Klinik enzimologiya


Download 31.27 Kb.
bet3/3
Sana27.01.2023
Hajmi31.27 Kb.
#1133226
1   2   3
Bog'liq
fermenr

Enzimoterapiya – fermentlardan kasalliklarni davolashda
foydalanish:
1. Oshqozon-ichak yo‘lida tegishli bezlardan fermentlar kam ishlab
chiqarilganda (pepsin, pankreatin, festal, panzinorm).
2. Turli yiringli-yallig‘lanish jarayonlarini davolashda: tripsin,
ximotripsin va boshqalar.
3. Qon va boshqa suyuqliklarda ferment yetishmaganligida ferment
preparatlari yuboriladi.
4. Tomirlardagi tromblarni eritish uchun (insult, infarkt miokardda)
proteolitik fermentlardan foydalaniladi: fibrinolizin, brinaza, brinolaza
(aktinomitsetlardan), streptokinaza va urokinaza.
5. Zararli o‘simtalarni kompleks davolashda, masalan,
asparaginazalimfoblast leykozlarni davolashda qo‘llaniladi (bu hujayralar
asparaginning yetishmasligiga sezgirdirlar, chunki asparaginsintetaza
fermentini saqlamaydilar). Poliaminooksidaza eksperimental o‘smalarni
davolashda foydalaniladi (ular poliaminlarni oksidlovchi ferment
saqlamaydilar, shu sababdan to‘planishi vujudga keladi).
6. Ferment ingibitorlari o‘tkir pankreatit, artrit, allergik kasalliklarni
davolashda qo‘llaniladi. Xolinesteraza, karboangidraza,
monoaminooksidaza va proteolitik fermentlar ingibitorlaridan
foydalaniladi.


Fermentlardan analitik reagentlar sifatida laboratoriya tashxisida
qo‘llaniladi. Klinik va biokimyoviy laboratoriyalarda organik moddalarni
fermentativ usullar yordamida aniqlashdan muvaffaqiyat bilan
foydalanilmoqda. Fermentlardan foydalanish qon, siydik, to‘qima va
boshqa biologik materiallarda kam miqdordagi glyukoza, etanol,
siydikchil, siydik kislotasi, aminokislotalar, lipidlar, xolesterin,
nukleotidlar va boshqalarning miqdorini aniqlashga imkon beradi.
Glyukoza va boshqa uglevodlarni fermentativ aniqlash usullari spetsifik
fermentlardan foydalanishga asoslangandir. Glyukozani aniqlash uchun
quyidagi fermentlardan foydalaniladi:
a) glyukozoksidaza, glyukozani glyukon kislotasi va H2O2 gacha
oksidlaydi;
b) geksokinaza, ushbu reaksiyani katalizlaydi
glyukoza+ATF → glyukoza-6-fosfat+ADF
d) glyukoza – 6 – fosfatdegidrogenaza glyukozani NAD yordamida
glyukozolaktongacha oksidlaydi.
Glyukozani biomateriallarda glyukozoksidaza yordamida aniqlash
keng tarqalgan ferment usuli hisoblanadi. Glyukozaning miqdori haqida
eritmada kislorod konsentratsiyasining kamayishi yoki hosil bo‘lgan
H2O2 miqdori bo‘yicha tahlil qilinadi.
Etanolning miqdorini aniqlash alkogoloksidaza yoki
alkogoldegidrogenazadan foydalanishga asoslangan. Alkogoloksidaza
etanolning havo kislorodi bilan atsetaldegid va H2O2 gacha oksidlanishini
katalizlaydi.. Alkogol DG etanolni aldegid va NADH2 gacha oksidlaydi.
Keyingi yillarda etanolni aniqlashning fermentativ elektrod usuli
yaratilgan.
Siydikchilni aniqlash ureaza fermenti yordamida uning NH4+ va CO2
ga parchalanishiga asoslangan.. Ureaza eritmalaridan anilizatorlarda
foydalaniladi. Hosil bo‘lgan NH4 + ishqor ta’sirida gazsimon ammiakka
aylanadi va u NH3 ni sezuvchi elektrod yordamida aniqlanadi.
Shuningdek, fermentli membran elektrodlardan ham foydalaniladi,
ularda ureaza eritmasi dializ plenkalari orasiga joylashtiriladi.
Siydikchilni aniqlash uchun ikki fermentli sistemadan ham
foydalaniladi (ureaza-glutamatdegidrogenaza) va miqdoriy aniqlash
spektrofotometrda NADH2 ni aniqlashga asoslangan. Siydik kislotani
fermentativ aniqlash uning kislorod bilan allontoin va H2O2 gacha
urikaza ishtirokida oksidlanishiga asoslangan. Teshikli shishaga
immobillangan urikaza oqar mikroreaktorlarda ishlatiladi.
Aminokislotalarni aniqlash L-aminooksidaza fermentlaridan
foydalanishga asoslangan. Ular aminokislotalarni havo kislorodi
yordamida ketokislota, H2O2. va NH3 gacha oksidlaydi. Bu jarayon
elektrokimyoviy usulda aniqlanadi. Hozirgi vaqtda laktat, piruvat, 3 – oksibutiratlarni NADH2 konsentratsiyasining o‘zgarishiga qarab
spektrofotometrik yoki elektrokimyoviy aniqlash usuli ishlab chiqilgan.
Glitserinni aniqlash uchun glitserinkinaza, glitserin-3-
fosfatdegidrogenaza usullari qo‘llaniladi. Lipid va fosfolipidlarni
topishda birinchi bosqichda spetsifik lipaza va fosfolipaza
fermentlaridan foydalaniladi. Xolinfosfatidlarni spetsifik tahlil usuli
xolinoksidaza fermentini qo‘llashga asoslangan. Uning yordamida xolin
betain va H2O2 ga parchalanadi. Vodorod peroksidi peroksidaza usuli
bilan topiladi. Xolesterinni fermentativ aniqlash usullari
xolesterinoksidazadan foydalanishga asoslangan, u xolesterinni xolestan
– 4 – ona – 3 va H2O2 gacha oksidlaydi. Oxirgi mahsulot polyarografik, spektrofotometrik, fluorimetrik, xemilyuminessent usulida aniqlanadi.
Fermentlar bilan xolesterin aniqlaganda usulning sezuvchanligi va spetsifikligini oshiradi, shuningdek tekshiruv o‘tkazishni
soddalashtiradi. Spesifik degidrogenaza va diaforaza qon plazmasida
1mkMgacha o‘t kislotalarini fluorimetrik indikatsiya qilishga imkon beradi.
Ferment usullari NAD, NADF, FMN va ATF miqdorini topishga
imkon beradi. NAD miqdorini aniqlash uchun LDG fermenti
qo‘llaniladi. Bakterial ferment lyutsiferaza NAD, FMN, ATF miqdorini
aniqlash uchun foydalaniladi. Guaninnukleotidlarni fermentativ tahlili spetsifik nukleotidkinazalar yordamida o‘tkaziladi, oxirgi mahsulot NADF yoki ATF miqdori aniqlanadi.
Download 31.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling