Kirish Texnologik sxemani tanlash va asoslash
ISHLAB CHIQARISHNING NAZARIY ASOSLARI
Download 53.9 Kb.
|
пахта чигитидан бир марта преслаб ё- олиш
3. ISHLAB CHIQARISHNING NAZARIY ASOSLARI.
Yog‘ - moy sanoatida 2,3,4 turdagi shnek - presslar ishlatiladi. Bu oraliq bo‘shliq - 1,25 - 1,5mm bo‘lishi kerak. Shu o‘lcham katta bo‘lsa mahsulot orqaga qaytib ketishi mumkin kichik bo‘lsa ishqalanish katta bo‘lib mahsulot kuyishiga olib keladi. Zeerli tsilindr aloxida plastinkadan qilingan bo‘ladi. Yog‘ni hammasini siqib olish uchun qovurma plastik holda bo‘lish kerak. Kovurma o‘ta kurib ketsa va uni plastikligi past bo‘lsa yog‘ nam chiqadi kunjara uqalanib ketadigan holda bo‘ladi. Agar qovurmani namligi va plastikligi ortiq bo‘lsa kunjara birikmaydigon bo‘ladi. Mezga zeer texniklaridan o‘tib ketadi. Harorat, siqishga haroratni ta’siri quyidagicha sovuq holdagi preslarda kunjara birikmaydi. Shuning uchun presslarda sovitish sistemasi o‘rnatilmagan. Tayyorlangan qovurma presslar mashinasiga berishdan oldin quyidagi texnologik parametrlarga ega bo‘lishi kerak! 1. Mahsulotning 1-davr qovurishdan so‘ng temperaturasi 80-85°S, namligi barcha moyli urugli (paxta mag‘izidan tashqari) 9-11%, paxta mag‘zi uchun 1-111 sort urug‘ navlari uchun 11,5-13,5% IV navli urug‘ uchun 13,5-15,5% bo‘lishi kerak. Bug‘langan va namlanganlik pressning imkoniyati boricha tez 15-20 sekund davomida olib borilishi kerak. Praktik jixatdan bu muddat 45-60 sek.ga teng. Qozonli qovurgichlardan kegin esa yangi qovurishning P-davridan qovurmaning temperaturasi 100-105 °S dan oshiq bo‘lmasligi lozim. Past navli uruo‘lar uchun esa bu darajadan 50-10 °S pastroq bo‘lishi kerak. Namligi esa agarda mahsulot forpresslash uchun da ekstraktsiya tayyorlangan bo‘lsa 5,5% lar atrofisiz to‘liq presslash uchun esa ishlatilayotgan presslash mashinasining turiga qarab 3-4% yoki 2,5-3 % bo‘lishi kerak. Bu holatda tayyorlangan qovurmaning temperaturasi forpresslashga tayyorlangandan ko‘ra yuqoriroq bo‘lib, 110-120 °S ni tashkil qiladi. Shu bilan birgaliqda mahsulotning tarkibidan qobiq miqdori cheklangan bo‘lib kungaboqar shunga o‘xshash urug‘lar uchun qobiqning qovurmadagi miqdorida 8-10 % dan oshmasligi, paxta chigiti mag‘izdagi shulxa esa 1-111 navlar uchun 15 % dan IV nav uchun 17 % dan ortib ketmasligi lozim. P-davr yani qovukrilishning P davr muddati o‘rtacha xisobda 50-60 min atrofida bo‘ladi. Tayyor bo‘lgan qovurma mahsulot qaysi usul bilan siqib olishdan qatiy nazar mahsulotga mexanik ravishda kerakli bo‘lgan bosim tasir qilish yo‘li bilan moy ajratib olynadi. Ma’lumki presslash mashinasining asosiy qismlari presslash vali va zeer kameralaridan iborat bo‘libbu ikkala qism oralig‘ida bo‘shliq mahsulotning kirib kelishidan toki kunjara formasiga aylanib chiqib ketguncha har bir sektorga kamayib boradi, natijada valning qabul qilish bo‘limidan zeer kamerasi 1-sektorga uzatilgan mahsulot hajmi torayishi xisobiga siqila boshlaydi. Bu paytda g’yuvurma zarralarining bir-biriga yag’shnlashuvi va yiriklashuvi olib keladi. Avvalo sirtqi yuzalar va sirt yuzasidagi g‘ovaklarga siqilib bu joyda joylashgan moy tomchilari siqib chiqarila boshlaydi. Bu xodisa asosan zeer kamerasini 1-sektor oxirlariga to‘g‘ri keladi. Mahsulot 2-sektorga o‘tganda zarrachalarning yaqinlashib jipslashuvi davom etadi. Endi mahsulotning ichki bo‘shliqlari moy ushlab turgan hajmlar hosil bo‘ladi, bosim ostida siqilib, mahsulotdagi moy ichki qavatlardan mahsulot tarkibidagi bo‘shliqlar va g‘ovaklar orqali sirtga harakat kiladi. 2-sektsiyaning oxirigacha mahsulotdagi moyning ko‘p qismi siqib chiqariladi. Mahsulot zeer kamerasining 3-sektsiyasiga o‘tganda zarrachalarning jipslashuvi davom etadi va shunday darajaga yetadiki endi to‘qimluvchan qovurmadan birikkan qattiq holatdagi kunjar hosil bo‘la boshlaydi. Yog‘ning siqib chiqarilishi esa ancha susayib uning miqdori mashinining hosil qilgan bosimiga va zarrachalarning bir-biri bilan qanchalik yaqin bo‘lib zichlanishiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Demak, 3sektsiyada siqib olinayotgan moy asosan zarrachalar orasida siqilib qolgan oz miqdordagi moy quvvatlaridan tashkil topadi va 3-sektsiyaning oxiriga borib mahsulotdan yog‘ siqib olish deyarli to‘xtaydi, lekin har qancha bosim hosil qilinmasin hosil bo‘layotgan kunjaraning o‘ziga xos g‘ovakligi va moy qaytadan adsorbtsiyalash xususiyati yo‘qolmaydi. Shu tufayli yana oz miqdorda bo‘lsa ham hosil bo‘layotgan kunjara sirtidagi adsorbtsiyalanib qolayotgan moyning bir qismini siqib olish uchun mahsulot 4sektsiyaning ichidan o‘tadi. Bu yerda eng yuqori bosim ta’siriga uchraydi. Hosil bo‘lgan kunjara kameraning oxirida uzluksiz slindrik formada chiqa boshlaydi va zeer kamerasining oxiriga o‘rnatilgan pichoqlar yordamida katta bo‘laklarga sindiriladi, shneklarga uzatiladi. Zeer kamerasida bosim oshib borishiga, hajmning qisqarilishidan tashqari valga o‘rnatilgan silindrik hamda konusli xalqalar kamerani tashkil qiluvchi kolosnikli panjaralar, yari zeer kameralar o‘rtasiga o‘rnatilgan figurali pichoqlar va nixoyat kunjara chiqayotgan joyga o‘rnatilgan konusli difragmali moslama yordam beradi. Moy esa yuqorida aniqlangandek zeer kamerasini tashkil qiluvchi kolosnikli panjaralar orasidagi tirgichlardan sizib chiqadi va bosimni 1-sektsiyadan oxirgi sektsiyaga oshishiga qarab tirqichlarning masofalari kamaytirilib boriladi. Siqib olingan moy tarkibida 2-10 % atrofida kunjaraning mayda qismlari bo‘lib uni moy tarkibidagi fuza yoki qoldiq moddalar deb ataymiz. Shu tufayli olingan moyni oqlashdan oldin albatta fuzadan tozalash lozim. Yuqori navli kungaboqar va shunga o‘xshash o‘simliklar urug‘laridan olingan forpress moyi to‘g‘ridan-to‘g‘ri filtrtashdan sung iste’mol qilinadi. Paxta chigitidan olingan qora forpress moyi iste’mol qilinishidan oldin oqlash lozim. Olinayotgan kunjara tarkibida agar forpresslash usuli bilan ishlanilsa 12-14 %agarda to‘liq presslash usuli bilan ishlansa 7-8 % moy qoladi. Kunjara tarkibidagi bu qoldiq moy kunjaraning moyliligini belgilaydi. Ushbu qoldiq moyning asosiy qismi yanchish paytida buzilimagan ultra mikroskokip kopilyarlar va globulalarn ichidagi moylardan tashkil bo‘lib boshqa bir oz qismi qovurish va presslash jarayonida hosil bo‘ladi, ikkilamchi struktura ichida qamalib qolgan moydan iboratdir. Ikkilamchi struktura esa mahsulot qovurilayotgan va presslanayotgan paytda g‘ovaklari ichida qaytadan yopiq bir hajmda qamalib qolgan moy miqdoriga aytiladi. bulardan tashqari ozgina miqdorda kunjaraning g‘ovakligi tufayli erkin yog‘ qoladi. Download 53.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling