Klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari
Download 3.04 Mb. Pdf ko'rish
|
klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Neybauer sinamasi
- Peshob qoldig‘ini mikroskopik tekshirish
Florans
sinamasi (vodorod xlorid kislota bilan) 8 - 1 0 tomchi oltingugurt kislotasi aralashtirilgan 8-10 ml siydikka 2- 3ml dietilefir quyiladi va aralashtiriladi. Uni to‘yingan xlorid kislota eritmasi ustiga tushuriladi. Siydikda urobilin tanachalari bo‘lsa, suyuqliklar orasida pushti halqa hosil bo‘ladi. Bu sinama juda sezgir bo‘lib siydikda Mrobilin normada bo‘lganda ham musbat natija beradi. Neybauer sinamasi (reaksiya dimetilaminobenzaldegid bilan reaksiyasi) Sinamani o'tkazish uchun Erlix reaktivi tayyorlanadi (2 g paradi-metilaminobenzaldegid 100 ml 20% xlorid kislota eritmasida eritiladi). 3-4 ml siydikka 3-4 tomchi Erlix reaktivi qo‘shiladi (1 ml siydikka bir tomchi). Birinchi 30 sek suyuqlikni qizil rangga bo‘yalishi siydikda urobilinogen miqdorini oshganligidan darak beradi, agar 30 sekund tugashi bilan bo‘yalsa siydikda normada, 30 sekunddan keyin rangi o ‘zgarmasa urobilinogen normada yoki siydikda umuman yo‘qligini aytish mumkin. Bilirubin va gemoglobin urobilin tanachalarini aniqlashga to‘sqinlik qiladi, shuning uchun ulami taxminan yo‘qotish kerak: buning uchun 10-12ml siydikka 5-6 ml bariy xlorid eritmasi qo‘shiladi. Aralashma filtrlanadi, keyin filtrat bilrubin to‘liq cho‘kkanligiga tekshiriladi va agar birinchisida cho‘kish to ‘liq bo‘lmagan b o isa muolaja yana qaytariladi. Peshob qoldig‘ini mikroskopik tekshirish Siydik qoldig'ini mikroskopik tekshirish oddiy orientirlangan va miqdoriy usullar yordami bilan aniqlanadi. Ular qatoriga bir qancha maxsus tekshirish usullari kiradi. M o‘ljalli metod Birinchi ertalabki siydik mikrkshiriladi • 10 ml siydik sentrafuga probirkaga joylashtiriladi va 5 min davomida 2000 ob/min da sentrafugalanadi; 64 • Qoldiq usti suyuqligi to ‘kilib,qolgan kam miqdordagi siydik cho‘kmasi suspenziya qilinadi, buyum oynasiga qo‘yilib, oyno yopiladi, yuzasi bo‘yicha teng taqsimlanadi • Shaklli elementlar, silindrlar, tuz kristallarini sifat va miqdoriy baholash uchun pasaytirilgan kondensir bilan avval kichik kattalashtirgichda (okulyar x8), keyin kattasida (okulyar x40)ko‘riladi. • Shaklli elementlaming topilgan ko‘ruv maydonida miqdorining oshishi natijani ifodalaydi. Siydik cho‘kmasi elementlari mikroskop ostida ko‘rilganda noorganik(turli tuzlar) organik (keton elementlari va silindrlar)ga bo‘linadi. Download 3.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling