Klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari


Ichak disbakteriozi diagnostikasi uchun qo‘llaniladi


Download 3.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/93
Sana14.07.2023
Hajmi3.04 Mb.
#1660254
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   93
Bog'liq
klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari

Ichak disbakteriozi diagnostikasi uchun qo‘llaniladi:
koprogramma - ovqat komponentlarini ichakda hazm bo‘lish 
darajasini, yana yallig‘lanish belgilari bor yoki yo ‘qligini ko‘rsatadi;
shartli patogen floraga axlat posev analizi, normal flora 
ko‘rsatkichi 
hisoblanmaydigan 
«neytral» 
bakteriyalar 
darajasini 
ko‘rsatadi;
disbakteriozga axlat ekish - usuli, normal va shartli patogen 
miqdori, shuningdek ularning xar xil dori moddalarga sezuvchanligi 
aniqlanadi. Axlat analizining yig‘ish sharoiti muxim ahamiyatga ega: 
havoda va xona haroratida uzoq saqlanmasligi va yangi yig‘ilgan 
bo‘lishi kerak, shuningdek yetarli miqdorda(5-10grdan kam emas).
82


Disbakteriozga axlat analizi topshirishda normal flora preparatlarini 
qabul qilishni to ‘xtatish kerak.
Norma 
va 
patologiyada 
kislota-asos 
holati. 
Buyrakning 
patobioximiyasi. Suv-elektrolit almashinuvi , uni boshqarilishi va 
buzilishi
Organizmda metabolik sistema konsentratsiyasi mavjud, vodorod 
va gidrooksil ionlari ishlab chiqarilishi va yutilishi, yana bufer moddalar 
o ‘zgarishi kislota asos holati deyiladi.
Fiziologik jarayonlami to ‘xtovsiz kechishi, hamda patologik 
holallar yuzaga kelishi bioximik reaksiyalar aktivligi va tezligini 
o ‘zgartiradi. Fiziologik jarayonlar xarakteriga barcha biologik muhitlar 
kislota-asos sistemasiga ta'sir ko‘rsatadi.
Amaliy tibbiyotda ximik tarkibi oson nazorat qilinganligi sababli 
qon va siydikda kislota-ishqor holati ko‘proq o ‘rganilgan.
Plazma KAH korreksiyasida moddalar simptomatik, o ‘rin 
bosuvchi va patogenetik davolash yo‘llari bilan yuboriladi, organizm 
asosiy funksiyalari xarakteriga ta'sir qilishi mumkin. Organizmda 
suvning asosiy biologik va fiziologik ahamiyati reaksiyalarda ishtirok 
etadi, termoregulyasiya jarayonlarida, muhitlar uchun va boshqa BAM 
larni aralashtirishda energiya manbai bo‘lib xizmat qiladi. Natriy kationi 
organizm muhitlarida faol aralashadi va kompensatsiya jarayonlarida 
gomeostaz siljishiga qatnashadi.
Na+ va suv balansining buzilishi bilan bog‘liq holatga disgidriya 
deyiladi. Uning laborator diagnostikasi osmotik bosim parametrlariga, 
plazmada natriy 
kationi 
darajasiga, 
qon quyuq 
va suyuqligi 
ko‘rsatkichiga (gematokrit darajasiga, plazma oqsil konsentratsiyasiga), 
diurez hajmiga, siydik nisbiy zichligining soniga va tarkibidagi natriyga 
tayanadi. Klinik simptomlar laborator diagnostika ob'ektiv ma'lumotlari 
bilan birga amaliyot vrachiga disgidriya turini va bu holatlar 
korreksiyasini asoslashga yordam beradi.

Download 3.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling