33
Ammo bu cheklangan nuqtai nazaridir. Muvaffaqiyatli shaxslarning hayoti va
ishini tahlil qiladigan mutaxassislar yana bir narsani aytishadi. Hayotda ajoyib
natijalarga erishadigan odamlar atrofdagilarga qaraganda aqlli,
qobiliyatli
yoki mehnatsevarroq bo’lishlari shart emas. Ammo ularning ko’pchiligining
bir xususiyati bor: ular ko’proq diqqat markazida, o’z
faoliyatining eng
muhim jihatlariga, eng muhim va aniqlovchi ma’lumotlarga jamlangan. Ular
chalg’itmasdan o’z ishlari bilan shug’ullanadilar va miyani faqat biznes uchun
zarur bo’lgan ma’lumotlar bilan to’ldiradilar.
Bizga kerak bo’lgan ma’lumotlarning yetishmovchiligi
- bu osonlikcha hal
qilinadigan muammo. Men qandaydir taom tayyorlashni bilmayman,
lekin buni
juda xohlayman - retseptini olaman, o’qiyman, o’rganaman, tayyorlayman.
Bundan ham yomoni, yana bir narsa: ortiqcha va keraksiz ma’lumotlar, bu
faqat bilim illyuziyasini beradi. Ammo biz shunchaki
bunday axborot olamida
yashayapmiz, bu erda haqiqatdan ham kerak bo’lgandan ko’ra ortiqcha,
«keraksiz» ma’lumotlar mavjud.
МP 1
Ushbu paradoksal fikrni vizual tarzda namoyish etish uchun trener
auditoriyaga quyidagi mashqni taklif qiladi.
Har bir ishtirokchi uchta moderator kartasini oladi.
Har bir kartada u
o'tgan hafta davomida dunyoda, mamlakatda, o'z shahri /
viloyatida
sodir bo'lgan voqealardan eslab qolgan bitta yangilikni yozishi kerak.
Vazifani bajarishga beriladigan vaqt – 3 daqiqa.
Do'stlaringiz bilan baham: