Klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari


EChT ortishi (tezlashishi) kuzatiladi


Download 3.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/93
Sana14.07.2023
Hajmi3.04 Mb.
#1660254
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   93
Bog'liq
klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari

EChT ortishi (tezlashishi) kuzatiladi:
• o ‘tkir va surunkali infeksiyalarda;
• to‘qimalar yallig‘lanishi va nekrozida;
• biriktiruvchi to ‘qima kasalliklarida;
• anemiyalarda;
tuberkulez;
• buyrak kasalliklari;
• surunkali aktiv gepatit, jig ar sirrozida;
• shok, travmalar, operatsiya muolajalarida;
• intoksikatsiyalar, kimyoviy birikmalar bilan zaxarlanganda;
• xavfli o ‘smalarda;
• paraproteinemik 
gemoblastozlarda 
(mielom, 
Valdenstrem 
kasalligi va x.k );
gipertireoz, gipotireozda;
• xomiladorlik, tug'ruqdan keyin, menstruatsiya vaqtida;
• dori preparatlari ta'sirida (morfm, metildopa, vitamin A, peroral 
kontratseptivlar).
EChTpasayishi (sekinlashishi)kuzatiladi:
eritrotsitozlarda;
• qon aylanishining surunkali yetishmovchiligida;
34


• anafilaktik shokda.
EChT mustaqil diagnostik simptom bo‘lib xisoblanmaydi, lekin 
jarayonning faolligi xaqida ma'lumot beradi. EChT doimam faollikning 
boshqa ko‘rsatkichlari bilan birga paraiel o ‘zgarmaydi. U masalan, 
appenditsit yoki miokard infarktida leykotsitoz va t° ko‘tarilishidan 
kechroq paydo bo‘ladi, ularga nisbatan sekinroq normallashadi. EChT ni 
klinik baxolaganda uni kasallik dinamikasida, davolash davrida 
o‘zgarishi ahamiyatga ega.
Normal EChT kasallikni istisno qilmaydi, lekin sog‘lom odamlarda 
EChT yuqori bo‘lmaydi.
Trombotsitlar (thrombocytus)
Norma 180-320x109/l (200-400x109/l)
Trombotsitlar (qon plastinkalari) - 2 -4  mkm diametrli, yadrosiz 
xujayralar bo‘lib,suyak ko‘migi megakariotsitlar sitoplazmasining 
«qoldiqlari» xisoblanadi.
Trombotsitlar morfologiyasi
Sog‘lom 
odam 
qoni, 
yorug1 lik 
mikroskopida 
ko‘rilganda 
(Romanovskiy - Gimza usuli bilan bo‘yalganda) trombotsitlaming 
to‘rtta asosiy guruxi farqlanadi:
1. Normal (yetilgan) trombotsitlar (87,0 ± 0,13 %) - dumaloq yoki 
oval shaklda diametri 3-4 mkm; och-xavorang tashqi zonasi (gialomer) 
va markaziy azurofil donali (granulomer) zonasi bor.
2. Yosh (yetilmagan) trombotsitlar (3,20 ± 0 ,1 3 %), bir nechta 
yirik o ‘lchamli, bazofil sitoplazmali, azurofil granulyasiya (mayda va 
o‘rta) ko‘proq markazda joylashadi.
3. Eskirgan trombotsitlar (4,10 ± 0,21 %) dumaloq, ovalnoy, 
tishsimon shaklli, to‘q rangli «sitoplazmaning» ingichka xoshiyasi bilan, 
ko‘plab qo‘pol granulyasiya saqlaydi, ba'zan vakuolalar kuzatilishi 
mumkin.
4. Q o‘zg‘algan shakllari (2,50 ± 0,1 %) yirik o ‘lchamli, 
cho‘zinchoq, kolbasasimon, dumli, «sitoplazma» si xavorang yoki 
pushti, azurofil donadorligi yoyilgan yoki notekis tarqalgan.
Trombotsitlar gialomeri (plastinka asosi) uch qavatli membrana 
bilan cheralarangan. Xujayra membranasi invaginatsiyalaydi va ko‘plab 
kanallar to‘riga birikadi (ochiq kanal tizimi - OKT), ular trombotsitlar 
ichida zich to‘r xosil qiladi. Tashqi xujayra qobig‘i va OKT,
35


trombotsitlar adgeziya va agregatsiyaisda muxim rol o‘ynovchi 
glikoproteinlar bilan to ‘yintirilgan.
Trombotsitlar sitoplazmasida 4 xil, turli struktura, shakl va 
o ‘lchamga ega granulalar bor, ular qon plastinkasida bir tekis 
taqsimlangan yoki ko‘pincha markazida to‘plangan (granulomer). Ko‘p 
miqdordagi a-granulalar, koagulyasiya, yallig‘lanish, immunitet va 
reparatsiya mexanizmlarida qatnashuvchi trombotsitospetsifik peptidlar 
tutadi. Lizosomal granulalar gidrolitik fermentlar, peroksisomalar esa -
katalaza tutadi.

Download 3.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling