Kiyimni konstruksiyalash va modellashtirishning asosiy metodlari
Download 0.87 Mb.
|
kiyimlarni konstruksiyalash va modellashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mulyaj metodi
- Odam gavdasining asosiy antropometrik nuqtalarini aniqlash.
- O’lchov belgilarini hosil qilish uchun quyidagi antropometrik nuqtalardan
Ekspluatatsion talablar deganda, kiyimning vazifasiga va foydalanish sharaoitlariga mosligi, qulayligi, chidamliligi, ishonchliligi, formasining barqarorligi tushuniladi.
Estetik talablar deganda, kiyimning modaga mosligi, yangi materiallardan tikilganligi, yangi otdelkalar ishlatilganligi, istemolchilarning estetik didlarini qondirish tushuniladi. Gigiyenik talablarga kiyimning issiqlik balansi, havo o’tkazuvchanligi, ichki (kiyim ostidagi) nam-teridan yoki tashqi nam (qor-yomg’ir) ta’siridan himoyalash darajasi, yengilligi, konstruksiyaning qulayligi (kishining normal fizologik funksiyalariga halakit bermasligi) kiradi. Gigenik talablar bir muncha umumiyroq bo’lib, ergonomik talablarni ham o’z ichiga oladi; erganomik talablarni ham o’z ichiga oladi. Erganomik talablar esa antropometrik, gigenik va psixi-fizologik moslikka oid bir qancha ko’rsatkichlarni o’z ichiga oladi. Ikkinchi gruppaga texnologik, standartlashtirish va uning metodlari, tejamkorlikdan iborat talablar kiradi. Tejamkorlik loyhalash harajatlari, ishlab chiqarishni texnologik, konstruktorlik va texnik jihatdan tayyorlash bilan bog’liq harajatlar, shuningdek, iste’molchilarning undan foydalanish harajatlari bilan harakterlanadi. Ko’p modeli potoqlarda tayyorlanadigan modellarga texnologik bir xillik jihatdan qo’shimcha talablar qo’yiladi: bu talablar korxonalarining unifikasiyalashtirilgan barqoror potoqlarda ishlashni ta’minlaydi. Konstruktor faoliyatining eng qiyin va ma’suliyatli bosqichlari kiyim detallarining chizmasi-yoyilmasini chizishdan iborat. Bu bosqichdan ko’riladigan asosiy maqsad – detallarning shakli va razmerlarini mumkin qadar aniqroq belgilash; shunday qilinsa, kiyimning detallari yig’ilgandan keyin hosil bo’lgan formasi rassom formasiga mos keladi. Bu ishning qiyinligi va murakkabligi shundaki faqat tar’ifi, eskizi va namunasigina berilgan, lekin o’zi yo’q kiyimning chizmasini – detallarining yoyilmasini chizishga to’g’ri keladi. Buning ustiga, kiyimning sirti murakkab, yoyib bo’lmaydigan sirt hisoblanadi.; shunga ko’ra uning yoyilmasi va hisobi, ya’ni uni chizish uchun kerak bo’ladigan ma’lumotlarni hisoblab chiqarish va chizmani chizish ancha qiyin. Kiyim detallarini hisoblash va chizma tayyorlashning mavjud metodlarni gruppalarga bo’lib, quyidagicha tushuntirish mumkin. Mulyaj metodi. Gavdaning o’lchamlariga va chok haqlariga asoslanish Boshlang’ich sirt to’g’risidagi ma’lumotlarga asoslanish. Mulyaj metodining mohiyati shundan iboratki, maneken yoki kishi gavdasiga nakid material (asosiy gazlama, yengil yumshoq qog’oz yoki to’r-kanva) modelning formasiga moslab to’g’nag’ichlar bilan qadab qo’yilib, kiyim detallarining konto’rlari chizib chiqiladi. Bunda asosiy usul –qadashdir. Mulyaj metodiYordamchi to’r- kanva metodi mulyaj metodining bir to’ri hisoblanadi; bunda gazlamaning iplarini surish-siljitish hisobiga kiyim detallarining yoyilmasi xuddi pardaga o’xshatib yasaladi. Kiyim detallarining yoyilmasini boshlang’ich sirt ma’lumotlariga asoslanib chizish metodlari gruppasi analitik va grafik metodlar degan yordamchi gruppalarini o’z ichiga oladi. Analitik metodlar gavda (sirt) ni razmeri va formasi to’g’risidagi , ma’lumotlarga asoslanadigan nazariy hisoblashlar metodi jumlasiga kiradi. Uning ikkita asosiy to’ri mavjud: Aqademik.P.L.Chebishev metod iva M.P.(razmerlar orasidagi o’tishlarga asoslanish) metodi. P.L.Chebishev metodida yoyiladigan sirtning egriligi aniqlanadi. Bu metod boshlang’ich sirt to’g’risidagi ma’lumotlarga asoslanib, kiyimning konstruksiyalash prinsiplarini rivojlantirishga yordam beradi. M.P. metodi yordamchi sistema hisoblanadi; u sistema uchun boshlang’ich razmerlarning to’liq razmerlari bo’lishi shart. Kiyim detallari chizmalarini esa istagan metoda chizish mumkin. Detallarning boshqa razmerlari hisoblash metodida aniqlanadi. Grafik metodga chizma geometriya prinsipi asos qilib olinadi. Jami metodlarning mohiyati yoyilmaydigan sirtlarni uchastka va kichik uchastkalarga bo’lib chiqishdan iborat. Yordamchi uchastkalarning hosil qilingan chizmalari keyinchalik muayyan tartibda ketma-ket joylashtirilib, kiyim sirtining yaxlit chizma yoyilmasi hosil qilinadi. Kiyim sirtining kesimiga qarab quyidagi metodlar farq qilinadi : geodezik chiziqlar metodi (sirtning kesimi geodezik kesimi ya’ni eng qiska yoyilmaning boshlang’ich OU chizig’iga nisbatan perpendikulyar joylashgan eng qisqa X1, X2 , X3 , X4 ) chiziqlar bo’yicha hosil qilinadi; kesuvchi chiziqlar metodi (yoyiliuvchi sir tuch uchastkaga va har bir uchastka kichik uchuastkalarga bo’linadi) ; uchburchaklar metodi (sirt kesimi o’qqa nisbatan joylashgan uchburchaklarga ajratiladi.); gorizontal kesimlar metodi (sirt yo’l-yo’l qilib elementar uchastkalarga bo’lib chiqiladi); to’rt koordinata metodi (sirtqi koordinatalar o’qi chiziladi, so’ngra o’ziga xos nuqtalar qo’yib chiqiladi, nuqtalarning kordinatalari topish yo’li bilan chizma yoyilmadagi vaziyatni aniqlash mumkin); yordamchi yoyish chizig’i metodi tikiladigan materiallarning harakatchanligi (sirpanchiq, silliqligi) ni hisobga olish zarurligiga asoslangan. Maneken (kiyim) da kiyim detallari asosiy zo’riqadigan joylariga koordinata o’qlari hamda yordamchi yoyish chiziqlari chiziladi. Mazkur chiziqlar o’ziga xos kordinatalar sistemasi bo’lib, ular yordamida kiyim detallari yordamida har qanday nuqtaning fazoviy, so’ngra tekislikdagi vaziyatini aniqlash mumkin. Bu metod kiyimga shakl berish texnologiyasi haqida 1-2 mm gacha aniqlikda ma’lumot olishga imkon beradi Kiyim detallarining chizma yoyilmasini gavda o’lchamlari va chok haqiga asoslanib chizishda har xil konstruksiyalash metodlaridan foydalaniladi. Garchi konstruksiyalash metodlarining kamchiliklari ham bo’lsada, ular ancha oson kiyim detallarining forma hamda o’lchamlarini nisbatan to’g’ri aniqlash imkonini beradi, shunga ko’ra dastlabki chizmalar uchun kerakli ma’lumotlarni hisoblab chiqarishda va ularni hali ham shu metodlar ishlatiladi. Ularning ko’pchilikka ma’lum bo’lganlari hisoblash-o’lchamlar metodi, proporsional hisoblash metodi, kordinatalar metodi, masshtablar metodi va boshqalar. Konstruksiyalashning proporsional-hisoblash metodlaridan birinchi marta ko’plab kiyim tikishda foydalaniladi Bu metodlar hisoblash-o’lchash metodlarining bir to’ridir; bunda bichish o’lchamlari hisoblash o’lchamlariga almashtirilgan. Hisoblash o’lchamlari ikkita asosiy razmer belgisiga ko’krak yarim aylanasining ikkinchi o’lchamiga va rostga proporsional bog’liq holda belgilanadi. Odam gavdasining asosiy antropometrik nuqtalarini aniqlash.Ko’plab ishlab chiqariladigan kiyimlarni konstruksiyalash va asosiy bazalarni ishlab chiqish uchun maishiy xizmat sistemasidagi konstruktorga standart jussalar, ya’ni mamlakatning jami aholisiga xos jussalar razmeri o’lchamining mukammal harakteristikasi kerak bo’ladi. Bu ma’lumotlarning antropometrik tekshirish, ya’ni kishining gavdasining va uning qismlarini o’lchash yo’li bilan hosil qilish mumkin. Bu ish antropometriya deb ataladi. Antropometrik tekshirishlar vaqtida gavdaning muayyan nuqtalari antropometrik nuqtalar oralig’i yoki yumshoq gazlamada aniq bilinib ko’rinib to’radigan chegaralar, teridagi o’ziga xos nuqtalar bo’yicha o’lchanadi. O’lchov belgilarini hosil qilish uchun quyidagi antropometrik nuqtalardanDownload 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling