1.3. OT DTSning asosiy foydalanuvchilari:
- mazkur ta’lim yo’nalishi va tayyorgarlik darajasi bo’yicha fan, texnika va ijtimoiy soha yutuqlarini hisobga olgan holda asosiy ta’lim dasturlarini sifatli ishlab chiqish, samarali amalga oshirish va yangilash uchun mas’ul oliy ta’lim muassasalarining professor - o’qituvchi jamoalari;
- ta’lim yo’nalishining asosiy ta’lim dasturlarini o’zlashtirish bo’yicha o’quv-tarbiya faoliyatini samarali amalga oshiruvchi barcha xodimlari va talabalari;
- o’z vakolat doirasida bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga javob beradigan oliy ta’lim muassasalarining boshqaruv xodimlari (rektor, prorektorlar, o’quv bo’limi va dekanat);
- bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasini baholashni amalga oshiruvchi Davlat attestatsiya komissiyalari;
- oliy ta’lim muassasasini moliyalashtirishni ta’minlovchi organlar;
- oliy ta’lim tizimini akkreditatsiya va sifatini nazorat qiluvchi vakolatli Davlat organlari;
- ta’lim yo’nalishini ixtiyoriy tanlash huquqiga ega bo’lgan abiturientlar va boshqa manfaatdorlar.
3. Ta’lim yo’nalishining tavsifi
3.1 Ushbu ta’lim yo’nalishini qamrab oluvchi oliy ta’limning asosiy ta’lim dasturlari amalga oshiriladi, uni nazariy va amaliy mashg’ulotlarini to’liq o’zlashtirgan, yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o’tgan shaxsga «bakalavr» malakasi (darajasi) xamda oliy ma’lumot to’g’risidagi davlat namunasidagi rasmiy xujjat(lar) beriladi
3.2 Asosiy ta’lim dasturining me’yoriy muddati va mos malaka(daraja)si 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval
Asosiy ta’lim dasturining muddati va bitiruvchilarning malakasi
Do'stlaringiz bilan baham: |