Klassik iqtisodiy maktabga muqobil g’oyalar mohiyati j. B. Sey iqtisodiy qarashlari
Download 23.75 Kb.
|
KLASSIK IQTISODIY MAKTABGA MUQOBIL G’OYALAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- S.Sismondi iqtisodiy qarashlari
- Predmet va uslub
Ishlab chiqarish mehnati. Smit kabi Mal’tus ham, faqatgina moddiy ishlab chiqarish sohasidagi mehnat foydali ekanligini ta’kidlab, buning oqibatida ishlab chiqarish natijalari realizatsiyasi taklifni oshirishga olib kelganligi xamda mehnatni ham foydali ekanligini inkor etmagan.
S.Sismondi iqtisodiy qarashlari Mazkur muammolar bo’yicha Rikardo Sey nuqtai nazari tarafdori bo’lgan. S. Sismondi iqtisodiy nazariyasi. Simon Sismondi (1773-1842) asli shveytsariyalik, Smit nazariyasi tarafdori bo’lib, u 1803 «Tijorat boyligi haqida» asarini nashr etdi. Ammo erta kapitalizmning salbiy tomonlari (og’ir mehnat sharoitlari va ishchilarning past darajadagi maoshlari; ularning huquqlarini himoya etuvchi qonunchilikning mavjud bo’lmaganligi; dehqon va hunarmandlarning kapitalistik ishlab chiqarish bilan raqobatchilikka dosh berolmagan dehqon va hunarmandlarning xonavayron bo’lishi) Simondini Smit nazariyasining tarafdorlari bo’lmish Sey, Mal’tus va Rikardo nazariyalaridan uzoqlashishiga sabab bo’ldi. Bu holat, uning «Siyosiy iqtisodiyotning Yangi bosqichlari» (1819) kitobida yoritilib, unda Sismondi notabiiy kapitalizmga tabiiy kichik tovar ishlab chiqarilishini qarshi qo’ygan. Shunday qilib, Sismondi, mumtoz siyosiy iqtisodda kichik burjua yo’nalishini boshlab bergan. Predmet va uslub. Mumtoz siyosiy iqtisod namoyandalarining barchasi kabi, Sismondida ishlab chiqarish sohasi iqtisodiyotida primat mavjud bo’lib, Shu bilan birgalikda qator nazariyalarda namoyon bo’lgan iste’mol sohasiga nisbatan mo„ayyan qiziqish ham kuzatiladi. Iqtisodiyotga nisbatan yondashuvning farqli metodologik jihati, mumtoz siyosiy iqtisodiyotning mo„ayyan ma’naviy etik elementlari asosiy printsiplari bilan to’ldirilganligi bo’lib, bu holatlarni u doimo ta’kidlab kelgan va siyosiy iqtisod oddiy hisob-kitob fani emas, ma’naviy fan deb atagan. Sismondi fikricha, faqatgina raqamlar bilan ishlash, ko’pchilik xatoliklarga olib kelib, har - bir ilgari surilgan g’oya asosida insonlarning his - tuyg’ulari va manfaatlari e’tiborga olinishi kerak deb hisoblagan. Download 23.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling