Kirish. “Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi” yo’nalishining umumiy tavsifi-2 soat reja
Download 200.5 Kb.
|
1-mavzu (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekspluatatsion-texnologik amaliyot
Ishlab chiqarish amaliyoti:Talabalar amaliyot o’tish davrida institutda olayotgan nazariy bilimlarini avtotransport vositalarini ishlab chiqaruvchi zavodlar, avtoekspluatatsion korxonalar va kompaniyalarida amaliy jihatdan chuqurlashtirish va kelgusida mutaxassislik fanlarini o’rganish uchun soha bo’yicha dunyoqarashlarini kengaytiradilar. Avtotransport tarmog’i korxonalari va kompaniyalarining ekspluatatsion, texnik, harakat xavfsizligi va boshqa bo’limlari hamda avtomobillarga yonilg’i-moy qo’yish shaxobchalarining ishlashi bo’yicha ko’nikmalarni egallaydilar. Ekspluatatsion-texnologik amaliyot:Talabalar amaliyot o’tish davrida avtoekspluatatsion korxonalar va kompaniyalarda avtotransport vositalariga texnik xizmat ko’rsatish, joriy ta’mirlash ishlarini bajarish texnologiyasi, ularni tashkil qilish hamda yonilg’i-moy mahsulotlari turlari, sarflash va sifat me’yorlari, ularni tashish va tarqatishni tashkil etishni o’rganadilar. Korxonaning boshqaruvi, tashkiliy tarkibi, ekspluatatsiya va harakat xavfsizligi bo’limlarining tuzilishi va vazifalari, tashiladigan yuklar, ularning hajmi, transport ishi va bir yoki bir necha marshrut bo’yicha yo’lovchilar oqimini o’rganish bo’yicha ko’nikmalarni egalaydilar. Bitiruv-malakaviy ish (loyihasi) oldi amaliyoti: Bitiruvchini bevosita standart talablariga muvofiq mustaqil ishlashga tayyorlash; o’zlashtirgan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish va mustahkamlash; jamoada tashkilotchilik va tarbiyaviy ishlar olib borish bo’yicha tajriba hosil qilish; ekspluatatsion korxona bo’limlarida amaliy ko’nikmalarini egallash hamda bitiruv malakaviy ishini bajarish uchun materiallarni to’plash. 6.5.6. Bitiruv malakaviy ish (loyihasi) Bitiruv malakaviy ish(loyiha)lar mavzui ta’lim muassasasining bitiruvchilarini chiqaruvchi kafedralari tomonidan kadrlar buyurtmachilarining talablarini, shuningdek zamonaviy fan, texnika, texnologiyalar yutuqlarini hisobga olgan holda belgilanadi. Bitiruv malakaviy ish(loyiha)larining mavzui texnologik, ekspluatatsion yoki ilmiy-tadqiqot yo’nalishida bo’lishi mumkin. Talabaga bitiruv malakaviy ishi(loyiha) topshirig’i, odatda, u uchinchi kursni tugatgandan so’ng beriladi. Ish (loyiha) to’rtinchi kurs davomida, shuningdek, mazkur standartda bajarish uchun ajratilgan vaqt mobaynida bajariladi. Download 200.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling