Klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari
Tolali hosilalar, elastik tolalar
Download 3.04 Mb. Pdf ko'rish
|
klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kristal hosilalar
Tolali hosilalar, elastik tolalar
Elastik tolalar biriktiruvchi to ‘qima elementlari boMib,balg‘amda o ‘pka to ‘qimasi yemirilganda paydo boMadi: o ‘pka tuberkulezi, raki, abssess, gangrena va exinokokkozda. Elastik tolalar ingichka yaltiroq, ikki konturli, o ‘tkir tolalar shaklida, kengligi bir xil. Ularni balg‘amni har tomchisida aniqlab boMmaydi, oson topish uchun ularni konsentratsiyalash va bo‘yash usullari qoMlaniladi, bunda elastik tolalar saqlanib qolib, och qizil rangda ajralib turadi. 78 Korallsimon tolalar yog‘ kislota tuzlari bilan qoplangan elastik tolalar.Bu tolarni balg‘amda aniqlanishi sil kavernasi borligidan dalolat beradi. Oxakli elastik tolalar - dag‘al, kalsiy tuzlari bilan to‘yingan, tayoqchasimon hosilalar. Sil o ‘chog‘i parchalanganda balg‘amda aniqlanadi. Fibrin to‘rsimon joylashgan paralle ingichka tolalardan iborat. Balg‘amda fibrinlar ko‘pincha yalligianish jarayonlarida (fibrinoz bronxit, tuberkulez, aktinomikoz, krupoz pnevmoniya)kuzatiladi. Kurshman spirallari shilliq har xil o ‘lchamdagi hosilalar. Kurshman spirallari mikroskopik shilliq spiralsimon yumoloqlashgan leykotsitlar va Sharko-Leyden kristallaridan tashkil topgan.. Kurshman spirallari ko‘pincha bronxial astmada, shuningdek boshqa patalogik jarayonlarda (har xil bronxitlar, pnevmoniya, abssesse, o ‘pka raki), obstruktiv komponentlarda kuzatiladi. Kristal hosilalar Sharko-Leyden kristallari har xil o ‘lchamdagi rangsiz, oktaedr shaklda bo‘lib, kompas strelkasini eslatadi. Ular eozinofillar parchalanganda oqsil mahsulotlaridan hosil bo‘ladi, shuning uchun yangi ajralgan balg‘amda har doim ham aniqlanmaydi. Bronxial astma, eozinofil bronxit, o ‘pkaning gelmintlar bilan zaralanishida bu kristallar xarakterli hisoblanadi. Gematoidin kristallari nekrotik to‘qirnalarda qon quyilganda uchraydi (gemoglobinning kislorodsiz muhitda parchalanishidan). Bu o‘tkir uchli rombsimon kristallar sarg‘ish rangda. Absessda ba'zida o ‘pka gangrenasida balg‘amda topiladi. Xolesterin kristallari rangsiz, to‘g ‘ri burchakli ko‘rinishda bo‘ladi, yopiq bo‘shliqlarda (abssess, tuberkulez, exinokokkoz) yog‘ning parchalanishi natijasida hosil bo‘ladi. Yog‘ kislota kristallari - bo‘shliqlarda balg‘amning turib qolishi natijasida (tuberkulez, abssess, bronxoektaz) yuzaga keladi. Download 3.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling