Kirish. Yaponiyaning buxgalteriya hisobi standartlarining xususiyatlari
Download 45.17 Kb.
|
Yaponiya buxgalteriya hisobi va hisoboti 19 124 guruh Nabiyeva Madina
Yechish:
Qo’shimcha xarajatlar stavkasini hisoblash uchun quyidagilarni olish zarur: - A mahsulot bo’yicha – 2 000 dona; - B mahsulot bo’yicha – 2 000 dona; - V mahsulot bo’yicha – 6 000 dona. Ushbu holatda biz mahsulotning har bir turi bo’yicha ishlab chiqarishning rejadagi va haqiqiy darajasidan eng yuqori ko’rsatkichni oldik. U holda qo’shimcha xarajatlar stavkasi quyidagini tashkil qiladi: Qo’shimcha xarajatlar stavkasi = 300 000/10 000 = 30 sh.b. / dona. Bunda mahsulotning har bir turini ishlab chiqarish haqiqiy hajmiga doimiy xarajatlar miqdori quyidagilarni tashkil qiladi: A mahsulotning haqiqiy hajmiga doimiy qo’shimcha xarajatlar = 1 000*30 = 30 000 ming sh.b. B mahsulotning haqiqiy hajmiga doimiy qo’shimcha xarajatlar = 2 000*30 = 60 000 ming sh.b. V mahsulotning haqiqiy hajmiga doimiy qo’shimcha xarajatlar = 5 000*30 = 150 000 ming sh.b. Muayyan mahsulot tannarxiga kiritilgan jami doimiy xarajatlar 240 000 shartli birlikni tashkil qiladi. Joriy davrda tan olingan xarajatlar 60 000 shartli birlikni tashkil qiladi. 1.2. Kompaniya 100 dona tovarni qayta sotish uchun xarid qildi. Tovarning xarid qiymati 1 dona uchun 35 shartli birlikni tashkil qiladi. Bunda tovarni kompaniyaga yetkazib berish xarajatlari 1 dona uchun 5 shartli birlikni tashkil qiladi. Tovarni yetkazib berish yetkazib beruvchining hisobidan amalga oshirildi. Hisobot sanasi holatiga 20 dona tovar sotilmadi. Bunda sotilgan 80 dona tovardan 40 tasi 1 dona uchun 37 shartli birlik, 30 tasi 1 dona uchun 38 shartli birlik, 10 tasi 1 dona uchun 34 shartli birlik narx bo’yicha sotildi. Hisobot sanasi holatiga ko’ra tovarning bozor narxi 1 dona uchun 43 shartli birlikni tashkil qiladi. Tovarning hisobot sanasi holatiga ko’ra balansdagi bahosini aniqlang. Yechish: IAS 2 standartining 9-bandiga muvofiq zaxiralar quyidagi ikkita kattalikdan eng kichigi bo’yicha baholanishi shart: Tannarx; Sotilish mumkin bo„lgan sof qiymat. Ushbu holatda tovarlarni xarid qilish tannarxi 35 shartli birlikni, sotilish mumkin bo’lgan sof qiymat esa 43 shartli birlikni tashkil qiladi. Mos ravishda, zaxiralarni xarid qilish tannarxi, ya’ni 35 shartli birlik / dona narx bo’yicha baholash lozim. Bir yil mobaynida sotilgan zaxiralarning sotilish narx umuman hech qanday ahamiyatga ega emas. Download 45.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling