Klassik iqtisodiy maktabga muqobil g’oyalar mohiyati j. B. Sey iqtisodiy qarashlari


Download 23.75 Kb.
bet8/8
Sana01.03.2023
Hajmi23.75 Kb.
#1241217
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KLASSIK IQTISODIY MAKTABGA MUQOBIL G’OYALAR

Realizatsiya. Sey, Mal’tus, va Rikardodan farqli o’laroq, Sismondi kapitalistik iqtisodiy tizimda to’liq realizatsiya imkoniyati mavjudligini rad etadi. Uning ta’kidlashicha, to’liq realizatsiya kichik tovar ishlab chiqarish jarayonida mavjud bo’lgan, ammo kapitalizm rivojlanib borishi sayin, talab bilan taklif mutanosibsizligi o’sib boradi. Birinchidan, taklifning tavsifi o’zgaradi. O’z vaqtida kichik tovar ishlab chiqaruvchi buyurtma asosida, yoki faqatgina uning o’zi uchun ma’lum bo’lgan kichik bozor miqiyosida faoliyat olib borgan. Yirik kapitalistik korxona esa, yirik bozor manfaati miqiyosida faoliyat yuritadi, u o’z bozorini tanimaydi va bunday sharoitlarda qayta ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Ishlab chiqarish, deb yozadi Sismondi, ijtimoiy daromadga teng bo’lishi kerak, va cheksiz ishlab chiqarishni rag’batlantiruvchilar mazkur daromadni bilib olishga qiziqmagan holda millatni kambag’allashishiga yo’naltirib buni boylik sari yo’l ochib berayapmiz degan holda halok etishayotganliklarini tushunishmaydi.
Sismondining fikricha, inqirozining asosiy sababi yalpi talab qisqarishi bilan bog’liq. Bir tomondan kapitalizm rivojlanishi sayin kichik ishlab chiqaruvchilarning xonavayron bo’lishiga, oqibatda iste’mol darajasi past bo’lgan ishchilarga aylantirib qo’yadi. Umumiy iste’molning pasayishi, kapitalistlar boyligi tomonidan kompensatsiya etilmaydi. Kichik savdogarlar, sanoatchilar yo’qolib boradi, va yuzlab kichik tadbirkorlar o’rnini, bitta yirik tadbirkor egallaydi.
Balki ularning barchasi yirik tadbirkor kabi boy bo’lmaydi, ammo umumiy holda, bitta yirik tadbirkorga nisbatan yuzlab kichik tadbirkorlar yaxshiroq iste’molchi bo’lishadi. Boshqa tomondan, kapitalistik ishlab chiqarish sohasining mexanizatsiyalashishi, ishsizlik darajasini oshirib, ish haqini minimum darajasigacha tushiradi. Sismondining fikricha mexanizatsiyalashtirilgan manufakturalar, o’z mahsulotiga nisbatan narxlarni arifmetik progressiyada tushirilishiga olib kelib, Shu bilan bir geometrik progressiyada qatorda ishchi kuchidan ozod bo’ladi.
Mazkur masalada Sismondi, Smit, Sey, Mal’tus va Rikardoning fikrlariga qarshi chiqadi. Biz doimiy ravishda Adam Smit tomonidan inkor etilgan davlat aralashuvini talab etamiz, deb yozadi u. Bunda davlatning asosiy vazifasi, kapitalizm rivojlanishining salbiy oqibatlarini tuzatishga qaratilgan ijtimoiy - iqtisodiy isloxotlar bo’lishi kerak. Buning oqibatida, aholining ko’plab qatlamlari aziyat chekishadi. Aynan mana Shu tajriba, biznining davlat tomnidan himoya etilishimiz zarurligini keltirib chiqaradi, va biz davlatni aralashishiga chaqirishimiz lozim.
Sismondining fikricha, davlat kapitalizmning keyingi rivojlanishini to’xtatishi kerak. Mavjud kapitalistik korxonalarda u bolalar mehnatini ta’qiqlash, ish kunini chegaralash, hamda ishchilarga kasaba uyushmalarini tashkillashtirishga ruxsat berishni taklif etib, bu holatlarning barchasi, tadbirkorlar hisobiga ijtimoiy sug’urtalar tizimi yaratilishiga olib kelishini (masalan kasallik varaqalari, nafaqa va turli to’lovlarni amalga oshirish) va kapitalistlar daromadidan ishchilarni ta’minlanishini aytib o’tgan. Mening istagim, deb yozgan edi u, sanoat ishchisi xo’jalik faoliyatiga biror kun hamkor bo’lishiga umid qilishdir.
Kelajakda u, kapitalistik korxonalarni kichraytirib, kichik tovar ishlab chiqarishga qaytishni taklif etgan, ya’ni shahar va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarilishi, ko’plab mustaqil korxonalarga bo’linib, alohida yirik tadbirkorlar qo’lida saqlanmasligi lozim, zero yirik tadbirkorlar yuzlab va minglab ishchilar hayotini boshqara olish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Download 23.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling