Klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari


Peshob klinik taxlili


Download 3.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/93
Sana14.07.2023
Hajmi3.04 Mb.
#1660254
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   93
Bog'liq
klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari

43


Peshob klinik taxlili
Pesltob 
(urina) 
-
tarkibida 
organizmdagi 
moddalar 
almashinuvining oxirgi maxsulotlarini ajratuvchi, biologik suyuqlik. 
Peshob buyrak koptokchalarida qon plazmasining filtratsiyasidan va 
plazmadagi ko'plab erigan moddalaming, kanalchalarda suvning qayta 
qo‘rilishidan xosil bo'ladi.
Peshob xosil bo‘Iish mexanizmi
I bosqich - qon plazmasining nefronning kapillyar koptokchalarida 
so‘rilishi va utrafiltrat xosil bo‘lishi.
II bosqich - nefron kanallarida suv, ionlar, glyukoza va boshqa 
moddalar reabsorbsiyasi, siydik kislota, N+-ionlari va x.k sekretsiyasi.
Peshobni tekshirish shifokorga tashxis qo‘yish va kasallik 
kechishini kuzatish uchun kerak. Buyrak va siydik y o ilarid a kechuvchi 
turli xil patologik jarayonlar siydik xossalarida namoyon boMadi. 
Bundan tashqari, organizm jaroxatlanganda, almashinuvning turli qoldiq 
mvxsulotlari qonga tushadi, buyraklar bilan ajralib, peshob orqali 
chiqariladi. Ulaming aniqlanilishi muxim diagnostik axamiyatga ega.
Peshobni tekshirish fizik xususiyatlari, kimyoviy tarkibini aniqlash 
va peshob cho‘kmasini mikroskopik o ‘rganishdan iborat.
Tekshirish uchun tashqi jinsiy a'zolari tozalangandan so‘ng, 
ertalabki (konsentratsiyalangan) peshobning xamma porsiyasi olinadi. 
Peshob toza, yog‘sizlantirilgan, quruq idishga yig‘iladi, sovuq joy da 
saqlanishi kerak. Mikroskopik tekshiruv, siydik olinganidan keyin 2 soat 
ichida o ‘tkazilishi kerak.
Peshobning fizik xususiyatlari
M iqdori
Oddiy, aralash ovqatlanishdagi, katta odamda, peshobning sutkalik 
miqdori - sutkalik diurez (diuresis) 800 - 1500 ml atrofida tebranib 
turadi. Bolalarda 2-3ml/tv ga soatiga to ‘g‘ri keladi. Sutkalik diurezni 
aniqlash uchun, sutka davomida qabul qilinayotgan suyuqlik miqdori va 
peshob miqdori taqqoslanadi. Normada qabul qilinayotgan suyuqlik 
xajmidan 60-80% i chiqariladi.

Download 3.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling