Kiyimni konstruksiyalash va modellashtirishning asosiy metodlari


Download 0.87 Mb.
bet5/11
Sana29.12.2022
Hajmi0.87 Mb.
#1072360
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kiyimlarni konstruksiyalash va modellashtirish

Gavdadan olinadigan o’lchovlar.







1

Bo’yin aylanasi

BnA

Santimetrli lenta bo’yin nuqtasi va bo’yin asosidagi nuqta orqali o’mrov
nuqtasigacha aylanib o’tadi.







2

Ko’krak- ning birinchi

KA1

Santimetrli lenta gavda ort qismi bo’ylab gorizontal qo’ltiq chuqurligining oldingi
va ortki burchaklariga tegib oldinda
















aylanasi




kukrak bezlari asosining ustidan o’tadi.










3

Ko’krak- ning ikkinchi aylanasi

KA2

Santimetrli lenta kuraklarning turtib chiqqan nuqtalari bo’ylab qo’ltiq chuqurligining oldingi va ortki
burchaklariga tegib oldinda ko’krakning turtib chiqqan nuqtalari bo’ylab o’tadi.









4

Ko’krak uchinchi
aylanasi

KA3

Santimetrli lenta kurakning turtib chiqqan nuqtalari orqali tana atrofidan qat’iyan
gorizontal o’tadi.




5

Bel aylanas

BlA

Santimetrli lenta bel chizig’i darajasida
eng ingichka joydan tanani aylanib o’tadi.




6

Bo’ksa aylanasi

BkA

Santimetrli lenta bel chizig’i darajasida eng ingichka joydan tanani aylanib o’tadi.




7

Orqa bo’lak
kengligi

OrK

Gavda ort qismi bo’ylab qo’ltiq chuqurligining ortki burchaklari orasi
gorizontal o’lchanadi.









8

Ko’krak kengligi 1

KK1

Ko’krak bezlarining asosida ustidan qultiq chuqurligining oldingi burchaklari orasi
gorizontal o’lchanadi. Bu nazorat qilish o’lchovidir.




9

Ko’krak kengligi 2

KK2

Santimetrli lenta ko’krak bezlarining uchlaridan qo’ltiq chuqurligining oldingi burchaklaridan hayolan pastga tomon o’tkazilgan vertikal chiziqlar orasidan
o’tadi.










19

Ko’krak
markazi

KM

Ko’krakni turtib chiqqan nuqtalarining
orasi o’lchanadi.










10

Ko’krak balandligi

KB

Santimetrli lenta bo’yin asosi nuqtasidan ko’krak bezlarining uchlarigacha o’tadi











11

Gavda- ning old qismi belgacha uzunligi

OlbU

Santimetrli lenta bo’yin asosi nuqtasidan ko’krak bezlarining uchlari orqali belgacha vertikal ravishda o’tadi.









12

Yeng o’mizi uzunligi




Bo’yin asosi yonida loyihalanadigan yelka chokining eng yuqori nuqtasidan qo’ltiq chuqurligining ort tomon burchaklari darajasida o’tadigan gorizontalgacha vertikal o’lchanadi.














YeO’ U







13-
14

Gavda ort qismining belgacha uzunligi

OrbU

Santimetrli lenta bo’yin asosidan kurak nuqtasi orqali belgacha umurtqa pog’onasigacha parallel ravishda o’tadi.











17

Yelka kengligi

YelK

Bo’yin asosining nuqtasidan yelka nuqtasigacha o’lchanadi.











18

Yelka aylanasi

YelA

Qo’lning yuqori qismidan aylantirib qo’ltiq chuqurliklarining burchaklariga taqab gorizontal o’lchanadi.




24

Yeng uzunligi

YeU

Santimetrli lenta yordamida yelka nuqtasidan sal bukilgan tirsak nuqtasi orqali bilakgacha o’lchanadi. Bir vaqtda yengning tirsakkacha uzunligini ham
belgilab olish kerak




22

Bo’ksa balandligi

BkB

O’tirgan holatda bel darajasidan stulgacha yon tomon bo’ylab vertikal o’lchanadi








Yangi materiallardan tikiladigan kiyimlarni konstruksiyalash.
Tikilgan kiyimlar assortimentini ko’paytirish va yangilash kiyim tikiladigan materiallarga bog’liq. Erkaklar kiyimi tabiiy va sun’iy iplardan tukilgan materiallardan tikiladi; tabiiy ipga sun’iy ip aralashtirilib tukilgan gazlamalar hammadan ko’p ishlatiladi. Xossasi va strukto’rasi dinamik ravishda takomillashtirilayotgan materiallar jumlasiga kiradigan sun’iy charm, zamsha, mo’yna, trikotaj va notukima materiallar gazlamalardan fizik-mexaniq xossalari jihatidangina emas, balki koliplanuvchanlik xossasi jihatidan ham farq qiladi. Fizik-mexaniq xossalar materialning vazifasini belgilab bersa, qoliplanuvchanlik xossasi forma hosil qilish usulini belgilab beradi.
Yangi materiallarni qoliplanuvchanlik xossasi jihatidan ikki gruppaga ajratish mumkin.

  1. Sun’iy charmlar, mo’ynalar, zamsha, oshlangan teri, parda qoplangan va shunga o’xshash boshqa materiallar kiritiladi.

  2. Trikotaj polotno va notukima materialar.

Birinchi gruppaga mansub materiallardan kiyimlar tikishni loyihalashda gavdaga yopishib to’radigan va murakkab bichimlardan foydalanmaslik kerak. Havo almashinuvini yaxshilash maqsadida bunday kiyimlar bloqli, xilpirama koketkali qilinadi va yo’g’on igna bilan qavib tikiladi. Nam o’tkazmasligi uchun kiyimning yelka qismiga pat, pagon tikiladi.
Kiyimga shakl berish uchun vitachkalar, bo’rtma baxyalar, qirqma koketka, yirmoch va shu kabilardan foydalaniladi. Kiyimni oldi va orqasi to’kis bo’lishi uchun yelka choki orqa va old yoqa o’mizlari vitachkali qilinadi.
Yengning old va tirsak choklari perekat chizig’i tomon siljitiladi, yeng boshiga vitachka qilinadi. Bunday kiyimlarning yenglari, ko’pincha, ikki yoki uch chokli qilib bichiladi. Yoqalarni kesik stoykali qilish tavsiya etiladi.
Oshlangan teridan iborat materialdan sun’iy mo’yna va charmdan tikiladigan kiyimlarda choklar sonini iloji boricha kamroq qilish kerak, yon tomonda esa umuman, chok bo’lmagani ma’qul bortlar yaxlit bichilishi, yenglar bir chokli bo’lishi kerak.
Yoqa, cho’ntaklar, manjet, koketka va boshqa mayda detallarni loyihalashda burchaklarni ravon egri chiziq bo’yicha dumoloqlash tavsiya etiladi. Shuning uchun 50% sun’iy tola qo’shib tukilgan materialdan tikiladigan plashning tipavoy formasida belgilangan. Bu plash to’g’ri bichimli bo’lib, bari to’g’ridan tugmalanadi, orqasida yirmochi bor, cho’ntakning og’ziga tor tasma ko’rinishidagi jiyak tutiladi, yoqasi kesik stoykali, yengi uch chokli. Plashning old va orqa yarmining chizmalarini chizishda to’g’ri bichimli paltoni konstruksiyalash tipovoy metodikasidan, yenglar uchun uch chokli yengni konstruksiyalash tipovoy metodikasidan va yoki uchun kesik stoykali yoqani konstruksiyalash tipovoy metodikasidan foydalaniladi. Muynadan tikiladigan kiyimlarni loyihalashda mo’yna tukining uzun-qisqaligi, teri qatlamining qalinligi hamda plastikli xossalarini, teri gajaklarining joylanishi terining katta-kichikligiga va hakozolarni nazarda to’tish kerak. Kiyimning to’kisligi uchun tashlab ketiladigan chok haqi
teridagi jun qatlamining qalinligiga bog’liq, mo’ynaning tuklari qancha uzun, jun qatlami shuncha qalin bo’lsa, shuncha kam haq tashlash lozim.
Trikotaj kiyimlarda uning to’rli qismlarini salgina burib choklash ko’zda tutiladi. Juda chuziluvchan trikotajdan tikiladigan kiyimning detallariga shakl berish uchun yelka choklari, yon choklari va yeng o’mizi sohasini bir oz burish kerak bo’ladi.













Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling