Kiyimni konstruksiyalash va modellashtirishning asosiy metodlari


Bo’yinga yopishib turadigan qaytarma yoqa


Download 0.87 Mb.
bet10/11
Sana29.12.2022
Hajmi0.87 Mb.
#1072360
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kiyimlarni konstruksiyalash va modellashtirish

Bo’yinga yopishib turadigan qaytarma yoqa


V4

A6

Buklangan qaytmali


V4



Buklangan qaytarmali yoqalar.





Buklangan qaytmali yoqalar


V2



Apash tipidagi yoqa


Ayollar ko’ylagining yoqalari konstruktiv jixatdan qaytarma yoqa, shal yoqa, tik yoqa va matroscha yoqalarga ajratiladi. Gazlama to’riga qarab ularga qayirma qo’yiladi yoki qo’yilmaydi. Yoqa o’miziga ulanish usuliga qarab o’tqazma va yaxlit bichilgan (old bo’lak bilan va adip bilan) bo’lishi mumkin.
Yoqa tayyorlash 2 bosqichdan iborat:
1. Yoqa tayyorlash;
Yoqani yoqa o’miziga o’tqazish.
Yoqalar ustki va ostki qismi alohida bichilgan, yalang qavat va olib qo’yiladigan bezak yoqalar to’rlariga bo’linadi.
Erkaklar va o’g’il bolalar ko’ylagining ustki va ostki yoqasi orasiga qo’shimcha qatlam qo’yiladi. Yanada qattiqroq bo’lishi uchun yana bir qavat qo’shimcha qatlam yopishtiriladi. Keyingi qo’shimcha qatlamning chetlari yoqaning agdarma chokiga kushib tikilmasligi kerak, Yoqalarning qaytarma qismi bilan ustki va ostki qismi alohida bichilgan, yalang qavat va olib qo’yiladigan bezak yoqalar to’rlariga bo’linadi. Ko’tarma qismi alohida yoki yaxlit bichiladi.
Ustki va ostki qismi alohida bichilgan yoqani tikish.

Ustki va ostki yoqa alohida bichilgan bo’lsa ularni o’ngini ichkariga qaratib qo’yib, yoqa burchaklarida ustki yoqadan 0,4 sm. solqi xosil qilib - 0,5 sm. kenglikdagi agdarma chok bilan tikiladi. Yoqa burchaklaridagi chok haqi chokka 2 mm. yetkazmay qirqiladi, o’ngiga agdarib, ustki yoqadan 0,2 sm. kant xosil qilib ko’klanadi, dazmollanadi va yoqachetlariga bezak baxyaqator yurgiziladi.
Qaytarma va ko’tarma qismi alohida bichilgan yoqani tikish

Yoqaning qaytarma qismi bilan ko’tarma qismi alohida bichilganda, tayyor yoqa qaytarmasini yoqa ko’tarmasi 2 qismi orasiga to’grilab qo’yiladi va o’tkazilib ayni vaqtda ko’tarmaning yon chetlari agdarma chok bilan tikiladi. Ko’tarma o’ngiga agdarilib, ostki ko’tarma yoqa o’miziga o’tkaziladi, ustki ko’tarmaning pastki qismi ostki ko’tarma o’tkazilgan chokni yopib, buklangan ziydan 0,1 sm. naridan bostirib, ko’tarmaning yuqori cheti ham tikiladi.
Qaytarma va ko’tarma qismi yaxlit bichilgan yoqani tikish.

Qaytarmasi bilan ko’tarmasi yaxlit bichilgan yoqa agdarma chok bilan tikib olgandan keyin qo’shimcha qatlamga yoqa qaytarmasining ko’tarmaga ogish chizigi bo’ylab, yoqa uchlariga 3- 4 sm yetmaydigan qilib elimlab qo’yiladi. Ustki yoqa qo’shimcha qatlam bilan birga yoqa o’miziga o’tkaziladi. Ostki yoqaning 0,1 sm oraliqda bostirib tikiladi va yoqa tayyor bo’lgandan keyin qaytarmaning ko’tarmaga o’tish chizig’I bo’ylab baxyaqator yurgiziladi
Adip qaytarmali yoqani tikish.

Adip qaytarmali yoqani o’tkazayotganda, adip bilan old bo’lak o’ngi ichkariga qaratilib juftlanadi va ular orasiga yoqani o’ngini, o’ngigaga qaratilib, adip tomondan yelka chokigacha tikilishi bilan birga bort ham ag’darma chok bilan Germaniya "Tekstima" firmasining 8332 kl mashinasida tikiladi. Ustki yoqaning chok haqi kertilib, qaytarib qo’yiladi va ostki yoqa ort
bo’lak o’miziga o’tkaziladi. Ustki yoqa qirqim tomonga buqilib, ort bo’lak yoqa o’miziga bostirib tikiladi
Taqilmasi yoqagacha yetgan ko’y lak yoqasini tikish.

Taqilmasi yoqagacha yetgan ko’ylak yoqasini o’tqazishda ostki yoqa asosiy detal bilan ung tomonlari ichkariga qaratilib juftlanadi va qirqimlari tekislanib, kertimlari to’g’ri keltirilib, ostki yoqa tomonidan 0,7-1 sm. kenglikdagi chok bilan o’tkaziladi. Ustki yoqaning qirqim tomondagi cheti ichkariga buqilib, ostki yoqa o’tqazilgan chokni yopadigan qilib, bostirib tikiladi
Yalang qavat yoqalarni tikish.

Yalang qavat yoqalarni to’rlicha tikish mumkin. Ularning yon va qaytarma qirqimlariga to’r qo’yib, siniq baxyaqator mashinada qo’yma chok bilan, magiz chok bilan yoki yoqa qirqimlarini teskariga bukib, bostirib tikish mumkin
Olib qo’yiladigan bezak yoqalarni tikish.

Bunday yoqalarning ko’tarma qismining qirqimi yo’rmalanadi yoki to’rtala tomoni tikiladi, shu ochikq joydan o’ngi-ga ag’dariladi va ochiq joyi chok qirqimlari ichkari tomonga bukilib, ziylaridan 0,1-0,2 sm. oraliqda tikiladi .Yoqaning ko’tarma qirqimiga magiz qo’yib tikish xam mumkin Yoqasiz kiyimlarning yoqa o’mizini tikish. Yoqasiz buyumda yoqa o’mizi qirqimlarini shu yoqa o’mizi shaklida bichib yoki qiya (tanda ipiga nisbatan 45° S burchak ostida) bichib olingan magiz yoki beyka bilan agdarma chok solib,

1-rasm
kant hosil qilib tikish mumkin. Avval magiz pastki cheti 0,7 sm bukiladi va ustki yoqa o’tkazilgan chokni yopadigan qilib, bukilgan ziydan bo’laklari biriktirib

tikiladi, chok haqi yorib dazmollanadi, keyin asosiy detal o’ng tomonga o’ngini pastga qilib tugrilanadi va agdarma chok bilan tikiladi. Chok magiz tomonga buqilib, magizning o’ngidan agdarma chokdan 0,1-0,3 sm oraliqda bostirib tikiladi. Keyin magiz buyumning teskari tomoniga qaytarilib, 0,1-0,2 sm kenglikda kant hosil qilib dazmollanadi. Magizning ichki qirqimlari buklab tikilgan), yoki maxsus mashinada yurmalangan bo’ladi,. Keyin asosiy detalga 7-8 sm oraliqda yashirin qaviq bilan qo’lda chatiladi yoki maxsus mashinada tikib qo’yiladi.
Qalin gazlamalardan tikilgan kiyimning yoqa o’mizini magizli chok bilan va ikki ignali mashinada beyka qo’yib tikish mumkin. 2 - rasm




KO’YLAKLAR YENGLARINI TIKISH VA O’TKAZISH.

Ko’ylaklar bichimi yeng konstruksiyasi tuzilishiga va yeng o’mizining o’yilishiga qarab o’tqazma yengli, reglan yengli, ort va old bo’laklari bilan yaxlit bichilgan yengli bo’lishi mumkin. Yenglar tor, keng, yeng uchi ulanma, qaytarma manjetli, manjetsiz, terib burma hosil qilingan, taqilmali, uzun, kalta bo’lishi mumkin. Ular bir, ikki va uch chokli bo’ladi. Bir choklining choki ostki tomonda, ikki choklining yeng oldi va tirsak chokli yoki ustki o’rta chok va ostki chokli bo’ladi.


Bukib tikiladigan yeng uchlari andaza yordamida bo’rlanadi. Yeng uchining qirqimi teskariga 0,7-1 sm buqilib va bukish chizigi bo’ylab yana bukib 0,1-0,2 sm kenglikda bostirib tikiladi Ipak va jun gazlamadan tikilgan bo’lsa yopiq qirqimli qilib yashirin baxyali mashinada bukib tikiladi Yeng uchi qaytarmali bo’lsa, belgi chiziq qaytarma kengligidan 2 baravar ortiq kenglikda chok haqi qo’shib belgilanadi. Yeng qirqimi teskari belgi chiziq bo’ylab bukiladi va sirma qaviq bilan ko’klanadi, yoki ko’klan-may maxsus igna bilan qadab qo’yiladi. Bukish haqi 0,5- 0,7 sm. kenglikda teskariga bukiladi va ziyidan 0,1-0,2 sm. kenglikda bostirib tikiladi.
Eng uchida bukish haqi oldirmay bichiladigan yenglarning uchiga magiz qo’yib tikiladi. Magiz agdarma chok bilan yeng uchiga tikiladi, chok haqi magiz tomonga qaytarilib, agdarma chokdan 0,1-0,2 sm. oraliqda magizga bostirib tikiladi. Qalin gazlamadan tikiladigan bo’lsa ochiq qirqimi yo’rmalanadi va maxsus yashirin baxyali mashinada tikiladi. Yeng uchini magiz chok bilan tikishda, magiz buklagich yordamida buqilib, 1 ta baxyaqator bilan tikiladi. Yeng uchiga elastik tasma qo’yilsa, yeng uchi yopiq qirqimli qilib buqilib, bir yo’la ichiga elastik tasma qo’yib tikiladi . Yeng uchiga bezak yoki asosiy gazlamadan bichilgan beyka maxsus moslama yordamida, qirqimlari ichkariga 0,7 sm. buqilib, bostirib tikiladi.
Englar taqilmalarini tikish manjetli yenglarning taqilmalari tirsak chokining davomida yoki yaxlit detalning kesimida tikilishi mumkin. Yaxlit detalning kesimi bitta magiz qo’yib tikila o’ng tomonga bukiladi. So’ngra ular ustma-ust qo’yilib, taxlama hosil qilinadi va to’g’ri qismi to’g’ri burchak shaklida baxyaqator yuritib puxtalanadi).
Engning tirsak choki davomida taqilmani tikish uchun taqilma joyida ishlov haqi tashlab bichiladi. Ostki tomon qirqim shakliga bichilgan magiz bilan agdarma chok solib tikiladi, ichki qirqimi esa ochiq qirqimli buklama chok bilan tikiladi. Magizga chok solib puxtalanadi Tirsak choki davomida (yoki kiritma chokida) planka qo’yib yo’rmalab tikish mumkin. Bunda magiz detalga o’ngini pastga qaratib maxsus moslama yordamida ulanadi. Magizning taqilma yuqori tomonini hosil qiladigan qismini teskari tomonga bukib, butun eni bo’ylab taqilma ziyiga burchak ostida 2 ta baxyaqator yuritib puxtalanadi. Kesimdagi taqilmani magizsiz xam tikish mumkin. Bunda asosiy detal belgilangan chiziq bo’ylab tanda ipi yo’nalishida qirqiladi va oxirida tugri burchak ostida 0,5-0,7 sm. qirqma hosil
qilinadi. So’ngra qirqimga parallel qalib 0,5-0,7 sm. naridan qirqmalar bukiladi. Taqilmaning ustki tomonini hosil qiladigan cheti teskari tomonga, ostki tomonini hosil qiladigan cheti esa manjet tikish va yengga ulash. Manjetlar qotirma bilan yoki qotirmasiz tikiladi. Ulanma manjet tikishda kotirma buklama chok bilan ulanadi. So’ngra yon tomonlari agdarma chok bilan tikiladi. Burchaklaridagi chok haqidan 0,2 sm qoldirib ortikchasi qirqilib tashlanadi va manjet o’ngiga agdariladi. Manjetga 0,5 sm. kenglikda bezak baxyaqator yuritiladi. Ulanma manjet choklash mashinasida yoki tikish-yurmash mashinasida yengga ulanadi. Manjetning ostki qismi yengga ulanib, chok manjet tomonga qaytarib qo’yiladi. Ustki manjet ulash baxyaqatorini yopadigan qilib 0,1 sm oraliqda bostirib tikiladi
Tikish-yo’rmash mashinasida manjet yeng uchi bilan o’ngini ichkariga qilib mashinada yo’rmalanib ulanadi Qaytarma manjetli yengni tikishda bitta bo’lakdan iborat menjetning yon tomoni biriktirib tikiladi. Choklar yorib dazmollanadi. O’ngiga agdarilib ikki buklab dazmollanadi. Manjet yengning teskarisiga qo’yib ulanadi, chok qirqimi yo’rmalanadi. Chok haqi biriktirma chokdan 0,1-0,2 sm. masofada yengga bostirib tikiladi. Yeng uchi dazmollanadi. Engni yeng o’miziga o’tkazish qo’yimlarini to’grilab agdarma chok bilan tikiladi. Chok haqini magiz tomonga bukib, agdarma chokdan 0,1 sm. oraliqda magizga bostirib tikiladi. Magiz detal teskarisiga o’tkaziladi va asosiy detaldan 0,1-0,2 sm. kenglikda kant hosil qilib dazmollanadi. Magizning ichki tomonidagi qirqimi universal mashinada 0,1 sm kenglikda bukib tikiladi, yoki maxsus 51-A kl mashinasida yurmalanadi.
Engni yeng o’mizi ichiga kiritib, ularning o’ngini ichkariga qaratib qo’yiladi va yeng tomondan maxsus 302 kl mashinasida ustki materialdan qiyalama qismida solqi hosil qilib, yeng o’miziga 1,2-1,5 sm. kenglikdagi chok bilan o’tkaziladi. Hosil qilingan yeng solqilari dazmolda yoki pressda kirishtirib dazmollanadi (ip gazlamadan tikilgan bo’lsa kirishtirib dazmollanmaydi). Bir chokli yenglarni o’mizga o’tqazishda yeng choki yon chokiga to’gri keltirib o’tqaziladi, chok qirqimlari yurmalanadi.
Engsiz ko’ylaklarning yeng o’mizini tikish.

Eng o’mizini magizli chok yoki magiz qo’yib agdarma chok bilan tikish mumkin. Magizli chok bilan tikishda, yelka qirqimlari tikilgandan keyin magizni maxsus buklagich yordamida bukib, uning orasiga eng o’mizi qirqimini tugrilab, bitta baxyaqator yuritib tikiladi. Eng o’miziga magiz qo’yib agdarma chok bilan tikishda asosiy detalning o’ngiga magizning o’ngini qaratib, tikiladi.
O’g’il bolalar kiyimini konstruksiyalash.

Bolalar kiyimini formalar va modalar tobora ko’payayotganligi katta yoshdagi kishilar kiyimining turlari o’amda formalari ko’payishi bilan chambarchas bog’liq. Hozirgi bolalar kiyimining asosiy sifat ko’rsatkichlaridan biri uning funktsionalligidir. Kiyimning funktsionalligi umumiy tushuncha bo’lib, kiyimning konstruktiv va estetik xarakteristikasini, unga qo’yiladigan fiziologik, sotsial va texnologik talablarni o’z ichiga oladi. Yasli yoshidagi bolalarning kiyimlari juda erkin, harakatlanishni qiyinlashtirmaydigan va qulay bqlishi lozim. Chahalohlarning birinchi ustki kiyimi – sovuq o’tkazmaydigan, engil, etarli darajada tekis, engsiz bo’ladi. Ich kiyimi – polzinka bilan birga koftochka va ko’ylak, ko’pincha trikotajdan tikiladi. Bola o’sib katta bo’lgan sari uning kiyimlarining turi ham o’zgaradi: kombinezon, kurtka, plashch shular jumlasidandir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi o’g’il bolalarga shim, ko’ylak, kurtka tavsiya etiladi. O’g’il bolalar pal’tosining eng o’miziga o’tqazib tikiladigan yoki reglan bichimli eng bo’ladi: barxyalar o’rtadan tugmalanadi. Cho’ntakli va belbandli bo’ladi. Maktab yoshidagi bolalarning kiyimlari xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Maktab bolalarining kiyimlari garderobini maktab formasidagi o’huvchilar formasi bilan bir qatorda, sport kiyimlari tashkil etadi. Maktab yoshidagi bolalarning pal’tosini koketkali, belbandli, pogonli hqilib tikish, tabiiy va sun’iy charmdan bezash, xilma-xil shnur, metall tugma, tugma, bilan bezatish mumkin.



Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling