Klinik va biokimyoviy tekshiruvlarning mohiyati va turlari. Biokimyoviy tahlilda qon ko'rsatgichlari


Download 294.4 Kb.
bet8/11
Sana03.12.2023
Hajmi294.4 Kb.
#1797957
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
klinik va biolkimyoviy tekshiriv usullari

Siydikchil (Mochevina)

Siydikchil (Mochevina) - oqsil modda almashinuvining oxirgi mahsuloti. Organizmda asosan jigarda hosil bo‘ladi va siydik orqali chiqariladi. Mochevina jigarda ammiakdan ishlab chiqiladi va siydikni konsentratsiyalanishi jarayonida ishtirok etadi. Organizm uchun zaharli bo‘lgan ammiak mochevinani sintezlanish jarayonida zararsizlanadi. Mochevina buyrak orqali organizmdan chiqarilib yuboriladi. Qondan mochevinani ajralishi qiyin bo‘lsa, bu buyrakning ajralishi faoliyati buzilganligidan dalolat beradi.


Referens ko‘rsatkichlari :

Kattalarda:

1,7 – 8,3 mmol/l

Chaqaloqlarda:

1,4 – 4,3 mmol/l

Mochevina miqdorining o‘zgarishi bilan kechadigan kasalliklar va holatlar :

Mochevina miqdorining qon zardobidagi o‘zgarishlar:

Ko‘tarilishi

Kamayishi

Buyrak retension azotemiyasi
(buyrak ajratish funksiyasi)

  • glomerulonefrit;

  • buyrak amiloidozi;

  • pielonefrit;

  • buyrak sili;

  • nefrotoksik preparatlarni qabul qilish.

Retension azotemiya:
(buyrak gemodinamikasini buzilishi):

  • yurak yetishmochiligi;

  • ko‘p qon yo‘qotish;

  • shok;

  • ichak tutilishi;

  • kuyish;

  • siydik chiqarish yo‘lidagi buzilishlar;

  • degidratatsiya.

Produksion azotemiya
(oqsillar katabolizmi kuchayganda mochevinani qonda ko‘payishi):

  • kaxeksiya;

  • leykoz;

  • xavfli o‘smalar;

  • glyukokortikoid, androgenlarni qabul qilganda;

  • isitmalash;

  • kuchli jismoniy zo‘riqish;

  • oqsilga boy bo‘lgan taomlardan oziqlanish.

  • Jigar faoliyatining buzilishi (mochevina ajralishining buzilishi);

  • Fosfor va mishyaklar bilan zaharlanishi;

  • homiladorlik;

  • oqsilsiz vegetarian parhez,ochlik;

  • akromegaliya;

  • malabsorbsiya sindromi;

  • gipergidratatsiya;

  • dializdan keyingi holat.




Siydik kislota
Referens ko‘rsatkichlari :

Erkaklar:

202 – 416 mkmol/l

Ayollar:

142 – 339 mkmol/l



Siydik kislotasi miqdorining o‘zgarishi bilan kechadigan kasalliklar va holatlar :

Siydik kislotasi miqdorining qon zardobidagi o‘zgarishlar:

Ko‘tarilishi (giperurikemiya)

Kamayishi

  • podagra;

  • Lesha-Nixana sindrom (gipoksantin-guanin fosforibozil-transferaza - GGFT fermentining genetik o‘zgarishdagi yetishmovchiligi)

  • leykozlar, limfoma;

  • buyrak yetishmovchiligi;

  • homiladorlar toksikozi;

  • davomiy ochlik;

  • alkogol iste’moli;

  • salitsilat, diuretik, sitostatiklarni qabul qilganda;

  • fiziologik ko‘tarilishi (kuchli jismoniy zo‘riqish, purin asoslariga boy parhez);

  • oilaviy idiopatik gipourikemiya;

  • onkologik kasalliklarida katabolik jarayonlarining tezlashishi;

  • V12- yetishmovchiligi kamqonligi.

  • Konovalova - Vilsona sindromi (gepatotserebral distrofiya);

  • Fankoni sindrom;

  • allopurinola, rentgenokontrastnыx moddalar, glyukokortikoid, azatioprin vositalarni qabul qilganda;

  • ksantinuriya;

  • Xodjkina kasalligi;

  • Buyrak proksimal kanali nuqsonida;

  • Purin miqdori kam bo‘lgan parhez.



Kreatinin


Referens ko‘rsatkichlari :

Erkaklar:

53 – 97 mkmol/l

Ayollar:

44 – 80 mkmol/l

1-4 kunlik chaqaloqlar :

27 – 88 mkmol/l

Bir yoshgacha bo‘lgan bolalar:

18 – 35 mkmol/l

Bolalar:

27 – 62 mkmol/l

Kreatinin miqdorining o‘zgarishi bilan kechadigan kasalliklar va holatlar:

Kreatinin miqdorining qon zardobidagi o‘zgarishlar:

Ko‘tarilishi

Kamayishi

  • O‘tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi;

  • akromegaliya va gigantizm;

  • nefrotoksik preparatlar (simob birikmalari, sulfanilamidlar, tiazidlar, , aminoglikozid guruhidagi antibiotiklar, sefalosporin va tetrasiklinlar, barbituratlar, salitsilatlar, androgenlar, simetidin, trimetoprim-sulfometoksazol);

  • mushaklarning mexanik, jarrohlikdan keyingi shikastlanishi;

  • uzoq ezilish sindromi;

  • nur kasalliklar;

  • o‘zgaruvchan ko‘tarilishi: qon tarkibidagi endogen metabolitlarning o‘zgarishi (glyukoza, fruktoza, keton tanacha, mochevina, boshqa moddalar - askorbin kislotasi, levodopa, sefazolin, sefaklora, rezerpin, nitrofurazon, ibuprofen);

  • ratsionida go‘shtli taomlar ko‘p iste’mol qilish;

  • gipertireoz;

  • suvsizlanishi.

  • ochlik, mushak massasining kamayishi;

  • kortikosteroidlar qabul qilganda;

  • homiladorlik ( 1 va 2 oylikda);

  • vegetarian parhezda;

  • gipergidratatsiya;

  • miodistrofiya.



Kreatinkinaza

Download 294.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling