Bitiruv malakaviy ishning ob’ekti. O.Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi”, “Ko‘hna dunyo”, P.Qodirovning “Yulduzli tunlar” va “Avlodlar dovoni”kabi tarixiy mavzudagi asarlar ishimizning obyektidir.
Bitiruv malakaviy ishning maqsad va vazifalari . Biz mazkur bitiruv malakaviy ishimizda yozuvchilarning tarixiy asar yaratish jarayonida yuz beradigan g‘oyaviy yo‘nalishlarini o‘rganishni maqsad qilib oldik va quyidagicha vazifalarni belgilab oldik;
- Tarixiy roman yaratish jarayonida yozuvchining g‘oyasi va badiiy obraz kabi masalalarni tahlil qilish
- Yoqubovning “Ko‘hna dunyo” romanida ijodkor niyati va badiiy to‘qimasining uyg‘unligini o‘rganish.
- Ko‘hna dunyo” romanidagi ijtimoiy tip va voqealar tizmasini tadqiq etish.
- Ijodkorning pafosi va tarixiy voqelikni asarlar misolida tahlil qilish.
- P.Qodirovning “Avlodlar dovoni” romanida pafos va obrazlar yaxlitligini tadqiq etish
- “Avlodlar dovoni” romanida konflikt va ijodkor g‘oyasi muommosini alohida o‘rganish.
Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Xususan, adabiyotshunos G‘.Murodovning maqola va kitoblarida tarixiy romanning poetik tabiati, folklor va uning roman sujet qurilishidagi o‘rni, romanlar tasnifi hamda yangi romanlarda tarixiy shaxslar obrazining badiiy talqini kabi masalalar yoritilgan.1
Professor E.Karimov tarixiy romanlar tahliliga doir maqolasida bixz tahlilga olgan asarlarni tarixiy davrni o‘zida aks ettirgan yirik epik asarlar deb hisoblaydi.2
Folklor va uning tarixi roman sujetidagi badiiy vazifalarini O.Yoqubovning “Ko‘hna dunyo”, P.Qodirovning tarixiy romanlari misolida tadqiq etgan A.Ergashevning monografiyasida ham tarixiy shaxs va tarixiy voqelik badiiy ini`kosining bir qator muhim nazariy masalalari yoritilgan.
Bitiruv malakaviy ishning ilmiy yangiligi. Yozuvchilardan Pirimqul Qodirov va Odil Yoqubovning tarixiy asarlari adabiyotshunos va tanqidchilar tomonidan keng tahlil qilingan . Buni biz yuqorida ishning o‘rganilganlik darajasida baholi qudrat eslatib o‘tdik.
Ammo ijodkorlarning tarixiy asarning yaratish jaryonidagi o‘zlariga xos obraz, voqea tanlash asnosidagi g‘oyaviy niyatlari hali yetarlicha tahlil qilinmagan. Ana shu nuqtasi ishimizning o‘ziga xosligini belgilab ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |