Klassifikatsiyasi
Download 295.85 Kb. Pdf ko'rish
|
2-маъруза (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch soʼzlar va iboralar
2 – Mavzu: KOʼPRIK KECHUV ELEMENTLARI VA KOʼPRIKLAR KLASSIFIKATSIYASI REJA: 1. Koʼprik kechuvi va koʼprik elementlari. 2. Oraliq qurilmalar. 3. Koʼprikli kechuvlar tarkibi: koʼprikning oʼzi, uni ikki tomonidan yoʼlga ulanadigan koʼtarmalari. 4. Koʼprik tagidan suv oqimini yoʼnaltirib turuvchi va qirgʼoqlarni mahkamlovchi inshootlar. Tayanch soʼzlar va iboralar: suv oqimini tartibga soluvchi va qirgʼoqlarni mahkamlovchi moslamalar, muzkeskichlar, harakat qismi, koʼtarib turuvchi qism, bogʼlovlar sistemasi, tayanch qismlar, koʼpriklar klassifikatsiyasi. Koʼprik kechuvi va koʼprik elementlari. Yoʼllarning suv toʼsiqlari bilan kesishmalariga quriladigan inshootlar yigʼmasini koʼprikli kechuvlar deyiladi (rasm 5). Ularning tarkibiga quyidagi qismlar kiradi: koʼprikning oʼzi, uni ikki tomonidan yoʼlga ulanadigan koʼtarmalari, koʼprik tagidan suv oqimini yoʼnaltirib turuvchi va qirgʼoqlarni mahkamlovchi inshootlar kiradi. Suvni yoʼnaltiruvchi inshootlar koʼprikning qirgʼoqdagi tayanchi atrofidagi tuproqlarni va daryoning koʼprikka kelib ulanadigan va pastki tomonidan davomlanib ketadigan qirgʼoqlarini suv yuvib ketmaslikdan asrash xizmatini bajaradi. Qirgʼoqlarni qoplab suv yoʼnalishini toʼgʼrilab turadigan inshootlarga yordamchi sifatida kalta tuproq koʼtarmalar ham qurilishi mumkin. Ular asosan suv oqimlarining katta zarbalarini pasaytirib, koʼprik atrofini suv yuvib ketmaslikka qoʼshimcha inshoot sifatida xizmat qiladi. Koʼprikning oʼzi asosan daryo oʼzaniga joylashadi. Koʼpriklar oraliq qurilmalardan, tayanchlardan va ayrim hollarda tayanch oldiga quriladigan muz kesgichlardan tashkil topgan boʼladi. Oraliq qurilmalar asosan quyidagilardan iboratdir: harakat qismi, ogʼirlikni koʼtarib turadigan qism, konstruktsiyalarni bir-biriga bogʼlovchi elementlar. Harakat qismining oʼzi ikki guruh elementlaridan iborat. Birinchi guruhga koʼprik qoplamasini tashkil qiluvchi elementlar, ikkinchi guruhga esa oʼtish qismining mahalliy ogʼirliklarini koʼtaruvchi elementlar kiradi. Koʼprik qoplamasi elementlari oʼzining ustidan harakatlanuvchi yuklarni bexatar, qulay oʼtkazib turishga, yomgʼir va qorlardan yigʼiladigan suvlarni pastroqda joylashgan elementlarga oʼtkazmasdan oqizib yuborishga xizmat qiladi. Koʼpriklar klassifikatsiyasi. Koʼpriklar ushbu belgilariga koʼra kuyidagi turlarga ajratiladi: 1. Kanday harakatni oʼtkazishiga koʼra: -avtomobil yoʼli koʼpriklari - bular avtomobil yoʼlidan harakatlanuvchi barcha turdagi transport vositalari hamda piyodalarni oʼtkazadi; -temir yoʼl koʼpriklari - temir yoʼl transportini oʼtkazadi; -shahar koʼpriklari - shaharda barcha harakat turlarini oʼtkazadi; -piyodalar koʼpriklari - faqat piyodalar uchun moʼljallangan boʼladi; -birlashgan koʼpriklar - avtomobil va temir yoʼl transportlarini oʼtkazadigan inshootdir; -maxsus koʼpriklar - daryo ustidan maxsus kuvurlarni elektr yoki aloqa simlar arkonlarini va hokazo shularga oʼxshagan narsalarni bir kirgʼoqdan ikkinchi kirgʼogʼiga oʼtkazish xizmatini bajaradi. 2. Tayanchlar turiga koʼra: - tayanchlar bevosita yerga tiralib turadigan (Rasm 7,a); - tayanchlari suvda qalkib turadigan (Rasm 7,b). 3. Oraliq qurilmalar xolatiga koʼra: - oraliq qurilmalar tayanchlar ustida holatini oʼzgartirmasdan turadigan (Rasm 6,7,a); - oraliq qurilmalaridan birontasi kemalar oʼtaetgan vaqtda oʼz holatini oʼzgartiradi (Rasm 7,v). 4. Oraliq qurilmalarini qurishda ishlatiladigan materiallar turlariga koʼra: - yogʼoch, tosh, metall, beton va temirbeton koʼpriklarga boʼlinadi. Bu koʼpriklarning tayanchlari boshqa xildagi materiallardan qurilishi mumkin. 5. Oʼtish qismining butun oraliq qurilmaga nisbatan qaysi sathda joylashganiga koʼra: - harakat yuqori qismda tashkil qilingan (Rasm 8,a); - harakat oʼrta qismda tashkil qilingan(Rasm 8,v); - harakat pastki qismda tashkil qilingan(Rasm 8,b). 6. Bosh boʼlagining statik sxemasiga koʼra kuyidagi turlarga boʼlinadi: - toʼsin turkumidagi (Rasm 9,a). Bu xil turdagi koʼpriklarda tushadigan ogʼirliklardan tayanchlarda tik yoʼnalishdagi aks taʼsirlar hosil boʼladi; - rasporli sistemalar (arkasimon - rasm 9,b, ramali - rasm9,v va osma - rasm 9,g). Tushadigan ogʼirliklardan bularning tayanchlarida hosil boʼladigan aks taʼsir qiya yoʼnalishda boʼladi, uning gorizontal tashkil etuvchisi konstruktsiyaning kerilib turishiga sababchi buladi. - yigʼindi turkumidagi koʼpriklar - bular yuqorida qayd etilgan ikki guruh turkumlarini birlashtirish oqibatida hosil qilinadigan koʼpriklar. 7.Suv toshqinlarini, muz oqimlarini bemalol oʼtkazish imkoniyatiga koʼra koʼpriklarni ikki guruxga ajratadi. Ular: - suvdan ancha baland quriladigan yoki suv toshqinlari boʼlganida, katta muzlar oqqanlarida oraliq qurilmaga tegmasdan, tagidan bemalol oʼtib ketadigan koʼpriklar; - past koʼpriklar - bular esa cheklangan yoki kam muddatga xizmat qilishga moʼljallangan boʼlib, balandligi past va uzunligi ancha kam qilib quriladi. Koʼp suv oqadigan paytlari va baxordagi toshqinlar bilan muzlar koʼshilib oqsa, ularni choʼktiradi. 8. Kesishadigan joyda joylashish holatiga koʼra uch xil koʼrinishdagi koʼpriklar boʼladi. Ular toʼgʼri yoki tik kesishadigan, qiya yoki egri oʼqli koʼpriklar yoki koʼpriksimon inshootlardir. 9. Koʼpriklarning uzunliklariga koʼra quyidagi guruhlarga ajratgan: - kichkina koʼpriklar, umumiy uzunligi 25 m gacha , boʼlganda; - oʼrtacha koʼpriklar; 25 m dan100 m gacha boʼlganda; - katta koʼpriklar, 100m dan ortiq yoki 100m gacha bitta oraliq qurilma uzunligi 60m.dan katta boʼlgan koʼpriklar boʼlib, uchta guruhni tashkil qiladi. Uzlukli toʼsinli oraliq qurilmalar uchun unifikatsiyalangan namunaviy toʼsinlar va plitalar ishab chiqilgan boʼlib, ularning uzunligi - 6, 9, 12, 15, 18, 24, 33 va 42 m. Katta oraliqlar uzunligi 21 metrli modul bilan quriladi - 63, 84, 105, 126 m va xokazo. Qurilishni industrlashtirishning asosiy elementlaridan biri, ishlab chiqarish jaraenini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish deb xisoblanadi. Mexanizatsiyalashtirish qisman yeki kopmleks boʼlishi mumkin. Ishlab chiqarish jaraenida ayrim ishlarni mashinalar bajarib, qoʼl mexnati saqlanib qolsa qisman mexanizatsiyalashtirish amalga oshirilgan boʼladi. Barcha ishlar mashinalar yerdamida bajarilganda, kompleks mexanizatsiyalashtirish joriy etilgan xisoblanadi. Kompleks mexanizatsiyalashtirishning eng yuqori darajasi avtomatlashtirishdir. Bir vaqtning uzida bir necha kichik va oʼrta sunʼiy inshootlar qurilaetgan vaqtda qurish jaraenini oqimli usul yerdamida bajarish maqsadga muvofiqdir. Ushbu usulda barcha ishlar mexanizatsiyalashtirilgan boʼlim ishchilari tomonidan bajariladi. Xar bir boʼlim ishlar boʼyicha maxsus tayerlangan va jixozlangan boʼlishi lozim. Oqimli usul oʼz navbatida tezlashtirilgan oqimli yeki ketma-ket oqimli boʼlishi mumkin. Аvtomobil yoʼllari va temir yoʼllardagi sunʼiy inshootlar «7 chi koʼprik qurish» tresti, «Toshmetroqurilish» tresti, «Oʼzavtoyoʼl» kontserniga tegishli boʼlgan maxsus koʼprik qurish korxonalari tomonidan bajariladi. I-III kategoriyali avtomobilь yoʼllaridagi shaxar va avtomobil yoʼllari koʼpriklari va yoʼloʼtkazgichlari, shuningdek temir yoʼl koʼpriklari «7 chi koʼprik qurish» tresti korxonalari tomonidan quriladi. Kichik va oʼrta koʼpriklar va suv oʼtkazish quvirlarini qurish boʼyicha katta xajmdagi ishlar «Oʼzavtoyoʼl» kontserni korxonalari tomonidan bajariladi. Koʼprik va yoʼloʼtkazgichlardan foydalanish va taʼmirlash «Oʼzbekiston temir yoʼllari» va «Oʼzavtoyoʼl» kontserni korxonalariga zimmasiga yuklatilgan. Koʼprik qurish ishlarini tashkil qilish va qurish-montaj ishlariga boshchilik qilish chiziqli va toʼrli kalendar grafiklar yerdamida bajariladi. Ushbu grafiklarda ishlarning ayrim turlari ketma-ketligi, xajmi va vaqti belgilanadi. Grafiklar bir necha turda boʼlishi mumkin. General yeki direktiv grafiklar koʼprik loyixasi va qurishni tashkil qilish loyixalari asosida, qurish ishlarini bajarish muddatini xisobga olgan xolda ishlab chiqiladi. Bu grafikda koʼprik kechuvi boʼyicha ishlarning barcha turi (koʼprik, koʼtarma va yoʼnaltiruvchi inshootlar qurish) xisobga olinadi, yaʼni qurilishning tayerlov, asosiy va yakunlovchi bosqichlari. Grafikda qurilish montaj ishlarining ayrim turlari gorizontal chiziqlar bilan vaqt masshtabida koʼrsatiladi. Yuqori tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan grafiklar direktiv boʼlib, bajarilishi majburiydir. General grafiklardan tashqari ishchi grafiklar xam ishlab chiqiladi. Ishchi grafiklar koʼprikning aloxida elementlari yeki ishning biron bosqichi uchun ishlab chiqiladi, misol uchun aloxida tayanchlar poydevorini qurishga, tayanch va oraliq kurilma yigma konstruktsiyalarini yitsishga, xarakat qismini jixozlashga va boshqalar. Qurilish davrida ishlab chiqarish korxonalari tomonidan shuningdek kvartal uchun, oylik, xaftali yeki dekada uchun grafiklar ishlab chiqilishi mumkin. Bu grafiklarda ishlab chiqarishning barcha xususiyatlari xisobga olinadi (maxalliy sharoitlar, dare oqimi xususiyatlari va boshqalar). Ishlarni tashkil qilish davrida qurilishning general grafigiga qoʼshimcha shaklida yerdamchi grafiklarni tuzish tavsiya qilinadi, misol uchun asosiy qurilish montaj jixozlariga, xarakatlanuvchi va xarakatsiz kranlarga, kompressor va elektr stantsiyalariga, beton qorish moslamalariga talab, yitsma temirbeton konstruktsiyalarga va qurilish materiallariga talab va keltirish muddatlari. Yirik koʼprik kechuvlarini qisqa muddat ichida qurish kerak boʼlgan xollarda qurishni tashkil qilish toʼrli grafiklar asosida bajariladi. Toʼrli grafiklarning asosiy afzaliklari ushbulardan iborat: 1) qurilishning muddatiga taʼsir qiluvchi asosiy ishlar aniq belgilanadi; 2) orqada qolaetgan ishlarni aniqlash, nazorat qilish va kerak boʼlganda yerdam berish imkonini beradi; 3) bajariladigan ishlarning texnologik ketma-ketligi yaqqol bilinadi; 4) grafikni qayta ishlamasdan unda xosil boʼlgan konkret sharoitlarni koʼrsatish. Kema katnoviga bogʼliq talablar va koʼprik osti boʼshligi oʼlchamlari. Koʼp suv oqadigan daryolar ikki qismdan iborat - asosiy oʼzan qismi va suv toʼla oqqandagi qamrab oluvchi vodiy qismi. Kema qatnovi boʼladigan daryolarda koʼprik tagidan kema harakatini taʼminlaydigan oraligʼi, asosiy oʼzan qismida boʼlishi kerak. Kema qatnovini taʼminlaydigan oraliqlar soni va ularning oʼlchamlari talablarga koʼra maxsus davlat standartlariga binoan belgilanadi. Koʼprik osti kema qatnovi boʼshligʼi - oraliq qurilma tagidagi, buning ichkarisida kema qatnoviga, suzuvchi yuklar oqimiga toʼsiq qiladigan inshootning birortayam qismi joylashmasligi kerak boʼlgan fazoning chegaralangan qismidir. Kema qatnovi boʼladigan daryolar suzadigan kemalarning katta-kichikligiga koʼra yettita turga boʼlingan. Shu turlarga binoan koʼprik tagi boʼshligʼining (Rasm 11) oʼlchamlari davlat standartining koʼrsatmasi asosida qabul qilinadi. Bu yerda - koʼprik tagi boʼshligʼining balandligini KQS (kema qatnovi sathi)dan oʼlchash kerak, - kemaning suvga choʼkib turadigan qismining oʼlchami SEPS (suvning eng past sathi)dan oʼlchanishi kerak. Bu degan soʼz daryodan kema qatnovi davrida suv kam oqqandayam ularning tagi gruntga tegib zararlanmasligi va harakati toʼxtamasligi kerak. Koʼprik tagi boʼshligʼi 11 rasmda koʼrsatilgan АVSD toʼrt burchagi shaklda boʼlishi kerak. I-IV klassdagi daryolarda pastki qismi egri chiziq bilan chegaralangan oraliq qurilmalar ishlatilgan va atroflari har tomonlama cheklangan tor joylarda shahar koʼchalarini atrofdan baland, koʼtarish iloji yoʼq joylarda , koʼpriklarning balandligini yuqori koʼtarish, imkoniyati kam bulgan sharoitlarda u boʼshliqni АEFKLD (Rasm 11) koʼpburchagi koʼrinishida qabul qilishga ruxsat qilinadi. Koʼpriklarni loyihalanayotganda kema qatnovi boʼladigan daryolarda kamida ikkita kema suzib oʼta oladigan oraliq moʼljallanishi kerak. Bittasi suv oqimi yoʼnalishida u asosiy oraliq, ikkinchisi suv oqimiga teskari yoʼnalishda, u esa qoʼshni oraliq deb ataladi. Аgarda suv kam oqqan davrlardagi uning chuqurligi jihatidan ikkita oraliqni sigʼdira olmasa, sharoitga koʼra oraliq qurilma ochiladigan turdagi boʼlsa, kema qatnovi uchun bitta oraliq qoldirishga ruxsat qilinishi mumkin. Kema qatnovi yoʼq daryolarda oraliq qurilmaning pastki qismi bilan suvning toʼlqinlarini xisobga olib baland sathi orasida 0,5m masofa qoldirilishi kerak, agar suv muzlaydigan joy boʼlsa, muz oqadigan sath bilan oraliq qurilma orasida 0,75m boʼsh masofa boʼlishi kerak. Yogʼoch koʼpriklarda esa yuqoridagi masofalar 0,25m.dan birinchi va 0,75m.dan ikkinchi hollarda kam boʼlmasligi kerak. Аvtomobil yoʼllarining yoki koʼchalarning ustidan yoʼloʼtkazgichlar qurish kerak boʼlgan hollarda yoʼloʼtkazgich bilan ular orasida oʼlchamlari yuqorida aytib oʼtilgan talablarga rioya qilgan holda belgilanishi kerak. Temir yoʼllarning ustidan yoʼloʼtkazgichlar qurilishi kerak boʼlgan hollarda yoʼloʼtkazgichlar bilan temir yoʼllar orasidagi oʼlchamlar temir yoʼl transportiga moʼljallangan maxsus qoidalarga asosan qabul qilinishi kerak. Аvtomobil yoʼllarining tagidan mahalliy yoʼllarni oʼtkazish kerak boʼlgan hollarda ularning eni 6m balandligi 4,5m, agar mollarga moʼljallangan yoʼllar oʼtkazish kerak boʼlsa eni 4m balandligi 2,5m boʼlgan joy qoldirilishi kerak. Аvtomobil yoʼllari va shahar koʼpriklarini qurishda umumiy talablarga koʼra qurilishni tashkil qilishga bogʼliq ishlarni birmuncha yengillashtirish maqsadida qabul qilingan 3, 6, 9, 12, 15, 18, 21, 24, 33 va 42m uzunliklarga ega oraliq qurilmalardan foydalanishi tavsiya qilinadi. Koʼpriklarning oraliqlarining uzunliklari iqtisodiy, oraliq qurilmadan foydalanish talablariga, kema qatnoviga, koʼp miqdordagi suvlar, muzlar oqimlarini oʼtkazishni taʼminlash shartlariga asoslanib qabul qilinishi kerak. Nazorat savollari 1. Koʼprik kengligiga nima kiradi? 2. Аvtomobil yoʼllari va shaxarlardagi koʼpriklar gabaritlari kanday? 3. Koʼpriklar va gabaritlarini belgilash tartibi kanday? 4. Koʼprik oraliqlari oʼlchamlarini asoslash davrida qanday faktorlar inobatga olinadi? Download 295.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling