Kirish Texnologik sxemani tanlash va asoslash


Download 53.9 Kb.
bet4/8
Sana22.12.2022
Hajmi53.9 Kb.
#1041728
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
пахта чигитидан бир марта преслаб ё- олиш

TEXNOLOGIK SXEMA BAYONI

Farg’ona yog’ moy xissadorlik jamiyati forpress sexida yanchish uchun kelayotgan mag’iz shnek (1) noriya (2) orqali va magnitli (3) dan o’tib taqsimlovchi shnek (4) ga beriladi. So’ngra mag’iz VS-5 yanchish uskunasi (5) ga beriladi va yanchiladi. Hosil bo’lgan yanchilma shnek (6) orqali, noriya (7) yordamida taqsimlovchi shnek (8) ga kelib tushadi. U yerdan yanchilma namklik bilan ishlov berish uchun namlovchi-bug’lovchi shnek (9) ga beriladi. Namlangan mahsulot qovurish qozoni (10) ga beriladi va qovuriladi. Hosil bo’lgan qovurma moyni siqib olish uchun forpress (11) ga tushadi va moyni siqib oladi. Kunjara shnek (12) orqali ekstraksiya sexiga uzatiladi. Forpressda siqib olingan moy esa yig’uvchi shnek (13) va noriya (14) yordamida cho’kma tutgich (15) ga beriladi. Cho’kma tutgichda ajratilgan quyqa shnek (16) orqali qovurish qozoniga qaytariladi. Quyqadan tozalangan moy sovutgich (17) da sovutilib idish (18) uzatiladi. Filtrlash natijasida hosil bo’lgan cho’kma shnek (20) yordamida chiqarib yuboriladi. Filtrlangan moy esa idish (22) ga beriladi va nasos (23) yordamida keying bosqich rafinatsiyaga uzatiladi.

  1. XOM ASHYO VA YORDAMCHI MAHSULOTLAR TAVSIFI.

Paxta chigiti urug’ qobig’i – shulxa va yadrodan iborat. Urug’ qobig’i bilan yadro orasida havo qatlami bor. Shulxaning tarkibiga asosan kletchatka kiradi. Yadro sezildarli darajada moy va oqsil moddalardan iborat. Hozirgi vaqtda 20dan ortiq paxta chigiti mavjud.
Paxta chigitinmng xarakterli jixati uning yadrosidagi sariq pigmentda, ya’ni gossipolda namoyon bo’ladi. Chigitdagi gossipol miqdori chigitning o’sish sharoiti pishganligi, naviga ham bog’liq bo’ladi. Ingichka tolali paxta chigiti tarkibidagi ko’ra ko’proq bo’ladi.
Gossipol va uning va uning hamroh moddalari masalan, gossipolpurpurin paxta chigiti yadrosining tarkibida 100dan 400mmk gacha bo’ladi. Yuqorida qayd etilgan moddalarning devorlari selilozadan, pektin bilan shimdirilgan geliselilozadan tashkil topgan.
Gossipol toksin modda bo’lib, nerv tolalarini va qonni zaharlaydi. Paxta chigitida qayta ishlab chiqarilgan mahsulotlar: yog’, kunjara va shrot tarkibidagi gossipolning rangi. Toksinliligi o’zgarib boradi. Paxta chigitini qayta ishlashda yuqoridagi faktorlar o’zgarib boradi.
Yog’-moy sanoatida ishlatiladigan paxta chigiti navlarining kimyoviy tarkibi, %da quyidagicha:
Chigitda yadro tarkibi.................................................35 – 71
Shulxa tarkibi............................................................29 – 65
Moyning tarkibi:
Chigitda................................................................15,9 – 28,6
Mag’izda...............................................................34,1 – 46,8
Qobig’da...............................................................0,32 – 1,24
Protein miqdori.........................................................16,8 – 29,4
Umumiy fosfotidlar..................................................0,76 – 1,77
Mag’iz tarkibida...........................................................0,11 – 0,15
Kletchatka miqdori.......................................................12,4 – 18,7
Kul miqdori..................................................................2,3 – 4,7
Azotsiz ekstraktiv moddalar miqdori......................26,3 – 29,0 Gossipol miqdori:
Erkin...................................................................0,002 – 1,640
Bog’langan.............................................................0,08 – 0, 70
Paxta chigitida oshlovchi moddalar.............................8,5 – 9,5
Vitaminlardan riboflovin.........................................0,23 mg%
Panitelin kislota.........................................................1,1mg% Nikotin kislota.............................................................1,6mg% va boshqalar ham bo’ladi.
Texnik talablar:
1. Texnik chigit, tarkibidagi nuqsonli chigitning massaviy ulushiga qarab to’rtta sanoat naviga bo’linadi: I, II, III, IV.
I va II navlardagi texnik chigit tukdorlikning massaviy ulushiga qarab, 1,2,3 sinflarga bo’linadi.

  1. Chigit 1, 2 ko’rsatilgan talablarni qanoatlantirishi kerak.

Sanoatga kelayotgan paxta chigiti O`z DSt 596:2009 talablariga javob berishi kerak. Paxta chigitining fizik kimyoviy ko’rsatkichlari quyidagi jadvalda ko’rsatilgan
5.1-jadval


Download 53.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling