Klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari
Retikulotsitlar (reticulocytus)
Download 3.04 Mb. Pdf ko'rish
|
klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Retikulotsitlarni xisoblash usullari
- Bo ‘yoq oynasida
Retikulotsitlar (reticulocytus)
Norma 0,5-1,2% (3 0 -7 0 x l0 9/l) Retikulotsitlar morfologiyasi va vazifalari Retikulotsitlar - yosh eritrotsitlar bo‘lib, normoblastlar yadrosini yo‘qotganidan so‘ng paydo bo‘ladi. Retikulotsitlar supravital bo‘yalganda namoyon bo‘luvchi, donali-to‘rli substansiyaga ega. 38 Donali-to‘rli strukturalar endoplazmatik to‘r, RNK saqlovchi ribosoma va mitoxondriya qoldiqlarini tutishi elektron-mikroskopik aniqlangan. Retikulotsitlarda ma'lum darajada oqsil (globina), gem, purinlar, pirimidin nukleotidlari, fosfatidlar, lipidlar sintezlanadi, lekin RNK sintezlanmaydi. 2 kun davomida retikulotsit qonda aylanadi, keyin RNK si kamaygan sayin yetilgan eritrotsitga aylanadi. Oddiy gematologik usullarda bo‘yalgan surtmalarda, retikulotsitlar kulrang-pushti rangda - polixromatofil. Retikulotsitlarni xisoblash usullari Xozirgi kunda retikulotsitlarni xisoblashni unifitsirlangan usuli, brilliant krezil ko‘ki, azur I yoki azur II bilan bo‘yalgandan keyin,bevosita oyna yoki prbirkada sanash keng qo‘llaniladi. 1. Usul prinsipi. Eritrotsitlarni ishqoriy bo‘yoqlar bilan bo‘yagandan so‘ng, donali-to‘rli substansiyasini aniqlash va sanash. 2. Reaktivlar: a) brilliant krezil ko‘kining absolyut spirtda to‘yintirilgan eritmasi (absolyut spirt tayyorlash uchun 96% li etanolni mis kuporosi kukunida ushlab turish kerak ) 100 ml spirtga 1,2 g bo‘yoq; b) azur I eritmasi: azur I - 1 g, ammoniy oksalat - 0,4 g, natriy xlorid - 0,8 g, etil spirti 96% - 10 ml, distillangan suv - 90 ml. Eritmani yopiq flakonda, 2-3 kunga termostatga 37 °S ga, ko‘yiladi va vaqti-vaqti bilan chayqatib turiladi. Keyin xona temperaturasigacha sovutiladi va qog‘ozli filtrda filtrlanadi. Eritma qora shishali idishda saqlanadi. Quyqa xosil bo‘ladigan bo‘lsa, eritma qaytadan filtrlanishi kerak; v) azur II eritmasi: azur II - 1 g, natriy sitrat - 5 g, natriy xlorid - 0,4 g, distillangan suv - 45 ml. Eritma termostatda 37 °S da 2 sutkaga qoldiriladi, vaqti-vaqti bilan chayqatib turiladi. Erishini tezlatish uchun bo‘yoqni kuchsiz olovda 15-20 min davomida, qaynashgacha olib bormasdan qizitish mumkin. Xona temperaturasigacha sovutiladi va filtrlanadi. Eritma qora shishali idishda saqlanadi 3. Bo ‘yoq oynasida: • yaxshilab yuvilgan va yog‘sizlantirilgan buyum oynasi gorelka alngasida qizdiriladi. Shisha tayoqcha bilan oynaga bo‘qlardan biri tomiziladi va silliqlangan oynali bo‘yoqdan sutma tayyorlanadi. Oynaning o ‘sha tomoni steklograf bilan markerlanadi. Oynani bu 39 xolatda ko‘plab tayyorlab qo‘yish va quruq salqin joyda saqlash mumkin; • shu usulda tayyorlangan oynaga, qon tomchisi tomiziladi, yupqa surtma tayyorlanadi va shu zaxoti nam kameraga joylashtiriladi. Buning uchun chetlariga ozgina xo‘llangan marli yoki paxta valiklari qo‘yilgan, qopqoqli Petri kosachasidan foydalaniladi; • nam kamerada surtma 3-5 min davomida ushlanadi, so‘ngra xavoda quritiladi. Zemisto-setchataya retikulotsitlaming donador-to‘rli substansiyasi, eritrotsitlaming yashil-xavorang fonida aniq ajralib, siyoxrang-ko‘k rangga bo‘yaladi. Download 3.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling