Klassik iqtisodiy maktabga muqobil g’oyalar mohiyati j. B. Sey iqtisodiy qarashlari


Download 23.75 Kb.
bet5/8
Sana01.03.2023
Hajmi23.75 Kb.
#1241217
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KLASSIK IQTISODIY MAKTABGA MUQOBIL G’OYALAR

Narx va daromadning bo’linishi. Mal’tus narx nazariyasini kapitalistlar xarajatlari bilan belgilanuvchi omil deb qabul qilib, bundan bo’linish nazariyasini ajratgan (Smit va Sey nazariyasi).
Realizatsiya. Mal’tus Sey nazariyasini tanqid qilgan holda, talab va taklif doimo ham teng kelinishi mumkin emasligini aytib o’tgan, va uning fikricha, birinchidan talab va taklifning narx bo’yicha tengligi, o’zining natural tuzilmasiga ko’ra doimo ham mos kelmasligini, va ikkinchidan jamiyatning boy tabaqa vakillari o’z daromadlarini doimo ham iste’mol qilishga qaratmasliklarini, yaratilgan mablag’ zahiralarini esa doimo keyinga qoldirilgan masala sifatida qabul qilishlarini ilgari surgan. «Mablag’ yig’ishga ishtiyoq, - deb yozgan edi u, - jamiyat iste’mol qilishga qodir bo’lmagan iste’mol mollari miqdori oshib qolishiga olib keladi». Saqlab qo’yishga ehtiyoj natijasida talabning taklifdan ortda qolishi haqidagi tezis keyinchalik Keyns nazariyasining asosiga aylandi.
Shu bilan birgalikda, Mal’tus talabning oshirish usullari imkoniyati mavjudligiga ham e’tibor qilgan. Masalan, mazkur boyliklarning jamiyat a’zolari orasida nisbatan tekis bo’linishi, katta miqdordagi insonlarning kichik miqdordagi boyligi real talabga nisbatan ekvivalentga yaqinlashishi kichik guruh doirasidagi boylik bo’linishiga asos bo’la olmaydi. Shu bilan birgalikda, Mal’tus, nisbatan tenglikni ham qabul qilmagan, Chunki yirik kapitallar, demakki korxonalar ham, texnik rivojlanish jihatidan kattaroq imkoniyatga egadir. Ikkinchidan, avvalambor tashqi savdoning rivojlanishi, realizatsiya bozorini kengaytiradi, va Shu bilan birgalikda, mahsulotni nisbatan pastroq narxda sotib olish imkoniyatini yaratadi. Uchinchidan, ishlab chiqarish qobiliyatiga ega bo’lmagan sinflar tomonidan tovarlar iste’moli, ya’ni sof iste’molchilar sinfi, ishlab chiqaruvchilar sinfi mahsulotini sotish imkoniyatini yaratishadi. Bunda, Mal’tus Seyning iste’mol sof va sodda bo’lib, mamlakat boyligi oshishiga hech qanaqa sharoit yaratmasligi borasidagi Sey qonunini inkor etib, Smit tomonidan tanqid etilgan er mulkdorlarining o’zgalar hisobiga daromad ko’rishini yaratishiga salbiy fikr bildiradi. Natijada, Mal’tus to’liq realizatsiyaga zarar etkazishi mumkin bo’lgan omillarni ko’rsatgan holda, jamiyat barcha a’zolari daromadlarida namoyon bo’lgan talab va ishlab chiqarilgan mahsulot taklifi orasidagi tenglik mavjudligini tan olgan.

Download 23.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling