texnologik sxema bayoni………………………………...

  5. Xomashyo va yordamchi mahsulotlarini tavsifi………….

  6. Tayyor mahsulot tavsifi…………………………………..

  7. Mahsulotlar xisobi………………………………………..

  8. Ishlab chiqarish jarayonlari nazorati……………………..

  9. Xulosa……………………………………………………

  10. Foydalanilgan adabiyotlar……………………………….



K i r i sh
Yog’-moy korxonalarining ishlab chiqarish, jaxon bozori talablariga mos raqobatbardosh rivojlanishimizning asosiy va ustivor vazifasidir – degan edi I.A.Karimov o’z nutqlarining birida.
Moyli o’simliklarni etishtirish va ulardan moy olish odamzod taraqqiyotining qadimiy davrlariga borib taqaladi. Arxeologik hujjatlar G’arb va Sharq mamlakatlarida o’simlik moylari ishlab chiqarish va ulardan foydalanish odamzodga qadim zamonlardan buyon ma’lum ekanligini ko’rsatadi.
Ibtidoiy jamoalarning tabiatdan yig’ib olayotgan o’simlik mevalari va ovchilik bilan o’zlashtirib olayotgan hayvon va parrandalar zahirasi odamlarning iste’mol talablarini bora-bora qondiraolmay qoldi, jamoalar va tabiat o’rtasida hayot uchun kurash keskinlashdi. Bunday holat ibtidoiy jamoalarda katta iqtisodiy o’zgarishlar hosil bo’lishiga zamin yaratdi. Odamlar shu zamonlardan boshlab yovvoyi o’simlik va hayvonlarni madaniylashtira boshladi.
Misr piramidalari va ehromlari ochib ko’rilganda sopol idishlarda yog’ mahsulotlari, ayrim hollarda palьma moyi qoldiqlari va uning parchalanishidan hosil bo’lgan palьmitin kislotasi topilgan. Qadimgi misr tarixchilarning bergan ma’lumotlari bo’yicha, Nil daryosi sohillarida tola va moy olish uchun zig’ir etishtirishgan. Birinchi aniq ma’lumotlar, eramizdan oldingi III –II asrlarda, misr papiruslarida yozilgan bo’lib, Misrda zig’ir, kunjut, kanakunjut urug’laridan presslash yo’li bilan moy olinganligi to’g’risida xabarlar qoldirilgan. O’simlik moylari presslab olinganligi to’g’risida ma’lumotlar Yunoniston faylasufi Gerodot (eramizdan oldingi V asr) tomonidan ham yozib qoldirilgan.
Paxta o’simligi – g’o’zaning kelib chiqishi to’g’risida aniq ma’lumotlar yozib qoldirilmagan. Shu narsa ma’lumki, paxta qadim zamonlardan beri Hindiston, Xitoy, Misr, Shimoliy Afrika, Braziliya, Peru, Meksika mamlakatlarida, Sharqiy Osiyo orollarida va O’rta Osiyoda etishtirilgan. Paxta mahalliy o’simlik bo’lganmi, yoki biron bir sabab bilan bu yurtlarga kelib qolganmi – hechkim bilmaydi. Ko’pchilik mualliflar paxtani tub mahalliy o’simlik hisoblab, buning tasdig’iga paxta chigitining ba’zilari silliq, boshqalari tukdor ekanligini, o’simlik ko’p yillik ekanligini takidlashadi, ba’zilar esa – g’o’za bir yillik o’simlik toifasiga kirishini aytishadi. Shu bilan birgalikda och qizg’ish rangli Misr paxtasi va boshqa turdagi paxta o’simligi borligi to’g’risida ham ma’lumotlar berilgan. Paxta o’simligi turlari ko’p bo’lishligidan qat’iy nazar, ularning barchasidan hayratda qolarlik darajada o’xshash ikki xil mahsulot – paxta momig’i va chigit olinadi. Paxta momig’i asosan alьfa-sellyuloza hisoblanadi, turli chigit tarkibidagi moylar esa fizik va kimyoviy xususiyatlari bilan bir-biridan ko’p farqlanmaydigan lipidlardan iborat.
Paxta xom ashyosidan tola ajratish mashinasi – “Jin” (djin) ixtiro qilinmaguncha chigit moyli urug’ sifatida ishlatilmagan. Bu apparat paydo bo’lgunicha chigitdan tola ajratish qiyin bo’lgan. Shu sababli paxta xom ashyosini etishtirish sekin rivojlangan. Eli Vitney jin apparatining ixtirochisi hisoblanadi. U 1794 yilda jin apparati uchun patent oldi. Apparatning asosiy elementi doira shaklidagi arra bo’lib, tor tirqichdan o’tayotganda arra tishlaridan tola tirqich sirtiga o’rnatilgan moslama yordamida ilib olib qolinadi. Bu prinsip hozirgi zamonaviy jin apparatlarida ham saqlanib qolgan.
Moyli urug’lardan yog’ olish Sharqda qadimdan ma’lum bo’lsa ham uning texnologik jarayonlari yozib qoldirilmagan. Turkiston o’lkasi paxtachilik sohasida qadim zamonlardan buyon dunyoga mashhur. Iqlim, er-suv sharoitining qulayligi sababli paxtadan (o’z davri uchun) mo’l hosil olib kelingan. Dehqonlar paxtaning bir qismini shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun ip, bo’z, gazlama tayyorlashga olib qolib, ko’p qismini savdogarlarga sotganlar. O’lkada paxta tozalash korxonalari bo’lmaganligi sababli paxta, chigitdan ajratilmagan holda, chet elga chiqarilgan, faqat chigit qisman qovun urug’i, qunjut, zig’ir urug’lari va meva danaklari mag’izi bilan aralashtirilib, moyjuvozlarda moy olingan. Bunday yog’lar zig’ir moyi deb atalishiga sabab, juvozga solinayotgan moyli urug’larning kamida yarmi zig’ir urug’i bo’lgan. SHu davrlarda, faqat Farg’ona vodiysida 4300 dan ortiq moyjuvozlar bo’lgan.
Turkiston o’lkasidan paxta hosili ko’plab chetga olib ketilib, uning o’rniga tayyor gazlama keltirib sotish keng yo’lga qo’yildi. Lekin paxtani chigiti bilan tashib yurishdan foyda kamligi sababli Turkistonda birin-ketin paxta zavodlari qurila boshladi.
V.G.Gofmeysterning “O’rta Osiyoda paxta chigitining ishlatilishi” va K.A.Aleksanderning “Turkiston o’lkasining sanoat korxonalari” kitoblarida paxtamoy sanoatining payda bo’lishi va rivojlanishi to’g’risida ba’zi bir ma’lumotlar keltirilgan. Bu ma’lumotlarga ko’ra O’rta Osiyoda qadim zamonlardan beri o’simlik moyini olish “moyjuvozlarda” – moyli mahsulotni ezib, siqib olish qurilmalarida bajarilgan. Moyjuvozning idishi va o’qi maxsus sharoitda quritilgan va tarashlangan zarang daraxtidan yasalgan. Bitta moyjuvozning quvvati judayam kichik bo’lishiga qaramay, hammasini birgalikda qo’shib hisoblaganda, ishlab chiqarilayotgan moyning miqdori tub aholining o’simlik moylariga bo’lgan iste’mol talabini qondira olgan.
Qo’qondagi birinchi paxta-moy zavodini aka-uka Vad’yaevlar sotib olishdi va yangi mashinalar bilan jihozlashdi. Yangi uskunalarni o’rnatish sanoatda ishchi o’rinlarning o’sishiga olib keldi. 1904 yilda zavoddagi ishchilar soni 87 kishiga etdi, ulardan 49 nafari mahalliy millat vakillari edi. Ammo 1910 yilga kelib ishlab chiqarishda keskin tushkunlik yuz berdi, buning ustiga uskunalar ham eskirib qolgan edi. Korxona egalari, hozirgi kundagi danakli urug’lar zavodi joylashgan erda, yangi zavod qurishni rejalashtirishdi. 1910 yilning avgust oyida yangi, kattaroq quvvatga ega bo’lgan moy zavodi ishga tushirildi.
1922 yil 10 iyunda “Qovunchi” qishlog’ida Yangiyo’l moy zavodi qurilib ishga tushirildi, bu revolyusiyadan keyin O’zbekistonda qurilgan birinchi moy zavodi edi. O’sha paytda zavod sakkizta moy presslari bilan ta’minlangan edi, 1929 yilda to’qqizinchi press, 1930 yilda yana ikkita gidropress o’rnatildi. Zavodda 1936 yildan 1939 yilgacha muhim rekonstruksiya ishlari olib borilib, yana uchta press va qo’shimcha bitta qovurish qozoni ishga tushirilgan, chigit tozalash sexi kengaytirilgan. 1956 – 1960 yillar davomida, Ukrainaga ko’chirib yuborilgan qand zavodi territoriyasida, yangi moy zavodi qurildi. Yangi zavodda 14ta shnekpressli forpress sexi, ikkita ND -1250M liniyali ekstraksiya sexi, 10 ming tonna paxta chigitiga mo’ljallangan mexanizasiyalangan chigit ombori qurildi.

Download 53.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling