Kiyimni konstruksiyalash va modellashtirishning asosiy metodlari
Download 0.87 Mb.
|
kiyimlarni konstruksiyalash va modellashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Apash yoqa
- Pidjak tipidagi yoqa.
Tik yoqa. Gorizontal to’g’ri chiziq o’tkazib unda AV kesmasi o’lchab qo’yiladi. AV=BkA+1.
Ava V nuqtalardan perpendikulyar o’tkaziladi. Bu chiziqlarda yoqaning istalgan kengligi o’lchanadi. AD=VS=3,5÷8 sm D va S nuqtalar to’g’ri chiziq bilan birlashtiriladi. V nuqtadan VS chiziq bo’ylab 1,5 sm o’lchab, S1 nuqta qo’yiladi. A nuqtadan gorizontal bo’ylab AA1=13BnA÷0,5 o’lchab qo’yiladi. A1 va S1 nuqtalar tekis chiziq bilan birlashtiriladi. AA1S1chizig’i tik yoqa ko’tarma qirqimining chizig’i. S1 nuqtadan A1S1 chizig’iga perpendikulyar o’tkaziladida, unda yoqaning istalgan kengligini o’lchab, V nuqta qo’yiladi. D va V1 nuqtalar tekis chiziq bilan birlashtiriladi. Yoqaning old tomon kengligi V1S1 va yoqa uchlarining A1v chizig’iga ogish burchagi fasonga binoan har xil bo’ladi. To’qilmasi yuqorigacha bo’lgan kiyimlarning ko’tarmali qaytarma yoqasi.Bunday yoqa o’rtasida ko’tarmasi bor bo’lib, bu ko’tarma yoqa uchi tomon kamayib, yo’q bo’lib ketadi. Uchi O nuqtada bo’lgan to’g’ri burchak tuziladi. Yoqa ko’tarilishining balandligi –OV3 dan 12 sm gacha bo’ladi. Yoqaning ko’tarilish balandligi 1ka o’rtasidagi ko’tarmaning balandligi VV1 belgilaydi. Ovning miqdori qancha kam bo’lsa, ko’tarma shunchalik baland bo’ladi. Yoqa ko’tarmasining balandligi VV1 o’rta hisobda 2 dan 3,5 sm gacha bo’ladi. Yoqa qaytarmasining kengligi- V1 V2 modelga bog’liq bo’lib, 7 dan 14 smgacha bo’ladi. Yoqani yoqa o’miziga o’tkazish chizig’ining uzunligi Va yoy bo’ylab aniqlanadi. Buning uchun ort bo’lak yoqa o’miz uzunligi AA4 va old bo’lak yoqa o’miz uzunlgi A6A7 sm li lentaning qirrasini qo’yib o’lchanadi. V nuqtadan AA4 ÷ A6A7 ga teng radius bilan gorizontalga bo’lgi qo’yib, A nuqta hosil qilinadi. V va A nuqtalar to’g’ri chiziq bilan birlashtiriladi. Bu chiziq o’rtasida 1 dan 3 sm ga teng egiklik 1-2 hosil qilinadi. Bu egiklikning miqdori yoqa o’tqazma chizig’ining shakliga ta’sir qiladi. Egiklik qancha kam bo’lsa, yoqa o’tqazma chizig’i shunchalik to’g’ri bo’lib, yoqa bo’yinga yopishib turadi va, aksincha, egiklik 1-2 ko’proq bo’lsa, yoqa bo’yinga yopishmay qochib turdi va yoqa o’miz uzunligi bo’ylab tekis joylanadi. Yoqa qaytarmai bilan yoqa uchlarining shakli modelga binoan chiziladi. Yoqa uchining shaklini chizish uchun VA chizig’iga o’tkazilgan AA1 perpendikulyar taxminiy ariyentir bo’ladi. Yoqa kengligi AA1 va yoqa uchi A1A2 xoxishiga qarab olinadi va u yoqa uchi hamda qaytarmasi puktir chiziq bilan ko’rsatiladi. Apash yoqaAyollar kiyimining ko’pchiligida ko’ylaklarda, bluzkalarda, kostyumlarda va boshqalarda apash tipidagi yoqa ko’p uchraydi. Yoqa old bo’lak konstruksiya asosining chizmasida A7 nuqtasidan boshlab tuziladi. Yoqa o’miz o’yig’ining chuqurligi A7G’6 modelga binoan belgilanadi. Tipavoy yechimda A7G’6=14 sm bo’ladi. Lekin bu miqdor 14 sm dan ortiq bo’lshii ham mumkin. G’6 nuqta va yoqa o’mizining yuqori nuqtasi A6 to’g’ri chiziq bilan birlashtiriladida, bu chiziq old bo’lak yoqa o’miz uzunligi AA4 ga teng bo’lgan A6A’6 miqdorda uzaytiriladi. A6G’6 chizig’i yoqani bukush chizig’i A6A’6 chizig’iga perpendikulyar chiziq o’tkazib unga A62=7 sm o’lchab qo’yiladi. Yoqa uchlarini va tipavoy shakldagi qaytarma chizig’ini tuzish uchun A7 nuqtadan gorizontal chiziq o’tkaziladi. Bu chiziqda A73=5 sm o’lchab qo’yiladi. 3 va 1 nuqtalar to’g’ri chiziq bilan birlashtiriladi. Bu chiziq davomida 1-2=0,8 sm o’lchab qo’yiladi. Hamda 2 va A’6 nuqtalar tekis egri chiziq bilan birlashtiriladi. Bu yoqaning 3-1 chizig’idagi o’rtasi bo’ladi. 3-1 chiziqdagi 3 nuqtadan 3-4=1,5 sm bo’lak o’lchab qo’yiladi. Yoqa qaytarmasining 1-4 chiziq markazidagi egiklik 0,5 sm bo’ladi. Yoqa qaytarma chizig’i tekis egri chiziq bilan chiziladi. A73 gorizontalni ikkiga bo’lib, nuqta 5 hosil qilinadi. 4,5 va G’6 nuqtalarni birlashtirib, yoqa uchi bilan bort chizig’ining shakli chizib olinadi. Apash yoqa konstruksiyasini tuzishda A7G’6, A75, A73, A’61 bo’laklarning katta kichikligi o’zgarib turishi va modelga binoan istalgancha olinishini yodda to’tish kerak. Fasonga binoan yoqa o’miz o’yig’i kattalashtirilgan sayin A7 nuqtaning holatini vertikal bo’ylab suriladi. 6 6 Ustki apash yoqa G’6 A6 A’6 2 4 5 G’ kontur bo’ylab, ostki yoqa 5 A7 A’6 A’ 2 4 5 kontur bo’ylab bichiladi. G! 6A57 joyi old bo’lak bilan birga yaxlit bichiladi. Ustki yoqa ostki yoqa konturidan yoqa qaytarmasi, yoqa uchi va bort bo’ylab 0,3 sm ortikroq bo’lishi kerak. Pidjak tipidagi yoqa.Bunday tipdagi yoqalar erkaklar komtyumiga o’xshash ayollar kostyumida ham, shuningdek ko’ylaklarda va bluzkalarda ham keng tarqalgan. Pidjak tipidagi yoqalarning konstruktiv jihatdan tuzilishi biroz murakkabroq bo’ladi. Yoqa chizmasi old bo’lak konstruksiyasi asosida tuziladi. Oldin bortning qaytariladigan chizig’i belgilab olinadi. Buning uchun bort kengligi va yuqori petlya o’rni aniqlanadi. Bortning qaytarma chizig’ining boshlanishi L nuqta yuqori petlyadan 1,5-2 sm balanda bo’ladi. Yoqa o’mizining yuqori nuqtasi A6 dan yelka qirqimining davomida yoqa qaytarmasining kengligi A6 V o’lchanadi: A6 V = 2÷3 sm. VV1 = AA4 bo’lak o’lchab qo’yiladi, bunda AA4 ort bo’lak yoqa o’mizi bo’lib, u L va V nuqtalarni to’g’ri chiziq bilan birlashtirib, davomiga ni ort bo’lak chizmasiga santimetrli lentani qirrasi bilan qo’yib AA4 chiziq bo’ylab o’lchanadi. LV chizig’ining old bo’lak yoqa o’miz chizig’i bilan kesishgan joyi F harfi qo’yib belgilanadi. F nuqtadagn FV1 radiusli yoy o’tkaziladi. Bu yoyda yoqa qaytarmasining kengligiga ta’sir etuvchi V1 V2 bo’lagining katta-kichikligi gavdaning qomat- rasoliga bog’liq bo’ladi. Masalan, to’pa –to’g’ri kekkaygan gavda uchun u 5 sm, normal tipovoy gavda uchun 6 sm, bukchaygan gavda uchun 7 sm bo’ladi. V va V2 nuqtalar to’g’ri chiziq bilan birlashtiriladi. V2 nuqtadan shu to’g’ri 2 chiziqka perpendikulyar o’tkazib, unda yoqaning ko’tarma kengligi V! V3 = 2÷3 2 sm va qaytarma kengligi V! V2 o’lchab qo’yiladi. Yoqa qaytarmasining kengligi fasonga binoan belgilanadi. Keyin yoqa qaytarmasining chizig’i V4 V5 yoqa uchlari 7 7 V 5 burchagining chizig’i V4 V5 A1 va adip qaytarmasining chizig’i A! ! L modelga 7 binoan chizib olinadi. A! nuqtaning holati ham ixtiyoriy belgilanadi. Yoqa 7 o’mizining o’yilishi A7A» fasonga bog’liq bo’ladi. Yassi yoqalar va fantazii yoqalar. Yassi (ko’tarmasi yo’q) yoqalar bo’yinga emas, yelkaga yopishib turadi. Bu yoqalarning yoqa o’miziga o’tkaziladigan chizig’i yoqa o’miz o’yig’ining chizig’iga mos keladi. Va uch xil tipdagi yassi yoqalar ko’rsatilgan : a) motroska tipidagi yoqa, b) o’zbekcha ko’ylakdagi shol yoqa, v) bo’yinga salgina yopishib turadigan uzun yassi yoqa. Har qanday shakldagi yassi yoqa konstruksiyasini hosil qilish uchun ort bo’lak bilan oldindan ko’krak vitachkasi ko’chirilgan old bo’lak andazalarini yelka qirqimlar bo’ylab birlashtiriladi. Yoqa fasoniga binoan yoqa o’miz o’yig’ining chizig’i belgilanadi. Motroscha yoqa qaytarmasining chizig’i uzluksiz chiziq bilan ko’rsatilgan. Yoqaning ort tomonidagi kengligi, yelka qirqimlar bo’ylab kengligi istalgancha ixtiyoriy belgilanadi. Shol yoqalarda va uzaytirilgan yoqalarda kichkinagina ko’tarma qilish mumkin. Bunda yoqaning tashqi ko’rinishi yaxshiroq bo’ladi. Masalan, o’zbekcha ko’ylakka shol yoqa qilish uchun old va ort bo’lak koketkalarining detallarini bir-biriga to’g’rilab, old va ort bo’laklar yoqa o’mizlarining yuqori nuqtasini ustma-ust keltirishigina kifoya bo’ladi. Ort bo’lak yelka qirqimi old bo’lak yelka qirqimidan yeng o’miz qirqimi bo’ylab 2÷4 sm o’tib turishi kerak. Yoqa o’miz o’yig’idan boshlab, ort bo’lak o’rta chizig’i bo’ylab yoqaning istalgan kengligiga kichkina ko’tarma balandligi uchun ya’na 1,5 sm qo’shib o’lchab qo’yiladi. Agar yoqani bo’yniga ko’proq yopishib turadigan qilmoqchi bo’lsa, bunda yoqaning ko’tarma qirqimi bir oz to’g’riroq qilinadi. Buning uchun yoqani bo’laklarga kesib, ularni soat millariga qarshi yo’nalishda burib, yoqaning asosiy bo’lagi ustiga 2-bo’lagi 1-bo’lagi ustiga, 3-bo’lagi 2-bo’lak ustiga va hakozo o’tadigan qilib suriladi. Yoqa bo’laklarning qanchaga surilishi yoqa yaxshi turadigan bo’lguncha ixtiyoriy davom etadi..Yoqa konstruksiyasi bunday hal etilganda yoqa ko’tarmasi kengayadi, shuning uchun yoqa qaytarma chizig’i aniqlanishikerak bo’ladi.Hosil qilingan yoqa shaklini maketlik xom surp gazlama parchasida tekshirib ko’rilsa yomon bo’lmaydi. Shunday yo’l bilan olinishi mumkin bo’lgan o’zbekcha ko’ylak yoqa shaklining variantlari turli chiziqlar bilan berilgan. Uchli yoqa ham shunday yo’l bilan hosil qilingan. Fantazii yoqa yassi yoqa chizmasining asosida hosil qilinadi. Buning uchun fasonga binoan yoqa o’miz o’yig’i o’zgartiriladi-da yoqani yoqa o’miziga o’tkazish chizig’i hosil qilinadi. Yoqa qaytarmasi chizg’ning shakli modelga binoan chiziladi. Yoqani o’mizga har xil usulda tikish mumkin. Quyidagi usul eng ko’p qo’llashadi, yoqa o’mizidan pastga,oldingi o’rta chiziq bo’yicha gazlama 0,5g’1 sm chuqurlikda kertiladi; bort osti (ilgak haqini ko’rsatib turgan chiziq bo’yicha) kiyimning o’ng tomonga qayirib qo’yiladi, so’ngra bort ostining bukilgan joyi (taxi)dan oldingi o’rta chiziqqacha mashinada tikib chiqiladi, bort osti teskarisiga qayirib qo’yiladi. Bortning cheti sirma qaviq solib tikiladi, so’ngra yoqaning bir kavati o’mizga ko’klab chiqiladi, keyin bir tomondagi kertikkacha mashinada tikiladi; yoqa osti qatlamining qirqilgan cheti ostiga 0,5-1 sm qayriladi (bukiladi) va o’mizdagi baxya iplaridan ilib olib, ko’rinmaydigan qaviq soldirib tikiladi. Yoqani qiya adip solib tikish usuli quyidagicha; yoqaning o’rta chizig’i o’mizning o’rta chizig’iga to’g’ri keltirilgan, yoqa o’miziga ko’k solib tikiladi; bunda yoqaning uchlari tikish chizig’i bo’yicha kiyimning oldingi o’rta chizig’iga to’g’ri kelib turishi, bort osti ilgak chizig’i bo’yicha teskarisiga qayrilishi (buqilishi) lozim. Shundan keyin tayyor qiya adip o’mizga tepchib qo’yiladi, uning uzunligi aylanasi uzunligiga teng bo’lishi lozim. So’ngra yoqa o’mizi va adip juftlashtirilib, ustidan mashinada baxyalab tikiladi, tepchib qo’yilgan ip sugurib tashlanadi, adip va bort osti kiyimning teskarisiga qayirib bukiladi va baxya chizig’i bo’yicha hamda adip chetidan sirmalab tikiladi. Adip ko’rinmaydigan qaviq solib tiqilishi lozim. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling