Kirish. “Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi” yo’nalishining umumiy tavsifi-2 soat reja


b) kasbiy kompetentsiyalar, jumladan


Download 200.5 Kb.
bet7/10
Sana16.06.2023
Hajmi200.5 Kb.
#1497102
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-mavzu (2)

b) kasbiy kompetentsiyalar, jumladan:
Umumkasbiy kompetentsiyalar:

  • kasbiy faoliyatda erusti transport vositalari va texnologik jihozlarining parametrlari va xarakteristikalarini hisoblashning zamonaviy metodlarini qo’llash qobiliyatiga ega bo’lishi;

  • kasbiy faoliyatda erusti transport vositalari va texnologik jihozlarini ekspluatatsiyasi va ularga texnik xizmat ko’rsatish, ta’mirlashning zamonaviy metodlarini qo’llash qobiliyatiga ega bo’lishi;

  • erusti transport vositalari va texnologik jihozlarining ishchi jarayonlarini modellash va tahlil qilishda hamda ularni hisoblashda zamonaviy hisoblash vositalaridan foydalanish qobiliyatiga ega bo’lishi;

  • erusti transport vositalari, ularning agregat, mexanizmlari hamda texnologik jihozlari ishini tahlil qilish qobiliyatiga ega bo’lishi;

  • erusti transport vositalari va texnologik jihozlarini sinash va diagnostika qilish hamda ularni ishlatish qobiliyatiga ega bo’lishi;

  • bajarilayotgan tadqiqotlar mavzusi bo’yicha faoliyatning ishlab chiqarish va texnologik masalalarini fan va texnikaning zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda kasbiy echish qobiliyatiga ega bo’lishi;

  • inson sog’ligini va uning ishchanlik qobiliyatini saqlash bo’yicha hamda mehnat jarayonida xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha metodika va tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish qobiliyatiga ega bo’lishi;

  • ishlab chiqarishda mehnat xavfsizligi bo’yicha mutaxassislarga qo’yiladigan talablarni ishlab chiqish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak.

Ilmiy-tadqiqot faoliyatida:

  • berilgan dasturlar bo’yicha erusti transport vositalari va texnologik jihozlarining ishchi jarayonlarni tadqiqot qilish; mahsulot sifati va uni sertifikatsiya qilishni ta’minlash jarayonlarini tahlil qilish, sintez qilish va optimallashtirish metodlarini qo’llash;

  • erusti transport vositalari va texnologik jihozlarida kechadigan fizik jarayonlarning matematik modellarini ishlab chiqish;

  • erusti transport vositalari va texnologik jihozlarining muhandislik hisoblarining algoritmlari va matematik ta’minotini ishlab chiqish qobiliyatiga ega bo’lishi;

  • Internet tarmog’ida eng yangi ilmiy, konstruktorlik, texnologik va ekspluatatsion yutuqlar haqidagi ma’lumotlarni maqsadga yo’nalgan holda qidirish va topish qobiliyatiga ega bo’lishi;

  • ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish jamoasi tarkibida (tayyorlanganlik profiliga mos ravishda) kasbiy faoliyat masalalarini echish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak.

Loyihaviy-konstruktorlik faoliyatda:
- erusti transport tizimlari (avtomobil transporti) qismlari va detallari va yig’ma birliklarining loyihasini tizimiy yondoshuv asosida avtomatlashtirilgan ravishda ishlab chiqish qobiliyatiga ega bo’lishi;

  • bajarilayotgan tajriba-konstruktorlik va amaliy ishlar mavzusi bo’yicha matematik, informatsion va imitatsion modellarni ishlab chiqish va tadqiqot qilish qobiliyatiga ega bo’lishi;

  • loyihaviy va dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish qobiliyatiga ega bo’lishi;

  • erusti transport vostialari va jihozlari ishchi parametrlari va ishlash qobiliyatini aniqlash bo’yicha sinovlarni o’tkazish qobiliyatiga ega bo’lishi;

  • amaliyotda axborot texnologiyalarining xalqaro va kasbiy standartlarini, zamonaviy paradigma va metodologiyalarni, instrumental va hisoblash vositalarini tayyorgarlik ixtisosligiga mos ravishda qo’llash qobiliyatiga ega bo’lishi kerak.

Yig’ish-sozlash ishlarida:
- erusti transport vositalari va texnologik jihozlari hamda ularning tizimlarini yig’ish, ishga tushirish bo’yicha ishlarni rejalashtirish va bajarish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak.
Ekspluatatsiya va servisda:
- erusti transport vositalari va texnologik jihozlarini ekspluatatsiyasi, ularga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlashni tashkil etish qobiliyatiga ega bo’lishi;

  • erusti transport vositalari va texnologik jihozlariga texnik xizmat ko’rsatish namunaviy texnologik jarayonlarini ishlab chiqish va qo’llash qobiliyatiga ega bo’lishi;

  • erusti transport vositalari va texnologik jihozlarini sinash va diagnostika qilish hamda ularni ishlatish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak.

Ishlab chiqarish-texnologik faoliyatda:
- namunaviy texnologik jarayonlarni ishlab chiqish va ularni qo’llash qobiliyatiga ega bo’lishi;

  • ilmiy va amaliy faoliyatda avtomatlashtirilgan tizimlarning instrumental vositalari va muhitlarini rivojlantirish va ularning ekspluatatsiyasi qobiliyatiga ega bo’lishi;

  • kasbiy etika kodeksiga rioya qilish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak.

Tashkiliy-boshqaruv faoliyatda:

  • ishlab chiqarish faoliyati sifatini boshqarish jarayonlarini ishlab chiqish va tadbiq qilish qobiliyatiga ega bo’lishi;

  • ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan ishlab chiqarish jarayonlari va resurslarini rejalashtirish qobiliyatiga ega bo’lishi;

  • axborot texnologiyalar tizimini yaratish va ularning ekspluatatsiyasi bilan bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish jarayonlari monitoringi va sifatini baholash metodlari va mexanizmlarini ishlab chiqish qobiliyatiga ega bo’lishi;

  • atrof-muhitni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi talablariga mos kelishi borasida ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish qobiliyatiga ega bo’lishi;

  • muhandislik va konstruktorlik echimlarini amaliyotga tadbiq qilish qobiliyatiga ega bo’lishi;

  • ishlab chiqarish jarayonida sifatni boshqarish qobiliyatiga ega bo’lishi;

  • ijrochilar jamoasi ishini tashkil qilish qobiliyatiga ega bo’lishi;

  • fikrlar har xil bo’lgan sharoitda boshqaruv qarorini qabul qilish qobiliyatiga ega bo’lishi;

  • birlamchi konstruktorlik, texnologik yoki ishlab chiqarish zveno ishini tashkil qilish va uni boshqarish qobiliyatiga ega bo’lishi;

  • bajarilayotgan ish rejasini tuzish va bu ishni nazorat qilish, ishni bajarish uchun zarur bo’lgan resurslarni rejalashtirish, o’z ishining natijalarini baholash qobiliyatiga ega bo’lishi;

  • ishlab chiqarish jarayonlarining atrof-muhitni va mehnat xavfsizligini nazorat qilish tizimi talablariga mosligini monitoring qilish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak.

O’MKHT tizimida pedagogik faoliyatda:

  • O’MKHT tizimining mos ta’lim muassasalarida tayyorgarlik yo’nalishida nazarda tutilgan o’quv fanlari bo’yicha nazariy mashg’ulotlarni o’tkazish qobiliyatiga ega bo’lishi;

  • O’MKHT tizimining mos ta’lim muassasalarida tayyorgarlik yo’nalishida nazarda tutilgan o’quv fanlari bo’yicha amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini, jumladan o’quv ustaxonalarida, o’tkazish qobiliyatiga ega bo’lishi;

  • zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanib nostandart o’quv mashg’ulotlarini ishlab chiqish va o’tkazish qobiliyatiga ega bo’lishi;

  • o’qitilayotgan fanlar bo’yicha darslarni o’tkazish uchun zarur bo’lgan o’quv-metodik hujjatlarni shakllantirish va tuzish qobiliyatiga ega bo’lishi;

  • o’qitilayotgan fan bo’yicha mashg’ulotlarni o’tkazish uchun o’qitishning texnik vositalarini ishlab chiqish va ularning ekspluatatsiyasi qobiliyatiga ega bo’lishi;

  • mustaqil ta’lim va ijodiy qidiruv natijasida o’qitilayotgan fan hamda pedagogik faoliyat sohasidagi metodlar, vositalar va shakllar tizimida o’z-o’zini muntazam takomillashtirib borish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak.


Download 200.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling