Kkkkfgfg Kurs ishi taqrizdan qaytarilgan sana


Download 239.5 Kb.
bet8/9
Sana24.01.2023
Hajmi239.5 Kb.
#1114390
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ODIL YOQUBOV ROMANLARIDA TARIXZIY HAQIQAT VA BADIY TO\'QMA

X U L O S A
Tarix – istiqbol beshigi, komil avlodlarni qadriabad an’analar ruhida tarbiyalovchi ma’rifat sarchashmasidir. Tarixiy romanlar esa, hozirgi haqiqiy tarixdan xabardor qiluvchi tarix voqelikning haqiqiy badiiy talqinini o‘zida ifodalovchi, tarixiy fakt va badiiy to‘qima uyg‘unligi vositasida yaratilgan adabiy tiplar talqinida o‘z tarixini asrab qolishga rag‘batlantiruvchi manbadur. Shu boisdan ham uzoq yillar davomida tarixiy mavzularda badiiy asarlar yaratilishiga har qanday yo‘llar bilan to‘sqinlik qilib kelindi. Bunday siyosatning noto‘g‘riligini mutafakkir yozuvchilarimiz yaxshi bilar edilar.
Masalan, xassos adib Abdulla Qahhor sobiq sho‘rolar davridagi ma’muriy buyruqbozlik siyosati badiiy adabiyot rivojiga ta’sir ko‘rsatayotganligi, ya’ni davr va voqelik haqiqati buzilayotganligidan tashvishga tushib, quyidagilarni yozgan edi: “adabiyotning har bir so‘zidan dohiy va dohiychalarning hamma qilmishi, har bir so‘zi to‘g‘ri va oqilona ekanini tasdiq va isbot qilish talab qilinar edi. Shu qolipda yozilgan asarlar naqadar g‘arib va notavon bo‘lmasin, ba’zan rasmiy doira va doirachalarning tahsiniga sazovor bo‘lar, adabiyotga mash’al qilib ko‘tarilar edi. Shuning uchun yozuvchi ba’zan hayot haqiqatiga yuzma-yuz kelishdan mumkin qadar qochishga, bu haqiqatga loaqal yonboshidan qarashga, o‘shanda ham ko‘zi tushganini o‘z holicha emas, bo‘yab ko‘rsatishga majbur bo‘lar edi. Lekin o‘shanda ham adabiyotimiz izdan chiqmadi”.
Adabiyotimizning o‘z badiiy an’analarini saqlab qolishi va izchil rivojlanib kelishiga, agar ta’bir joiz bo‘lsa, izdan chiqmaganiga sabab oz bo‘lsa ham hayot haqiqatini badiiy haqiqat yuksakligi darajasiga ko‘taruvchi jasoratli talant sohiblarining borligi edi. Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Oybek va Abdulla Qahhor kabi adiblarning fuqarolik shijoatlari ularning o‘tmish mavzuini yoritish borasidagi badiiy mahoratidan kam bo‘lmagan. Bunday yozuvchilar A.Qahhor ta’biri bilan aytganda, adabiyot atomdan kuchli ekanligini, lekin uning kuchini o‘tin yorishga sarf qilish kerak emasligini yaxshi bilishardi. Keyinchalik ana shu vatanparvar ijodkorlar qatoriga Odil Yoqubov va Pirimqul Qodirov kabi iste’dodli romannavislar kelib qo‘shildilar. Ana shu talant sohiblarining jasoratlari tufayli o‘zbek tarixiy romanchiligida shohlar siymosining o‘rganishga arziydigan adabiy tiplari yaratildi.
Biz yuqoridagi bob va bo‘limlarning tahlilidan kelib chiqib, quyidagi xulosalarga keldik.
- Birinchidan tarixiy roman yaratish jarayonida yozuvchining g‘oyasi va badiiy obraz kabi masalalarni O.Yoqubovning “Ko‘hna dunyo”romani misolida tahlil qildik
- Ikkinchidan Yoqubovning “Ko‘hna dunyo” romanidagi ijodkor niyati va
badiiy to‘qimanig uyg‘unligini tahlillarda o‘rgandik.
- Uchinchidan “Ko‘hna dunyo” romanidagi ijtimoiy tip va voqealar tizmasini
ijtimoiy va badiiy tiplar tahlililida tadqiq etdik..
-To‘rtinchidan ijodkorning pafosi va tarixiy voqelikni Yozuvchi P. Qodirovning tarixiy asarlari misolida tahlil qildik.
- Beshinchidan P.Qodirovning “Avlodlar dovoni” romanida pafos va obrazlar yaxlitligini tahlillar jarayonida o‘rgandik.
-Oltinchidan “Avlodlar dovoni” romanida konflikt va ijodkor g‘oyasi muommosini asar misolida tadqiq etdik.
Anglashiladiki, tarixiy mavzudagi asarlarda yaratilayotgan tarixiy shaxslar obraziga daxldor davr haqiqatlari ifodalanmasa, ya’ni tarixiy voqelik haqidagi axborotlar badiiy to‘qima jarayonlaridan o‘tib, umumlashtirilgan, bo‘rttirilgan, tipiklashtirilgan va individuallashtirilgan adabiy tiplarda badiiy talqin etilmasa, yetuk tarixiy asarlar yuzaga kelmaydi. “Ko‘hna dunyo” romanida Odil Yoqubov bir zolim shoh va ikki buyuk mutafakkir zotga daxldor davr haqiqatini yoritishni o‘z oldiga ijodiy niyat qilib qo‘ygan. Ana shu ijodiy niyatning mahsuli o‘laroq zolim Mahmud G‘aznaviy, buyuk mutafakkir Beruniy hamda mashhur tabib Ibn Sino adabiy tiplari yaratilgan. Zolim shohning mehnatkashlar boshiga cheksiz jabr- jafolar yog‘dirishi qirg‘inbarot janglar dahshati orqali idrok etilsa, ilmu ma’rifatning haqiqat sabog‘i ekanligi eng og‘ir damlarda ham oddiy insonlarga ko‘makdosh bo‘lgan Beruniy va Ibn Sino adabiy tiplar vositasida bayon qilinadi. O‘quvchi ana shu uch adabiy tip orqali ko‘hna dunyoning jabr- jafoli, g‘am – tashvishli, orzu – armonlari murakkab ijtimoiy qiyofasi va tarixiy haqiqatlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
“Yulduzli tunlar” va “Avlodlar dovoni” romanlarida esa yozuvchi Pirimqul Qodirov o‘tmish haqiqatlarini ijodiy tahlil qilib, istiqbolimizga daxldor jihatlarini mohirlik bilan topa olgan va ularni Bobur, Xumoyun, Akbar adabiy tiplarida kashf etgan. O‘tmishning bugungi kunimiz ma’naviy ehtiyojlari bilan bog‘liq jihatlarini yaxshi ilg‘agan adib shohlar adabiy tiplari kashfiyotida ham yangicha, o‘ziga xos ijodiy yo‘ldan borgan.
Bularning barchasi o‘zbek tarixiy romanchiligi shohlar adabiy tiplarini yaratishda muayyan ijodiy yutuqlarga erishganligini ko‘rsatadi. Tarixiy haqiqatlarni badiiy talqin qilish orqali esa ajdodlarimizning milliy qadriyatlari va umuminsoniy an’analarini bir butun holda bilishga yo‘l ochadi.


Download 239.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling