Книга узб испр! gjck!indd
Ehtimol bo’lgan javob variantlari
Download 4.22 Mb. Pdf ko'rish
|
f63f58d9-03a5-48e6-ad7e-f8c8dbcdfd87
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matn ko’rinishidagi axborotni tekshirish
Ehtimol bo’lgan javob variantlari:
- men faqat o’zim ishonadigan resurslarda axborotni o’qiyman; - boshqalar xodisa haqida nima yozishlarini ko’rib chiqaman; - bir necha ekspertlarning fikrini tinglayman; - muallif ko’rsatilganligiga e’tibor beraman; - yetarlicha ma’lumot chiqarilgan boshqa nashrlarga e’tibor qarataman; - o’rtoqlarimdan, ular bu hodisa haqida o’qiganliklarini yoki nima bilishlarini so’rayman. Ushbu usul va vositalarning barchasi yaxshi va foydalanish uchun oson. Umuman olganda, ma’lumotlarning to’g’riligini tushunishga yordam beradigan har qanday usuldan foydalanish mumkin. Maqsadga erishish uchun asosiy narsa bu ma’lumot haqiqatmi yoki yo’qmi degan savolga javob olishdir. Uslublar va vositalarni tushunishni osonlashtirish uchun ularni bir nechta toifalarga ajratib ko’rib chiqish lozim. Matn ko’rinishidagi axborotni tekshirish Matn ko’rinishidagi axborot – eng ko’p qo’llaniladigan axborot turi. Biz undan ma’lumotlarning asosiy qismini olamiz. Uni tekshirish uchun bir qator oddiy usullar mavjud. Bundan tashqari, ko’zimiz oldida unchalik rost bo’lmagan yangilik yoki xabar ekanligini ko’rsatuvchi ma’lum markerlarga e’tibor qaratish lozim. Aynan esa: 1.O’ziga e’tibor qaratadigan, shov-shuvli sarlavha mulliflar sun’iy ravishda unga diqqat qaratishni istaganlarini bildiradi. Demak, bunda qandaydir maqsad bor va axborot unchalik ishonchli emas. 2.Sarlavhaning va illyustrasiyaning yangilik ma’nosiga mosligiga e’tibor qaratish kerak. Ular uyg’un bo’lishi kerak. Nomuvofiqliklar bo’lsa, axborot noto’gri yoki buzuq holda bo’lishi mumkin. 3.Mualliflik mavjudligi, ma’lumotlar manbalarining aniq nomlarini ko’rsatish. Agar mualliflik bo’lmasa, bu ommaviy axborot vositalari nashr uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olishni istamasligidan dalolat beradi. Agar manba bo’lmasa («bizning ishonchli vakil ma’lum qilganidek») yoki u aniq bo’lmasa («britan olimlari»), bu ma’lumot odatda xayoliy yoki juda buzilgan bo’lishi mumkinligidan dalolat beradi. 40 4.Hissiyotlar bilan to’yintirilganlik. Yangliklar bizni qo’rqitishi, vahima uyg’otishi emas, balki axborot berishlari kerak. Kuchli hissiy matn, haddan tashqari, o’tkir his-tuyg’ularni uyg’otadigan so’zlar bilan sun’iy ravishda to’ldirilganlik - bu rost bo’lmagan ma’lumotlarning belgisidir. 5.Boshqa axborot resurslarida o’xshash xabarning mavjudligi. Odatda o’rtacha darajada ahamiyatli bo’lgan hodislarani bir nechta manba yoritadi. Uning ishonchliligini tekshirish uchun ularning 3-4tasidagi nashrlarni tekshirish kerak. Bu ko’p vaqt olmaydi, lekin obyektivlik qo’shadi. 6.Yangilikdagi axborotning tafsilotlari – asosiysi. Agar axborot umumlashtirilgan, yuzaki, hodisani aniq yoritilmagan bo’lsa, demak yangilikdan haqiqatdan uzoq. 7.Ilk manbani qidirish. Bu boshida tuyulgani kabi qiyin emas. Odatda media vositalari boshqa hurmat qozongan OAVning rasmiy sahifalaridan axborotni o’zgartirib yozishadi va havola qilishadi. Agar havola bo’lmasa – bu axborot ishonchli emasligidan darak beradi. МM Axborotni tekshirish materialini mustahkamlash uchun mashq har bir kichik mavzudan keyin bajarilishi kerak. Ushbu kichik mavzu uchun quyidagi ssenariyni ijro etish mumkin. Ishtirokchilar guruhlarga birlashtirilgan. Har bir guruh - bu media- ekspertlar guruhi. Ularning vazifasi noto’g’ri yangiliklarni aniqlash va ma’lum bir ommaviy axborot vositalarining faoliyatining sifati to’g’risida Axborot vazirligiga tavsiyalar berishdir. Har bir guruh turli shartli OAVdan uchtadan yangilkka ega bo’ladi. Download 4.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling