Klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari


Limfotsitoz - limfotsitlar sonining ortishi - K o‘p kasalliklarda, xatto sog‘lom insonlarda ham uchrashi  mumkin. Absolyut


Download 3.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/93
Sana14.07.2023
Hajmi3.04 Mb.
#1660254
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   93
Bog'liq
klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari

Limfotsitoz - limfotsitlar sonining ortishi -
K o‘p kasalliklarda, xatto sog‘lom insonlarda ham uchrashi 
mumkin. Absolyut va nisbiy limfotsitoz farqlanadi.
Absolyut limfotsitoz xarakterli:
• 0 ‘tkir va surunkali limfoleykozga (70-90 %);
• virusli infeksiyalar,infeksion mononukleoz sindromi;
• bakterial infeksiyalar (qizamiq, qizilcha, qoqshol, tuberkulez);
• yurak qon-tomir yetishmovchiligi; revmatoid artrit;
• tireotoksikozda va x.k.
Nisbiy limfotsitoz gripp, vimsli gepatitda, qorin tifida, sifilis, 
toksoplazmoza, malyariya, o ‘tkir infeksion kasalliklardan tuzalish 
davrida.
Limfotsitopeniya kuzatiladi:
nur kasalligida;
30


• limfatik apparatni tizimli zararlanishlarida (limfogranulematoz, 
limfosarkoma);
• OITSda - spetsifik simptom;
• kortikosteroid terapiya ta'sirida, immunodepressantlar qabul 
qilganda.
Monotsitlar (monocytus)
Norma: 3-11 % (0,090-0,600 x 109/1)
Monotsitlar - noto‘g‘ri shakldagi yadroga ega, eng yirik xujayralar 
(diametri 20 mkm ga yaqin). Boshqa leykotsitlar bilan taqqoslaganda 
monotsitlar sitoplazmasi, kulrang-xavorang bo‘lib, katta joyni egallaydi; 
yadro atrofida dumaloq yorug‘lik yo‘q.
Qonda monotsitlar qisqa vaqt bo‘ladi, keyin to‘qimalarga o ‘tadi va 
makrofaglarga transforatsiyalanadi, katta miqdordagi lizosomalar, 
fagosoma, fagolizosomalari paydio bo‘ladi. Mononuklear fagotsitlarning 
vazifasi -
organizmning turli ximoya reaksiyalarida ishtirok etish, 
(qisman gumoral va xujayra immunitetida xam) qon xosil bo‘lishiga 
ta'sir etuvchi, turli omillar ishlab chiqarish. Tarkibida yuqori miqdorda 
lipaza 
saqlagani 
uchun, 
monotsit 
makrofaglar 
lipid 
qobiqli 
mikroorganizmlarga faol ta'sir qiladi.
Monotsitoz -  monotsitlar sonining ortishi - immun jarayonlar 
rivojlanish ko‘rsatkichi bo‘lib xisoblanadi, faqat absolyut monotsitozda 
(neytropeniya xisobiga emas).
Quyidagi xolatdarda kuzatiladi:
• qator infeksion kasalliklarda (sepsis, tuberkulez, malyariya, 
sifilis, infeksion endokardit, sarkoidoz, nospetsifik yarali kolit);
• biriktiruvchi to ‘qimaning sistemali kasalliklarida (revmatizm, 
SQV), 50 % xollarda - sistemali vaskulitda;
• qon kasalliklarida (o‘tkir va surunkali monotsitar leykoz, ba'zan 
- limfogranulematozda).
Monotsitlarning 
absolyut 
miqdori 
ortishi 

infeksion 
mononukleozda kuzatiladi.
Monotsitopeniya - monotsitlar sonining kamayishi -
Quyidagi xolatdarda kuzatiladi:
• qorin tifining gipertoksik shaklida va boshqa infeksiyalarda;
31


• glyukokortikosteroidlar ta'siri natijasida yuzaga kelgan, aplastik 
anemiyalar
• og‘irseptikxolatlar;
Leykotsitar formula xisoblanganda faqatgina miqdoriy siljishiga 
emas, shaklli elementlaming sifatiy o ‘zgarishlariga xam e'tibor berish 
kerak.
Boshqa xujayra elementlaridan ahamiyatga ega:

Download 3.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling