• sog‘lom odamda degidratatsiyada (kuchli jismoniy zo‘riqishda,
issiq iqlimda ishlaganda) to‘satdan siydik rN tushganda va nisbiy
zichligi ortganda:
•
barcha
buyrak
kasalliklarida,koptokchali
proteinuriyada
(glomerulonefrit, infeksion va allergik faktorlar ta'sirida, yurak faoliyati
dekompensatsiyasida);
• homiladorlar nefropatiyasida;
•
isitma chikkanda;
• og‘ir metal tuzlari bilan zaharlanganda.
Mumsimon silindrlar. Konturlari aniq, gomogen strukturali ,
sariq
rangli bo‘ladi. Quyidagilarda xarakterli:
• xar xil genezli nefrotik sindrom
•
amiloidoz;
• epitelial kanallaming surunkali shikastlanishi
hujayraviy silindrlarda (epitelial, eritrotsitar va leykotsitar)
eritrotsit,
leykotsit, epiteliylar yopishib qolgan oqsil asoslari bilan
qoplangan.
Epitelial silindrlar uchraydi:
• glomerulonefrit;
• amiloidoz;
• og‘ir metallar, salitsilatlar, etilenglikol bilan zaharlanishlarda .
Eritrotsitar silindrlar uchraydi:
• buyrak genezli gematuriyada (glomerulonefrit, buyrak infarkti,
buyrak venasi trombozi).
Leykotsitar silindrlar xarakterli:
• Buyrak genezli leykotsituriyada (pielonefrit, yugurigli nefrit).
Donador silindrlar. Konturlari aniq bo‘lib, qattiq donador
massadan tashkil topgan.
Parchalangan eritrotsitlar, leykotsitlar yoki
hujayra epiteliylaridan tashkil topgan vaquyidagi holatlarda uchraydi:
• kanalchalarning og‘ir degenerativ zararlanishida;
• nefrotik sindromda;
• pielonefritda.
Biroq og‘ir buyrak jarayonlarida va
yaqqol silindruriya orasida
aniq bog‘liqlik kuzatilmaydi.
Buyrak silida silindruriya kamdan-kam hollarda kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: