Книга узб испр! gjck!indd
Download 4.22 Mb. Pdf ko'rish
|
f63f58d9-03a5-48e6-ad7e-f8c8dbcdfd87
ASOSIY QISM
Mashqni yakunagan holda, trener auditoriyaga murojaat qiladi: «Nima deb o’ylaysiz, nima uchun intervyuda aytib o’tilgan dalillar ikkita blokka ajratildi?» Variantlar kelib tushishi jarayonida trener auditoriyani, go’yoki “dalillarning” bir qismi alsida dalillar emas, degan xulosaga olib keladi. Bu fi krlashlar. Xo’sh, ularning farqi nimada? Agar biz dalillar haqida gapiradigan bo’lsak, unda bu ishonchli, tasdiqlovchi ma’lumotlar. Buni tadqiqot, tahlil, chuqur eksperiment, matematik hisoblash va boshqalar yordamida tekshirish va isbotlash mumkin. Yoki qatd etilishi mumkin. Masalan, mana siz uyg’ondingiz, soat ertalabki soat 7-ni ko’rsatmoqda. Ya’ni, dalil qayd etilgan: siz ertalab soat 7 da uyg’ongansiz. Ushbu haqiqat (ya’ni vaqt) qurilma tomonidan tasdiqlangan bo’lib, ko’rsatkichlari ishonchliligi tortishuvlarga olib kelmaydi. Yoki siz uy ishlari bilan yordam beryapsiz. Idishlarni yuvdingiz va 15 ta idish yuvganingiz haqida xabar berdingiz. Bu dalil. Buni qanday tasdiqlash mumkin? Oddiy usul - sanash bilan. Nima uchun biz qayta sanashga ishonamiz? Chunki u ishonchli deb qabul qilingan tizimdir. 49 Axborotning boshqa qismichi? Nima uchun uni dalillar hisobiga kirita olmaymiz? Barcha yozib olingan go’yoki “dalillarda” biz ma’lum bir bahoni beramiz: eng yaxshi, baland, chiroyli, eng katta va hokazo. Biroq bu shaxsan sizning bahoingiz, fikringiz. Biz qaradik, tanladik, yeb ko’rdik va shunday qarorga keldik – bu eng shirin olma ekan. Lekin do’stingiz kelib, olmani yeb ko’radi va shunday deydi: buncha nordon bo’lmasa, yoki haddan tashqari shirin. Hattoki siz olmani tatib ko’rish uchun eng hurmatli insonga bersangiz ham, u olma umuman achchiq ekanligini aytishi mumkin. Ya’ni, biz uchta turli fikrga ega bo’lamiz. Buni aytgan inson sizningcha sizdan donoroq bo’lgani uchungina, olma nordon ekanligi bilan rozi bo’lmasligingiz kerak. Bu shunchaki boshqa insonning fikri, vaziyatni baholashi. Ayniqsa, sizda ikkita boshqa a’lo fikrlarning namunalari bor. Demak, bu dalil qandaydir noto’g’ri! Demak, bu umuman dalil emas! Bu fikr. Dalillar va fikrlar qo’lma-qo’l yashashadi. Biz ularni TVda yangiliklarda, interneyda va ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarda, kitoblarda, darslarda uchratamiz. Eng muhimi – ularning orasidagi farqni va xususiyatlarini anglab yetish. Dalillar va fikrlar o’rtasidagi farqni chuqurroq o’rganib chiqish uchun, ularning xususiyatlari va alomatlarini bir oz o’rganib chiqish kerak bo’ladi. keling, boshlanishi uchun siz uhbu tushunchalarni: dalillar va fikrlarni ko’proq qayerda uchratganingiz haqida gaplashamiz. МP 2 Trener o’rtacha miya bo’ronini o’tkazishni taklif qiladi. Dalil – ushbu tushunchaning qaysi ma’noda, qanday so’zlar bilan qo’llanilishi? Sizning javoblaringiz (auditoriya javoblari) flipchart/ taxtada qayd etiladi. Download 4.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling