Jigarrang balg'am (shokolasimon) abssessda, bronxoektazda,
plevra yempiemasi yorilganda bronx orqali
anaerob bakteriyalarnig
gemosiderin fermenti ajralishi natijasida kuzatiladi.
Zangsimon
balg‘am
krupoz
pnevmaniyada
eritrotsitlaming
parchalanib gematinning paydo bo‘lishi va alveolalarga kirishi bilan
bog‘liq
Balg'amning rangi vino, kofe, dori preparatlari
va boshqalar bilan
ham bog‘liq bo‘lishi mumkin
Surunkali bronxit, o ‘pka tuberkulezida balg‘am 25-100 ml
ajralishi mumkin.
Konsistensiyasi
Balg‘am suyuq, cho‘ziluvchan, dildiroq, yopishqoq konsistensiyali
boMishi mumkin. Balg‘amning yopishqoqligi
tarkibidagi mikro-
organizmlar, proteolitik fermentlami balg‘amni parchalash qobiliyati
bilan bogMiq.Bronxlarda yallig‘lanish jarayoni kuchayganda oqsillar,
leykotsitlar, patogen mikroorganizmlar umumiy
miqdorini oshishi bilan
bir qatorda balg‘amning suyulishi kuzatiladi.
Xarakteri:
Seroz, shilliq, shilliq yiring, seroz-yiring,
qonli va astmatik
balg‘am ajratiladi.
Balg‘am xarakteri rangini mikroskopik tekshirilganda aniq
qo‘yiladi.
Shilliqli balg ‘am odatda rangsiz yoki biroz oq, yopishqoq bo ‘ladi.
0 ‘tkir bronxitda,
yuqori nafas yoMlari katarida, bronxial a stma xuruji
to‘xtaganda kuzatiladi.
Seroz balg'am rangsiz, suyuq, ko‘pikli bo‘iadi, o ‘pkaning o ‘tkir
shishida kuzatiladi
Seroz-yiringli balg'am sariq yoki yashil rangli yopishqoq,
surunkali bronxit,traxeit, bronxopnevmaniyada hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: